Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Ulashish:

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni boricha kamdan-kam tasvirlashadi. Ushbu mintaqa o‘zini qurshab turgan kuchlarga nisbatan ikkinchi darajali qilib ko‘rsatiladi, vaholanki, uning besh mamlakati uzoq tarix, o‘ziga xos tillar va  bir fonga sig‘dirib bo‘lmaydigan qadriyatlarga ega.

Mintaqaga ko‘pincha unga qilingan bosimlar yoki undan tashib ketilgan narsalar orqali baho beriladi. Biroq mintaqa madaniyati an’ana va g‘oyalari bilan azaldan sarhadlaridan ancha yiroqlarga ta’sir o‘tkazib kelgan bir o‘lkani gavdalantiradi.

Mustaqil jurnalist Ola Fiedorchukning “The Times of Central Asia” saytida nashr etgan maqolasiga ko‘ra, eski qoliplar darz ketmoqda. Markaziy Osiyo o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

 

O‘zbekiston

O‘zbekiston xalqaro maydonga chiqishda madaniyatni o‘zining bosh yo‘nalishi sifatida belgiladi.

Ilk Buxoro biyennalesi odatda obidalari bilan tanilgan shaharga zamonaviy san’atni olib kirdi, madrasa va karvonsaroylarni o‘zbekistonlik va jahon rassomlari uchun ko‘rgazma maydonlariga aylantirdi.

Xuddi shunday harakatni Toshkent zamonaviy san’at markazi faoliyatida, O‘zbekistonning Venetsiya arxitektura biyennalesidagi ishtirokida hamda meros, hunarmandchilik va Orol dengizi ekologik fojiasini o‘zaro bog‘lagan “O‘rik gullaganda” kabi dizayn loyihalarida ham ko‘rish mumkin.

Oyjon Xayrullayeva singari rassomlar yosh avlodning islomiy naqshlar, to‘qimachilik va ijtimoiy makonni yangi tasviriy vositalar orqali qayta talqin qilayotganini ko‘rsatadi.

Nukusdagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi esa sovet davrida senzura ostiga olingan asarlari bilan mamlakat san’at tarixiga yanada teranlik baxsh etadi.

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2026-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga Islom sivilizatsiyasining eng yirik muzeyi sifatida kirdi. Bu esa O‘zbekistonga tarixiy merosni talqin qilinishni belgilashda katta mavqe beradi.

 

Qozog‘iston

2025-yil 12-sentyabrda Olmaota san’at muzeyi ochilib, zamonaviy yirik maskanlar safiga qo‘shildi. Uning paydo bo‘lishi mamlakatdagi kengroq o‘zgarishlarning bir qismidir.

Xususiy galereyalar, xalqaro platformalar hamda Aigerim Karibayeva va Saule Suleymenova singari rassomlar qozoq san’atini folklor tasvirlari doirasidan olib chiqib, o‘zlikni anglash, postmustamlaka xotirasi va shahar hayoti kabi mavzular sari yo‘naltirmoqda.

Sobiq sovet davri kinoteatri o‘rnida “Tselinniy” zamonaviy madaniyat markazining qayta ochilishi esa bu jarayonga yanada chuqurroq ramziy ma’no baxsh etadi.

 

Qirg‘iziston

Oltinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2026-yil 31-avgustdan 6-sentyabrgacha Bishkek shahri va Issiqko‘l atrofida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu Qirg‘izistonga ko‘chmanchilik an’analarini muzeydagi turib qolgan eksponatlar kabi emas, balki jonli tarzda namoyish etish imkonini beradi.

Mamlakatning zamonaviy san’at sahnasi esa bunga yanada samimiyroq tus bag‘ishlaydi: Munara Abduqahhorova va Oltinoy Osmo kabi rassomlar shaxsiy xotira, siyosiy tarix, gender va o‘zlik masalalaridan foydalanib, qirg‘iz tasviriy madaniyatini an’anaviylikdan tashqariga olib chiqmoqda.

Shuningdek, qadimiy Suyob shahrining xarobalari bo‘lmish Oqbeshimda arxeologlar VII–VIII asrlarga oid budda ibodatxonasini topganliklarini ma’lum qildilar, bu esa mamlakatning Buyuk Ipak yo‘li tarixidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.

 

Tojikiston

Dushanbe shahri Osiyo Shahar hokimlari Assambleyasi forumi tomonidan “Osiyoning 2026-yilgi madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi.

Tojikistonlik san’atkorlar va ularning asarlari Milan hamda Dohadan tortib “Sotheby’s” auktsionigacha bo‘lgan Markaziy Osiyo ko‘rgazmalarida tez-tez namoyish etilmoqda.

YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Sarazm shahri Tojikistonning mintaqadagi eng qadimiy manzilgohlardan biriga egalik da’vosini mustahkamlaydi.

 

Turkmaniston

YUNESKO Qadimiy Marvni Markaziy Osiyodagi Ipak yo‘lida joylashgan eng qadimiy va yaxshi saqlangan voha shahar deya ta’riflaydi. Uning xarobalari insoniyatning 4000 yillik tarixidan so‘zlaydi.

Ushbu arxeologik yodgorliklar YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan turkman gilamdo‘zligi, dutor ijrochiligi, kashtachilik va to‘qimachilik san’ati kabi nomoddiy madaniy meros bilan hamohangdir.

“Osaka Expo 2025” ko‘rgazmasida Turkmaniston paviloni asosiy diqqatga sazovor maskanlardan biriga aylanib, tashrif buyuruvchilarni lol qoldirdi.

 

Yutuq va kamchilik

Kengroq olib qaralsa, Markaziy Osiyoni eskirgan tushunchalar bilan ta’riflash tobora qiyinlashib bormoqda. Mintaqa shunchaki postsovet, resurslarga boy, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan yoki strategik ahamiyatga ega hudud emas. U borgan sari o‘z institutlari, san’atkorlari va tomoshabinlariga ega madaniy ijodkor sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Kamchiliklar ham yo‘q emas. Buyuk ipak yo‘li shiorga, meros tijoratga, ko‘chmanchi madaniyat festival dekoratsiyasiga, festivallar esa tarixning murakkab va teran qatlamlarini yuzaki ko‘rsatuvchi vositaga aylanib qolishi mumkin.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →