updated: 22.03.2026, 18:01

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

2011 yil 11 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismida, 32 km (20 mil) sayoz chuqurlikda 9,1 magnitudali dengiz osti zilzilasi sodir boʻldi.

Taxminan olti daqiqa davom etgan ushbu zilzilaning epitsentri Yaponiyaning Tohoku mintaqasidagi Osíka yarimorolidan taxminan 72 km sharqda joylashgan.

Dastlab AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasini 7,9 deb eʼlon qilgan, biroq koʻp oʻtmay bu koʻrsatkich avval 8,8 ga, soʻng 8,9 ga va nihoyat 9,0 magnitudaga oshirilgan.

2016 yil 11 iyulda esa zilzila magnitudasi 9,1 deb qayta baholandi. Zilzilaga eng yaqin yirik hudud Yaponiyaning Senday shahri boʻlib, u epitsentrdan 130 km masofada joylashgan edi. Zilzila poytaxt shahar Tokiodan esa 373 km shimoli-sharqda yuz berdi.

Zilzila Xonsyu orolini sharqqa 8 futga siljitdi, Yer oʻqini taxminan 10 santimetrdan 25 santimetrgacha ogʻdirdi va sayyoramizning aylanish tezligini kuniga 1,8 mikrosekundga oshirdi.

Zilzila shunchalik kuchli boʻldiki, uni Rossiyadagi Petropavlovsk-Kamchatskiy, Tayvandagi Kaosyun va Xitoydagi Pekin shaharlarida ham sezishgan.

Ushbu ofat Tohoku mintaqasida XIX asr oxiridan beri qayd etilgan eng kuchli zilzila boʻldi. Shu kuni hatto orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlar zilzila natijasida yuzaga kelgan juda past chastotali tovushlarni qayd qilgan.

Yaponiya yaqinida Yevrosiyo plitasi ostiga sekin-asta siljib borayotgan Tinch okeani plitasining toʻsatdan gorizontal va vertikal surilishi oʻz ustidagi suv massasini siqib chiqarib, bir qator oʻta vayronkor sunami toʻlqinlarini yuzaga keltirdi.

Balandligi taxminan 10 metr boʻlgan toʻlqin qirgʻoqni bosib, Senday shahrining ayrim qismlarini, jumladan, uning aeroporti va atrofdagi hududlarni suv ostida qoldirdi.

Sunamidan qattiq jabr koʻrgan aholi punktlari orasida Sendaydan tashqari, Ivate, Miyagi va Fukusima prefekturasidagi bir qancha shaharlar ham bor edi.

Toshqin suvlari dengizga chekinganida, ular oʻzlari bilan katta miqdordagi chiqindilarni, shuningdek, suv toshqinida qolgan minglab qurbonlarni olib ketdi. Past joylashgan hududlardagi katta-katta maydonlar dengiz suvi ostida qoldi.

Zilzila tufayli Tinch okeani havzasi boʻylab sunami ogohlantirishlari berildi. Chunki u soatiga taxminan 800 km tezlikda tarqalayotgandi.

Bir necha soatdan keyin Shimoliy Amerikadagi Kaliforniya va Oregon qirgʻoqlariga balandligi 9 fut boʻlgan sunami toʻlqinlari yetib keldi.

Zilziladan taxminan 18 soat oʻtib, balandligi 1 fut (0,3 metr) atrofidagi toʻlqinlar Antarktida qirgʻoqlariga yetib bordi va Sulzberger muzligining bir qismini sindirib yubordi.

 

Ofatdan keyin

Yaponiya hukumatining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, ofatdan ikki hafta oʻtib, halok boʻlganlar soni 10 000 dan oshdi, yoʻqolgan va oʻldi deb taxmin qilinayotganlar esa bundan bir yarim baravar koʻp edi.

Qurbonlarni qidirish davom etar ekan, halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolganlar soni taxminan 28 500 ga yetdi. Biroq keyinchalik bedarak yoʻqolgan deb hisoblangan ayrim odamlar tirik topilgani sababli bu raqam kamaydi.

2011 yil yakuniga koʻra taxminan 19 300 kishi halok boʻlganligi qayd etilgan. Baʼzi hisob-kitoblarga qaraganda, bu falokat umumiy hisobda 20 000 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan.

Sunami yoʻlida joylashgan qirgʻoq shaharlari va qishloqlari, shuningdek, salmoqli qishloq xoʻjaligi yer maydonlari kuchli suv oqimlari ostida qoldi. Bu suv oqimlari bilan birga uylar, qayiqlar, avtomobillar, yuk mashinalari va boshqa koʻplab vayronalar ham oqib ketdi.

Oʻlimlarning deyarli barchasi va vayronagarchilikning katta qismi Yaponiya Tinch okeani qirgʻogʻidagi sunami toʻlqinlari tufayli yuz bergan boʻlsa-da, zilzilaning oʻzi ham katta hududlarga jiddiy zarar keltirdi. Senday shahridagi neft-kimyo zavodida, Kesennuma va Ichixara shahrining bir qismida, Tokioga yaqin joylashgan neftni qayta ishlash zavodida yongʻinlar sodir boʻldi.

Minglab uylar zilzila va keyingi silkinishlar natijasida toʻliq yoki qisman shikastlandi. Fukusima shahri yaqinida bir toʻgʻon yorilib ketdi.

 

“Fukusima-1” elektr stansiyasidagi talafot

Asosiy zilzila va sunamidan soʻng Tohoku mintaqasidagi bir nechta atom elektr stansiyalarining holati yuzasidan jiddiy xavotirlar uygʻondi.

Zilzila oʻchogʻiga eng yaqin joylashgan uchta atom elektr stansiyasidagi reaktorlar yer silkinishidan keyin avtomatik tarzda oʻchirildi, bu esa oʻz navbatida stansiyalar va ularning sovitish tizimlarini asosiy elektr taʼminotidan uzib qoʻydi.

Biroq sunami toʻlqinlari sababli yuzaga kelgan suv toshqini baʼzi stansiyalarning zaxira generatorlariga, xususan, Senday shahridan taxminan 100 km janubda, Tinch okeani sohilida joylashgan “Fukusima-1” stansiyasiga zarar yetkazdi.

Elektr energiyasi uzilishi sababli falokatning dastlabki bir necha kunida uchta reaktorning sovitish tizimi ishdan chiqdi. Bu esa yoqilgʻi sterjenlarining qisman erishiga olib keldi.

Erigan massa 1- va 2-reaktorlarning himoya qobiqlari tubiga tushib, har bir qobiq polida katta teshiklar hosil qildi. Bu teshiklar yadroviy materialning qisman ochilib qolishiga sabab boʻldi.

1, 2 va 3-reaktorlarni oʻrab turgan tashqi himoya binolarida bosimli vodorod gazining toʻplanishidan yuzaga kelgan portlashlar hamda 4-reaktorda saqlanayotgan ishlatilgan yoqilgʻi sterjenlari haroratining koʻtarilishi tufayli chiqqan yongʻin zilziladan keyingi kunlarda inshootdan katta miqdorda radiatsiya tarqalishiga olib keldi.

Ishchilar shikastlangan reaktorlarga dengiz suvi va borat kislotasini yuborib, ularni sovitishga hamda barqarorlashtirishga urindilar.

Ehtimoliy radiatsiya nurlanishidan xavotirlangan Yaponiya rasmiylari inshoot atrofidagi 30 km masofani parvozlar uchun yopiq hudud deb eʼlon qildi.

Zavod atrofidagi 20 km hududdan aholi evakuatsiya qilindi. Keyinchalik evakuatsiya zonasi 30 km radiusgacha kengaytirildi.

Mart oyi oxirida “Fukusima-1” yaqinidagi dengiz suvi yuqori darajadagi radioaktiv yod-131 moddasi bilan ifloslangani maʼlum boʻldi.

Aprel oyi oʻrtalarida Yaponiya yadroviy nazorat idoralari “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi favqulodda vaziyatning xavflilik darajasini 5 dan 7 ga, yaʼni xalqaro shkalaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtardi. Shu tariqa Fukusima falokati 1986 yilda Sovet Ittifoqida yuz bergan Chernobil halokati bilan bir darajada baholandi.

 

Bugungi vaziyat

“Japan Times” nashrining 2026 yilgi xabariga koʻra, taxminan 2519 kishi hanuzgacha bedarak yoʻqolgan hisoblanadi. Bu koʻrsatkich Miyagi prefekturasida 1213 nafarni, Ivate prefekturasida 1106 nafarni va Fukusima prefekturasida 196 nafarni tashkil etgan.

Ofatning 15 yilligi arafasida Yaponiya Qizil Xoch jamiyati tomonidan oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, mamlakat aholisining 80 foizdan ortigʻi 2011 yilgi zilzilaga oʻxshash falokat yaqin kelajakda yuz berishi mumkin deb hisoblaydi.

Soʻrov ishtirokchilarining qariyb 70 foizi esa kelajakdagi ehtimoliy ofatlarga tayyorgarlik yetarli darajada emasligini bildirgan.

Muallif: Isomiddin JUMANAZAROV

Jahon

11.03.2026, 11:48

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi

Bu topilmalar 4000-yil oldingi davrga tegişli bölib, hozirça ilm-fanga ma’lum bölgan eng qadimgi xonaki ipak qurti pillalari hisoblanadi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi

Braunau am Inn şahrida bir qizaloq öynayotib, suyak topib oladi. Bu suyak orqali uruş davrida tartibsiz kömib tashlangan 120 dan ortiq askar qabri topildi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi

BMT delegatsiyasini Boş vaziri aş-Şayboniy kutib oldi. Bu amaldagi BMT rahbarining 17 yil içida Suriyaga ilk rasmiy taşrifidir.

Jahon

25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov

Kreml matbuot kotibining aytişiça, agar yangi tinçlik takliflari bölmasa, Rossiya ğalabagaça jang qiladi.

Siyosat

25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp

Trampning aytişiça, Venesuela saylovlarga tayyor emas, biroq mamlakatda ijobiy özgarişlar bölmoqda.

Siyosat

25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?

23-iyul kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi. 

Ta'lim

24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi

Fujyan provinsiyasidagi maşğulotlar AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Tayvan masalasini muhokama qilganidan bir kun ötib boşlandi.

Siyosat

24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi

Isroillik “köçmançilar”ning Islomning muqaddas qadamjosiga bostirib kirişi “nafrat”ni kuçaytirib, mustahkam tinçlikka tösiq bölmoqda, deyiladi qöşma bayonotda.

Jahon

24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov

Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Xitoylik hamkasbi Van I bilan uçraşdi. Ikki davlat taşqi işlar vazirlari strategik hamkorlikning yangi yönalişlarini muhokama qilişdi. 

Siyosat

24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB

Markaziy bank O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha jami 5,8 ming respondent ishtirokida aholi qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. 

Iqtisodiyot

23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi

O'n yildan ortiq davomida Jeffri Epshteynga yosh model qizlarni "taqdim etib" kelgan fransuz skaut Daniel Siad 20-iyul kuni Parij yaqinidagi Kolomb shahridagi uyidan oʻlik holda topildi. 69 yoshli Siad hech qachon rasman sudlanmagan, biroq uning ismi AQSH Adliya vazirligi hujjatlarida 2000 martadan ortiq tilga olingan. 

Jahon

23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev

Prezident Toşkent – Samarqand yönalişidagi avtomobil yöli qurilişiga tamal toşi qöydi.

Oʻzbekiston

22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi

2024-yil boşidan beri Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni lavozimida işlab kelayotgan Oleksandr Sirskiy iste’foga çiqiş arafasida özining yutuqlari haqida gapirdi.

Siyosat

22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining fuqarolik yadro energetikasi dasturini rivojlantirishga yo‘l ochuvchi muhim kelishuvni rasman ma’qulladi. 30 yilga mo‘ljallangan bitim qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda. 

Jahon

22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda

Fransiya 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlagan Yevropadagi birinçi davlatga aylandi. 

Jahon

22.07.2026, 11:08

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi

Global energiya ta’minoti inqiroz yoqasida. Hormuz böğozi ortidan endi Bob al-Mandab yölagi ham tahdid ostida qoldi.

Jahon

21.07.2026, 16:33

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta

18-iyul kuni keçqurun ağdarilib ketgan MV Barima paromi 1939-yilda qurilgani aytilmoqda.

Jahon

21.07.2026, 13:23

Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi poyezd olib kelindi

“Turon” metro bekati tomining bir qismi qulab, ikki kishi jarohatlanganidan so‘ng Toshkent metropoliteni bo‘yicha yaxshi xabarlar ham tarqalmoqda. Sentyabrgacha yana 8 ta harakat tarkiblari xarid qilish rejalashtirilgan. 

Oʻzbekiston

21.07.2026, 11:51

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston reytingda 10 pog‘ona pastladi

Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionati va undan oldingi oʻrtoqlik uchrashuvlaridagi muvaffaqiyatsizligidan soʻng reytingda 23,11 ochko yoʻqotgan.

Sport

21.07.2026, 11:14

Afg‘onistonda Eronga ketayotgan 5 muhojir sahroda halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi

Faollar “Tolibon” hukumatidan ish o‘rinlari yaratish yoki afg‘on ishchilarini boshqa davlatlarga qonuniy va xavfsiz yo‘llar bilan yuborish mexanizmini ishlab chiqishni so‘ramoqda.

Jahon

20.07.2026, 16:05

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →