Yakuniy tinchlik uchun Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi kerak — Boku

Ozarbayjon rasmiysining aytishicha, Boku va Yerevan o‘rtasida yakuniy tinchlik bitimi imzolanmayotganiga 2 sabab bor: Armaniston Konstitutsiyasidagi Tog‘li Qorabog‘ga oid bandlar va “Tramp yo‘lagi”.

Ulashish:

Yakuniy tinchlik uchun Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi kerak — Boku

Ozarbayjon va Armaniston amalda tinchlik sharoitida yashayotganiga qaramay, yakuniy tinchlik bitimini imzolash uchun Armaniston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi kerak.

Bu haqda Reuters agentligiga bergan intervyusida Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Hikmat Hajiyev ma’lum qildi.

Janubiy Kavkazdagi qo‘shni davlatlar 1980-yillarning oxiridan buyon Tog‘li Qorabog‘ mojarosi sabab bir necha bor urush olib borgan. 2025-yil avgust oyida esa AQSH vositachiligida dastlabki tinchlik kelishuviga erishildi.

Boku uchun rasmiy bitim imzolanishidagi asosiy to‘siq — Armaniston konstitutsiyasining muqaddimasidir. Unda Armaniston hamda Ozarbayjon tarkibidagi avtonom Tog‘li Qorabog‘ning qayta birlashishiga da’vat etuvchi Sovet davriga oid boshqa bir hujjatga havola keltirilgan.

Tog‘li Qorabog‘ qariyb 30 yil davomida amalda mustaqil bo‘lib, etnik armanlar ma’muriyati tomonidan boshqarildi. 2023-yilda Ozarbayjon qisqa muddatli harbiy amaliyot orqali hududni qayta nazoratiga oldi. Natijada hududning qariyb 100 ming aholisi Armanistonga ko‘chib ketdi.

Shusha shahrida o‘tgan forum doirasida Reuters agentligiga intervyu bergan Ozarbayjon prezidenti yordamchisi va Prezident administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi rahbari Hikmat Hajiyev ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik bo‘yicha yutuqlarni ijobiy baholadi.

“Biz chinakam tinchlik sharoitida yashamoqdamiz. Ozarbayjon va Armaniston uchun tinchlik shunchaki qog‘ozdagi hujjat yoki deklaratsiya emas, balki haqiqiy voqelikdir”, — dedi u va bunga misol sifatida Ozarbayjondan Armanistonga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmi oshganini keltirdi.

Shunga qaramay, Hajiyev Boku Armaniston Konstitutsiyasiga oid pozitsiyasini o‘zgartirmaganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur masala hal etilgach, yakuniy tinchlik shartnomasini imzolashga to‘siq qolmaydi.

 

Tramp yo‘lagi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan konstitutsiyani o‘zgartirish uchun referendum o‘tkazish niyatida ekanini va yangi tahrirdagi bosh qomus loyihasi joriy yil oxirigacha e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Biroq uning “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi referendum e’lon qilish uchun parlamentda zarur bo‘lgan konstitutsiyaviy ko‘pchilik ovozga ega emas. Ikkinchidan, asosan rossiyaparast guruhlardan iborat muxolifat unga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi, bu ham noma’lum.

Ammo Hajiyevning aytishicha, faqat Konstitutsiya loyihasining e’lon qilinishi tinchlik bitimini imzolash uchun yetarli emas.

Hajiyev Ozarbayjon Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mintaqaviy transport yo‘lagi qurilishi shu yil kuzda boshlanishi mumkinligi haqida AQSHdan “jiddiy va ijobiy signallar” olganini ta’kidladi.

“Trampning xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘lagi” (TRIPP) deb nomlangan 43 km uzunlikdagi koridor Armaniston hududidan o‘tib, Ozarbayjonga o‘zining Naxichevan eksklavi va yaqin ittifoqchisi Turkiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkonini beradi.

Vashington Ukraina urushi sababli energiya va savdo oqimlarini Rossiyadan boshqa yo‘nalishlarga burishga harakat qilayotgan bir paytda, bu yo‘nalish Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi aloqani yaxshilaydi.

“Bizning pozitsiyamiz shuki, TRIPP loyihasi imkon qadar tezroq amalga oshirilishi kerak”, – dedi Hojiyev.

Uning ta’kidlashicha, Ozarbayjonning janubi-g‘arbidagi Zangilon tumanigacha bo‘lgan infratuzilma 2026-yil oxirigacha deyarli yakunlanadi. Shundan so‘ng uni Armaniston va Turkiyada rejalashtirilayotgan infratuzilmaga ulash mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Ozarbayjon Isroilning armanlar genotsidini tan olganidan norozi

Ozarbayjon va Isroil mudofaa hamda xavfsizlik sohasida ittifoqchi hisoblansa-da, Boku Tel-Avivning Turkiyaga qarshi pozitsiyasini qoraladi.

Jahon

29.06.2026, 15:58

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi

Bokuda maktablarda yagona forma talablariga, jumladan diniy kiyimlarga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi noroziliklar ortidan 37 kishi hibsga olingani xabar qilindi. Hodisalar yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Jahon

13.10.2026, 11:48

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati

Ukraina va Yevropaning ayrim rasmiylari rossiyalik milliarderlarga qarşi cheklovlar bekor qilinganini qoraladi. Aksariyat davlat Usmonovga milliy sanksiya qö‘llamoqçi.

Oʻzbekiston

25.09.2026, 08:48

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi

Yevropa Ittifoqi Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqardi. Qolgan 3 mingga yaqin şaxs va taşkilotga nisbatan çeklovlar esa olti oy örniga uç yilga uzaytirildi.

Siyosat

24.09.2026, 14:07

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”

Putin Ukrainadagi urushni yakunlash imkoniyati mavjudligini, Zelenskiy esa bitimga vositachilik qilishga urinayotgan AQSH muzokarachilari tez orada Moskva va Kiyevga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Siyosat

04.09.2026, 09:46

Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi kuchga kirmoqda

Yangi Konstitutsiya, vitse-prezident lavozimi va muddatidan oldingi saylovlar — Qozog‘iston siyosatida sezilarli o‘zgarishlar boshlandi.

Jahon

30.06.2026, 17:03

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"

Eron elçixonalarining Samarqandni fors sivilizatsiyasi merosi sifatida körsatgan postlaridan keyin Toşkent Tehronga norozilik bildirgandi. Eron TIV bu holatga izoh berdi.

Oʻzbekiston

29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi

Pirotexnika vositalari odamlarda qörquv va xavotir uyğotişi hamda ruhiy zöriqişga sabab bölişi mumkinligi taqiqqa asos qilib körsatilgan.

Jahon

29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...

Isroilda parlament saylovlaridan keyin ovozlarni sanaş davom etmoqda. Boş vazir Binyamin Netanyaxu tarafdorlari bloki dastlabki natijalarga köra oldinda bormoqda, biroq hukumat tuziş uçun zarur bölgan 61 ta mandatni hali qölga kiritmagan.

Siyosat

28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi

2026-yilning dastlabki olti oyida Rossiyaga kirişidan maqsad sifatida işlaşni körsatgan 1 178 609 nafar Özbekiston fuqarosi qayd etilgan.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?

Joriy yilning 15-sentabrdan boşlab özbekistonliklar uçun 60 kunlik vizasiz rejim va aeroportda viza oliş tartibi bekor qilingan edi.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin

Qirğizistonda viloyat va tumanlar örniga “aymoq” deb ataladigan 20 dan ortiq ma’muriy birlik tuziş rejalaştirilmoqda.

Jahon

28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi

Tojikistonda fuqarolarga 18 yoşga tölganidan keyingina xorijga işlaş uçun borişga ruxsat beriladi. Yangi talab prezident Imomali Rahmon tomonidan 21 oktyabr kuni imzolangan «Migratsiya töğrisida»gi qonunda belgilangan.

Jahon

28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida örtaça oylik iş haqi 7,27 mln sömga yetdi. Biroq yanvar–avgust oylaridagi mediana iş haqi 4,17 mln sömni taşkil etdi. Bu ikki körsatkiç bir-biridan farq qiladi.

Iqtisodiyot

28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Oʻzbekiston

27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin

Özbekistonda 27-oktyabrdan Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş imkoniyati paydo böldi. Ammo hozirça HUMO va Uzcard röyxatga kiritilmagan.

Oʻzbekiston

27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi

Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatib, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgani va shariat mezonlariga zid operatsiyalar aniqlanganini bildirdi. Iman Invest rahbariyati esa ayblovlarni rad etib, Mahmud Usmon bilan kelishmovchilik uning oylik to‘lovlarini kamaytirish va kompaniya aksiyalaridan ulush berishni rad etish ortidan boshlanganini da’vo qilmoqda.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi

Bundan 10 yillar oldin dunyoning eng maşhur futbolçilarini öz safiga çorlagan Xitoy futboli qanday qilib moliyaviy inqirozga yuz tutdi?

Sport

26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →