Fantastikadan reallikka ko‘chgan bashorat
2001 yilda Stiven Spilberg ekranga chiqargan “A.I. Artificial Intelligence” (Sun’iy intellekt) filmi robot bola Devid haqida hikoya qiladi.
Madaniy
01.07.2026, 17:34
Ulashish:

Haley Joel Osment gavdalantirgan qahramon Devid sevishga dasturlashtirilgan hissiyotga ega robot. Film Brayan Oldisning “Supero‘yinchoqlar butun yozga yetadi” nomli hikoyasi asosida yaratilgan bo‘lib, uning g‘oyasini dastlab Stenli Kubrik 1970-yillardayoq ishlab chiqa boshlagan edi.
Kubrik yigirma yildan ortiq vaqt davomida loyiha ustida ishladi, biroq bu davrda kompyuter grafikasi yetarli vizual effektlarga ega emasligi sabab chinakam robot-bolani tasvirda gavdalantira olmasdi. 1999 yilda Kubrik vafot etgach, uning yaqin do‘sti Stiven Spilberg loyihani davom ettirishga bel bog‘ladi. 100 million dollarlik budjet bilan suratga olinib, 236 million dollardan ortiq daromad keltirgan filmning ssenaristi ham rejissyori ham Stiven Spilbergning o‘zi edi. 2000 yillarda ushbu filmga fantastika deb qaralgan. Bugungi kunda esa filmda aks etgan ko‘plab voqealar kundalik yangiliklar sahifasiga aylanib qoldi.
.jpeg)
Filmning qisqacha syujeti
Voqealar XXII asrda, global isish natijasida muzliklar erib, qirg‘oq shaharlari suv ostida qolgan, hukumat esa tug‘ilishni qattiq nazorat ostiga olgan davrda kechadi. Ana shunday sharoitda his-tuyg‘ularni his qila oladigan yangi turdagi robotlar “mexa”lar ommaga taqdim etiladi. “Kibertronika” kompaniyasi yaratgan Devid — o‘z egalarini sevishga dasturlashtirilgan birinchi androidlardan biri bo‘lib, u Svinton oilasida, kasal o‘g‘lining o‘rnini bosish uchun sinovdan o‘tkaziladi.
Oradan vaqt o‘tib, oilaning haqiqiy o‘g‘li Martin sog‘ayib ketadi va ikki bola robot va haqiqiy bola o‘rtasida raqobat boshlanadi. Bir kuni Martinning do‘stlari Devidni pichoq bilan qo‘rqitib, uning himoya qilish dasturini faollashtirib yuboradi, shu sabab ota-onasi Devidning xavfli bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqib, undan voz kechishga qaror qiladi. Biroq Monika ya’ni Devidning “onasi” uni yo‘q qilish o‘rniga o‘rmonda qoldiradi. Devid esa unga o‘qib berilgan “Pinokkio” ertagidan ilhomlanib, uni haqiqiy bolaga aylantira oladigan Ko‘k Parini izlab safarga chiqadi.
Sayohati davomida u eski robotlarni tomoshabinlar oldida yo‘q qiluvchi shafqatsiz shou-tadbirda duch keladi. Suv ostida qolgan Manhettenga borib, uni yaratgan muhandis olim bilan uchrashganida o‘zining yagona emasligini, xuddi shunday minglab nusxalar yaratilganini biladi. Film ikki ming yildan keyingi kelajakda, inson zoti butunlay yo‘qolib ketgan bir davrda, Devidni onasi bilan bir kunlik so‘nggi uchrashuvni qayta yaratgan yuksak rivojlangan robotlar sahnasi bilan yakunlanadi.

Yigirma besh yillik bashorat: tirik robot
Filmning markazida — Devid ismli robot bolaning “his tuyg‘u” dasturi turadi, bir marta faollashtiriladi va robot insonlarniki kabi hislarga ega bo‘ladi. 2026 yilga kelib bunga o‘xshash texnologiya allaqachon reallik — faqat u alohida “dastur” shaklida emas, balki katta til modellari (LLM) orqali namoyon bo‘lmoqda. Aynan shu sababli 2022 va 2025 yillar oralig‘ida sun’iy intellekt hamrohlik ilovalariga bo‘lgan talab yetti barobar oshib ketdi.
Masalan, Character.AI singari ilovalarning oylik faol foydalanuvchilari soni o‘nlab millionga yetib, ularning yarmidan ko‘prog‘ini yigirma to‘rt yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etmoqda. Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar bu bog‘lanishni yanada chuqurlashtirib, o‘z sun’iy intellekt “hamrohlari” bilan ramziy nikoh marosimlarini o‘tkazib, unga do‘stlarini ham taklif qilishgani kuzatildi.
Garvard olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, SI hamroh bilan muloqot odamning yolg‘izlik hissini inson bilan suhbatlashishga yaqin darajada yo‘qotishga yordam beradi. Filmda Monika Devidni o‘g‘li sifatida qabul qilgani kabi, bugungi odamlar ham asta-sekin mashinani “his qiluvchi” sifatida qabul qilishga moyil bo‘lib bormoqda.

“Cho‘pchak” reallikka ko‘chdi: SI dan qo‘rqishimiz kerak(mi?)
Filmda Devid nafaqat muloqot qila oladigan, balki quchoqlab, yig‘lab, his-tuyg‘u ifodalay oladigan jismoniy xarakterga ega edi. 2026-yilgi CES ko‘rgazmasida namoyish etilgan X-Origin AI kompaniyasining Yonbo X1 oilaviy roboti, TCL'ning bolalar uchun AiMe roboti ham shu yo‘nalishda yaratilgan. Bu robotlar hali Devid darajasidagi murakkablikka ega emas, lekin sun’iy intellekt ekrandan chiqib, real hayotda jismoniy shaklda “jonlanayotgani”ga yaqqol misol bo‘la oladi. Filmda ham Devidning “do‘sti” robot ayiqcha Tedi bo‘lgani kabi, bugungi “aqlli o‘yinchoq” hamrohlar aynan bir necha o‘n yil oldingi tasavvuridan reallikka ko‘chgan.
Filmdagi ogohlantirish
“A.I.” shunchaki film emas, unda ogohlantirishlar ham bor. Monika Devidni o‘z uyiga qabul qilgach, undan voz kechishga majbur bo‘lganida Devidning ichki iztirobi va bunga munosabati real bo‘ladi, u bunga dasturlangan bo‘lsa ham hissiy burilish va o‘ylari rosmana insonniki kabi bo‘ladi. Bugun xuddi shunday muammo huquqiy maydonga ham kirib bormoqda. 2025 yil noyabr oyida Nyu-York shtati chatbotlar foydalanuvchilariga har uch soatda ular inson emasligini eslatib turishini talab qiluvchi qonun qabul qilgan.
Tanqidchilar nima dedi?
Film taqdim etilgan paytda koplab tanqidchilarning bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Rotten Tomatoes agregatorida u 6,6 balldan, tanqidchilarning 73 foizi ijobiy fikr bildirgan holda baholangan. Mashhur kinotanqidchi Rojer Ebert filmni “texnik jihatdan mukammal” biroq uning yakunini “haddan tashqari sentimental” deb topgan. U o‘z sharhlaridan birda “film aqlli yakunga ega emas” degan hazillomuz fikrni keltirgan. Shunga qaramay, 2011-yilda Ebert filmni o‘zining “Buyuk filmlar” ro‘yxatiga kiritgan.
Filmning texnik yutuqlari bilan hissiy yakuni o‘rtasidagi tafovut aslida bugungi sun’iy idrok borasidagi bahslarga ham to‘liq mos keladi. Biz texnologiyaning imkoniyatlaridan, yutuqlaridan hayratlanamiz biroq uning keltirishi mumkin bo‘lgan ziyonidan hadiksiraymiz.
Bashorat to‘g‘ri chiqdimi?
“A.I.” filmi ikki yuz yildan keyingi kelajakni tasvirlagan bo‘lsa-da, uning asosiy savoli mashina his-tuyg‘uga ega bo‘loladimi, agar shunday bo‘lsa biz unga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak, degan savollar atigi yigirma besh yil ichida amaliy masalaga aylandi.
To‘g‘ri, biz hali Devid darajasidagi umumiy sun’iy intellektga ega emasmiz, ammo hissiy bog‘lanish, jismoniy timsol va huquqiy tartibga solish borasidagi tendensiyalar filmning ba’zi bashoratlarini kutilganidan tezroq haqiqatga aylantirmoqda. Biz texnologiyani qanchalik “real” deb baholashimizdan qat’iy nazar, undan qanday foydalanishimiz va uni qanday chegaralashimiz hali ham to‘liq inson tanlovi bo‘lib qolmoqda.
Maftuna Baxt
Madaniy
01.07.2026, 17:34
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Apple iPhone patentini buzganligi uchun $5,7 milliard to‘laydi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 17:59

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
