Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Sinov tariqasida uchirilgan bu raketa Xitoy qirg‘oqlaridan turib AQSHga yetib bora oladi.
Jahon
07.07.2026, 11:10
Ulashish:

Xitoy harbiylari 6-iyul kuni sinov maqsadida atom suvosti kemasidan Tinch okeaniga raketa uchirdi, bu esa AQSH, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tayvanning tanqidi hamda xavotirlarini kuchaytirdi.
Xalq ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlarining suvosti kemasi soat 12:01 da Tinch okeanida soxta jangovar kallakli raketani uchirdi, deya ma’lum qildi rasmiy “Sinxua” axborot agentligi ham.
“Sinxua”ning ta’riflashicha, Xitoyning yillik harbiy mashg‘ulotlari doirasidagi bu uchirishi biron-bir davlat yoki nishonga qaratilmagan “odatiy tadbir”dir.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ningning so‘zlariga ko‘ra, sinov to‘liq xavfsiz, me’yorlarga muvofiq va professional tarzda amalga oshirilgan.
“Aloqador davlatlar bu masalani ortiqcha talqin qilmaydi, degan umiddamiz”, — dedi u Pekindagi brifingda.
AQSH davlat departamenti vakili Tommi Pigott o‘z bayonotida Qo‘shma Shtatlar Xitoy suvosti kemasidan uchirilib, Tinch okeanining janubiy qismiga tushgan qurolsiz qit’alararo ballistik raketasini kuzatganini aytdi.
JL-3 raketasi
“Sinxua” Xitoyning qanday turdagi raketa uchirganiga aniqlik kiritmagan.
“Global Times” nashriga ko‘ra, bu o‘tgan yili harbiy paradda namoyish etilgan Pekinning eng zamonaviy, suvosti kemasidan uchiriladigan JL-3 raketasi bo‘lishi mumkin.
Pentagon hisobotiga qaraganda, ushbu raketa Xitoy qirg‘oqlaridan turib kontinental AQSH hududiga yetib boroladi.
Tinch okeani mintaqasidagi qudratli davlatlar – Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiyaga sinov haqida qisqa muddat oldin xabar berilgan.
Tayvan munosabati
Tayvan prezidenti idorasi mazkur sinovni Xitoyning xalqaro hamjamiyatni qo‘rqitishga urinishi deb baholadi.
Xitoy o‘z hududi deb da’vo qiladigan, demokratik boshqaruvdagi ushbu orol anchadan beri Pekinning harbiy faolligi kuchayayotganidan ogohlantirib keladi.
Tayvan xavfsizlik xizmatining yuqori martabali rasmiysi 6-iyul kuni, harbiy mashg‘ulotlar avjiga chiqqan paytda, Xitoy harbiy-dengiz kuchlari harakatlarida “o‘sish tendensiyasi” kuzatilayotgani, jumladan, Rossiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Yangi Zelandiya va Yaponiya xavotirda
Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Piters sinovni nojo‘ya va tashvishli hodisa ekanligini aytdi. “Biz boshqa qo‘shnilarimiz kabi, Xitoyning Tinch okeani janubidan raketa salohiyatini sinash poligoni sifatida foydalanishidan manfaatdor emasmiz” - dedi u.
Yaponiya esa bo‘lajak raketa uchirilishi haqida xabardor etilganida Xitoy harbiylarining faollashuvidan jiddiy xavotirdaligini bildirib, Pekinni bu qarorini qayta ko‘rib chiqishga undagan.
Xitoy so‘nggi bor qit’alararo ballistik raketani 2024-yilda tajribadan o‘tkazganda, dunyo uning harbiy salohiyati yuksalib borayotganiga guvoh bo‘lgandi.
Jahon
07.07.2026, 11:10
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti
Siyosat
04.06.2026, 15:41

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
