Ozarbayjon Isroilning armanlar genotsidini tan olganidan norozi
Ozarbayjon va Isroil mudofaa hamda xavfsizlik sohasida ittifoqchi hisoblansa-da, Boku Tel-Avivning Turkiyaga qarshi pozitsiyasini qoraladi.
Jahon
29.06.2026, 15:58
Ulashish:

Ozarbayjon 29-iyun kuni Isroilning Birinchi jahon urushi davridagi armanlar qirg‘inini genotsid deb tan olish haqidagi qarorini qoraladi. Isroilning bu qadami Turkiyaga nisbatan tanbeh sifatida baholanmoqda.
Ozarbayjon va Isroil ittifoqchi bo‘lsa-da, Bokuning eng yaqin tashqi hamkori Turkiya hisoblanadi. Kavkaz davlati Isroilning mazkur harakati ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkinligiga ishora qildi.
Isroilning bu e’tirofi “jiddiy xavotir” uyg‘otmoqda, deyiladi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Arman genotsidi
Armaniston uzoq vaqtdan beri 1915–1917-yillarda – Usmonli imperiyasi davrida sodir etilgan ommaviy qotilliklar genotsidga teng ekanligi va bunda 1,5 million kishi halok bo‘lganini xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishiga harakat qilib keladi.
Turkiya genotsid ayblovini qat’iy rad etib, Birinchi jahon urushi oqibatida armanlar ham, turklar ham o‘lganini ta’kidlaydi. Turkiya hisobicha, halok bo‘lganlar sonini yuz minglar atrofida.
AQSH, Fransiya va Germaniya kabi yigirmadan ortiq davlat bu qotilliklarni genotsid sifatida tan oladi.
“Bunday harakatlar yarashuvga yoki o‘zaro hamjihatlikka xizmat qilmaydi”, — deyiladi Ozarbayjonning Isroil qaroriga munosabatida.
Ozarbayjon va Isroil mudofaa hamda xavfsizlik sohasida keng miqyosli hamkorlikka ega.
Turkiya va Isroil
Isroilning oldinma-ketin kelgan hukumatlari arman genotsidini rasman tan olishdan chekinib kelgan. Chunki bir vaqtlar Isroilning mintaqadagi eng yaqin strategik hamkorlaridan biri Turkiya edi.
Ammo G‘azoda urush boshlanganidan beri Turkiya muntazam ravishda Isroilni Falastin hududida genotsid sodir etishda ayblab kelmoqda, Isroil esa ayblovni inkor etadi.
Qorabog‘ mojarosining yumshashi
Ozarbayjon va Armaniston o‘ttiz yil davomida arman ayirmachilari tomonidan boshqarilgan Ozarbayjon eksklavi – Qorabog‘ maqomi yuzasidan o‘nlab yillar davomida mojaro ichida bo‘lgan.
Endilikda ikki qo‘shni keskinlikni yumshatish va keng qamrovli tinchlik bitimini yakunlash sari qadamlar tashlamoqda.
Jahon
29.06.2026, 15:58
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

Yakuniy tinchlik uchun Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi kerak — Boku
Siyosat
16.07.2026, 14:45

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi
Jahon
13.10.2026, 11:48

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi
Jahon
08.10.2026, 08:45

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
