Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirdi
Seul Shimoliy Koreyaga hukumatga qarshi targ‘ibot varaqalari yuborishni taqiqlash hamda chegara hududlarida karnaylar orqali eshittirishlar berishni to‘xtatishga oid qarorlar qabul qildi.
Jahon
18.05.2026, 16:24
Ulashish:

Janubiy Koreyaning Prezident Li Chje Myun boshchiligidagi amaldagi hukumat Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda “bosim va qarama-qarshilik” siyosatidan voz kechib, pozitsiyasini “tinch-totuv birga yashash”ga qaratdi.
18-may kuni Birlashish vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Oq kitob”da shu haqda so‘z boradi.
“Yonhap” axborot agentligining qayd etishicha, avvalgi hukumat yondashuvidan tubdan farq qiluvchi ushbu yillik hujjat o‘tgan yilning iyun oyida hokimiyatga kelgan Li ma’muriyatining taranglashgan koreyalararo munosabatlarni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarini aks ettiradi.
Prezident Yun Sok Yol boshchiligidagi mamlakatning avvalgi konservativ hukumati Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazish va u yerga tashqi axborot oqimini olib kirish orqali Pxenyanda o‘zgarishlar qilishga intilgandi.
Hujjatda keltirilgan Seulning uchta asosiy yetakchi tamoyili quyidagilar:
- Shimoliy Koreyadagi davlat tuzumini hurmat qilish;
- uni o‘ziga qo‘shib olish orqali birlashishga intilmaslik;
- har qanday dushmanlik harakatlaridan yiroq bo‘lish.
Shuningdek, “Oq kitob”da Li hukumatining Shimoliy Koreyaga davlatga qarshi targ‘ibot varaqalarini yuborishni taqiqlash hamda chegara hududlarida karnaylar orqali eshittirishlar berishni to‘xtatish haqidagi qarorlari mavjud.
Ular harbiy taranglikni yumshatish va o‘zaro ishonchni qayta tiklash yo‘lidagi muhim qadamlar sifatida baholangan.
Bundan tashqari, hujjatda o‘sha paytdagi Prezident Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen In tomonidan 2018-yil 19-sentyabrda imzolangan koreyalararo harbiy bitimni qayta tiklash hamda tinch-totuv birga yashashning tizimli asosini yaratish maqsadida ikki tomonlama yangi kelishuvga erishish rejalari bayon etilgan.
Shunga qaramay, ikki ashaddiy raqib o‘rtasida so‘nggi besh yil ichida hech qanday gumanitar va iqtisodiy almashinuvlar amalga oshirilmagani sababli, koreyalararo munosabatlar amalda “muzlagan” holda qolmoqda.
Boz ustiga, joriy oy boshida Shimoliy Koreya o‘z Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritib, birlashishga oid barcha bandlarni olib tashladi va Janubiy Koreya bilan amaldagi so‘nggi aloqalarni ham uzdi.
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadimi?
Jahon
01.10.2026, 13:21

Yadrosizlanishni AQSh ittifoqchilaridan boshlash kerak — Shimoliy Koreya
Siyosat
11.07.2026, 14:27

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi
Jahon
05.06.2026, 11:49

Shimoliy Koreya javob zarbalariga qodir harbiy esminesni suvga tushirdi
Jahon
07.09.2026, 10:43

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Kelasi hafta Seul Markaziy Osiyo sammitiga mezbonlik qiladi – Janubiy Koreya prezidenti
Siyosat
11.09.2026, 15:47
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
