Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil prezidenti Isaak Gersogga nisbatan “bosim kampaniyasi”ni qayta boshladi. Uning fikricha, Bibiga qo‘yilgan ayblovlar “sharob va sigaret” kabi ahamiyatsiz ekan.

Jahon

30.04.2026, 16:54

Ulashish:

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda

Trampning chorshanba kuni “Axios” nashriga aytishicha, Netanyahu seshanba oqshomidagi suhbat chog‘ida Eronga e’tibor qaratish o‘rniga, o‘zining korrupsiyaga oid sud jarayoni haqida gapirgan va chorshanba kuni yana sudga borishini ma’lum qilgan. "Urushning qoq o‘rtasida-ya? Qo‘ysangiz-chi", — dedi Tramp.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu chorshanba kuni G‘azo sektoriga yo‘l olgan gumanitar yordam flotiliyasi bilan bog‘liq xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun o‘ziga oid korrupsiya ishi bo‘yicha sud majlisini tark etdi.

Tel-Avivdagi sud majlisi boshlanishidan oldin Netanyahu chorshanba kungi tinglovni uch soatgacha qisqartirishni so‘radi, biroq sudyalar bu iltimosni rad etdi. Shundan so‘ng u Mudofaa vazirligida xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazish uchun sud zalini bir soatga tark etishga va keyinroq qaytib kelishga ruxsat so‘radi, sudyalar bunga rozilik berdi.

Netanyahu korrupsiya, poraxo‘rlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha uchta alohida ishda ayblanmoqda. Agar aybi isbotlansa, u ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ayblov xulosasi 2019-yil noyabr oyida Bosh prokuror tomonidan e’lon qilingan.

Bir necha oy davomida Gersogga qayta-qayta tanqidiy hujumlar qilgan Tramp bu safar yumshoqroq ohangda gapirib, Gersog “agar Bibini afv etsa, milliy qahramonga aylanadi. Bundan juda minnatdor bo‘lardim”, dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyahuning sudlanishi Isroilni “yomon ko‘rsatmoqda” va u ayblovlarni “sharob va sigaret” kabi ahamiyatsiz deb hisobladi. 

“Bibi — urush davri bosh vaziri. Uning boshida bunday ayblovlar osilib turishi mumkin emas”, — dedi Tramp.

Tramp o‘tgan yilning iyun oyidan beri Netanyahuni avf etishni yoqlab, unga qarshi ochilgan korrupsiya ishini AQShda o‘zi duch kelgan huquqiy muammolarga o‘xshash “jodugarlar ovi” deb atab keladi.

Isroilda oktyabr oyida saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan va agar Netanyahu mag‘lubiyatga uchrasa, uning qamoqqa tushish ehtimoli keskin oshishi mumkin.

Netanyahu hech qanday qonunbuzarlikni tan olmadi va pushaymonlik ham bildirmadi, vaholanki bu ikki jihat Isroil qonunchiligiga ko‘ra afv etishning asosiy shartlaridir.

Mart oyida “Axios” nashriga bergan intervyusida Tramp Netanyahuni afv etmagani uchun Gersogni “sharmanda” deb atagan edi. Boshqa bir intervyusida esa uni “zaif va ayanchli” degan.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →