“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Ulashish:

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

AQSHdagi Smitson institutining Osiyo milliy sanʼati muzeyida o‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning “Quyoshga singib ketgan” nomli ilk ko‘rgazmasi namoyish qilinmoqda.

Vatandoshimizning ushbu ko‘rgazmasida videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Muzey direktori Cheyz Robinsonning taʼkidlashicha, Saodat Ismoilova ijodi shaxsiy xotira va tarixiy voqealarni uyg‘unlashtirib, tarixga boshqacha nazar tashlashga undaydi. Uning fikricha, mazkur ko‘rgazma Osiyo xalqlari tarixi va madaniyatini kengroq targ‘ib qilishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri.

Ko‘rgazmadagi “18,000 Worlds” (“18 ming olam”) videosida 1920-yillarga oid Markaziy Osiyo arxiv kadrlari Qozog‘istondagi kosmik majmua va O‘zbekistondagi yirik quyosh pechi tasvirlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

Saodat Ismailova: 18,000 Worlds - Announcements - e-flux

“Her Right” (“Uning haqqi”) asari esa o‘zbek ayollarining erkinlik va huquqlar uchun kurashiga bag‘ishlangan. Unda eski o‘zbek filmlari kadrlari zamonaviy musiqiy kompozitsiyalar bilan birlashtirilgan.

TBA21 Thyssen-Bornemisza Art Contemporary - Saodat Ismailova<br>Her Right,  2020

“Her Right” (“Uning haqqi”) 

Ko‘rgazmaning asosiy installyatsiyasi bo‘lgan “Melted into the Sun” filmi VIII asrda yashagan va “Niqobli zot” nomi bilan mashhur bo‘lgan Al-Muqanna obrazini zamonaviy talqinda namoyon qiladi. Asarda tarixiy vayronalar va industrial manzaralar orqali tarix, mifologiya va bugungi sivilizatsiya o‘rtasidagi munosabatlar yoritilgan.

Contemporânea — Saodat Ismailova: Melted into the Sun

“The Letters” (“Maktublar”) turkumida esa rassom oila aʼzolari portretlarini sheʼrlar, diniy matnlar va turli tillardagi shaxsiy fikrlar bilan uyg‘unlashtirgan. 

EYE Filmmuseum – Saodat Ismailova - test

Ko‘rgazma uchun muzey kolleksiyasidan XIX asrga oid noyob o‘zbek matosi ham tanlab olingan. 

 

O‘zbekistondan ko‘ra chet elda mashhurroq Saodat Ismoilova

1981-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan Saodat Ismoilova hozirda Parij va Toshkent shaharlarida ijod qiladi. U Toshkent davlat sanʼat instituti va Fransiyadagi Zamonaviy sanʼat milliy studiyasini tamomlagan. 2021-yilda u Markaziy Osiyo zamonaviy sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan “Davra” platformasiga asos solgan.

Saodat Ismoilova tomonidan suratga olingan “Orol: ko‘rinmas dengizda baliq ovlash” filmi 2004 yilda Italiyaning Torino xalqaro film festivalida eng yaxshi hujjatli film deb topilgan. 

2014 yilda esa uning “Chilla” filmi Berlin xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan. Bulardan tashqari ham, vatandoshimiz ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashgan: uning asarlarida Markaziy Osiyo, O‘zbekiston hayoti tasviri ustuvorlik qiladi. 

"Chilla"ni suratga olish jarayoni

U 2022-yilda Venetsiya biyennalesi hamda xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etgan. Shuningdek, bir qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Bugungi kunda ijodkorning asarlari “Tate Modern”, “Centre Pompidou”, “Victoria”, “Albert” kabi dunyoga mashhur muzey va galereyalar kolleksiyalaridan o‘rin olgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"

Eron elçixonalarining Samarqandni fors sivilizatsiyasi merosi sifatida körsatgan postlaridan keyin Toşkent Tehronga norozilik bildirgandi. Eron TIV bu holatga izoh berdi.

Oʻzbekiston

29.10.2026, 11:34

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Siyosat

17.10.2026, 12:12

"Green Card 2027" rasman ochiladi

AQSh sudi Tramp ma’muriyatini 2027-yilgi Green Card lotereyasini qayta ochishga majbur qildi.

Jahon

15.10.2026, 17:54

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi

SpaceX kompaniyasi Ukrainada harakatlanayotgan Starlink terminallari tezligini chekladi. Ilon Maskning ta’kidlashicha, Starshield tizimiga oid tezlik va foydalanish cheklovlarini AQSh harbiylari belgilaydi.

Jahon

15.10.2026, 11:18

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ-Eron mojarosi tarixi

AQŞ-Eron mojarosi tarixi: ittifoqçilikdan uruşgaça

Bir paytlar Eron AQŞning Yaqin Şarqdagi Isroildan keyingi eng yaqin ittiqfoqçisi edi. Bugun esa eng katta duşmani…  Bu uruş qaçon ildiz otdi? 

Siyosat

28.11.2026, 19:16

Nega xorijliklar Özbekistonda öqişni tanlamoqda?

2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonga ta’lim oliş maqsadida 57,6 ming nafar xorijiy fuqaro kelgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,7 barobar köp. Kelganlarning asosiy qismini Turkmaniston va Hindiston fuqarolari taşkil etgan.

Ta'lim

28.11.2026, 13:14

1 dekabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 dekabrdan Özbekistonda bir qator yangi tartib va mexanizmlar amalga kiritiladi. Mahkuma ayollarning bolalari uçun maxsus markaz va tölovga doir muhim özgarişlar işga tuşadi. 

Oʻzbekiston

28.11.2026, 12:45

Hurmuz böğozidagi hujumlar va Saudiya neft zavodlariga zarbalar neft narxini oşirdi

Yaqin Şarqda tankerlar va energetika infratuzilmasiga qarşi hujumlar jahon bozorida neft ta’minoti uzilişi xavotirini kuçaytirdi. 27 noyabr kuni Brent nefti barreli 96,61 dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

28.11.2026, 11:46

Jamol Qoşiqçi qotilligi

Jamol Qoşiqçi qotilligi: Saudiya konsulligidagi sirli ölim

2018 yil, Istanbul. Saudiya Arabistoni konsulligiga taşrif buyurgan jurnalist bino­ga kirdi-yu, qaytib çiqmadi.Bu odam Jamol Qoşiqçi: Muhammad bin Salmon hukumatini oçiq tanqid qilgan jurnalist.Keyinçalik ma’lum bölişiça, u konsullikda öldirilgan. Bölaklab taşlangan jasadi esa hanuzgaça topilmadi.

Madaniy

27.11.2026, 17:03

Gʻazo

Amnesty International: Isroil Ğazodagi ayollarning farzand körişiga ham zarar yetkazdi

Hisobotda Isroilning harbiy amaliyotlari va Ğazo blokadasi homilador ayollar hamda yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun tibbiy yordamni keskin çeklagani aytilgan. Taşkilot ma’lumotlariga köra, hududdagi şifoxonalarning 90 foizdan ortiği vayron bölgan.

Jahon

27.11.2026, 16:59

AQŞ demokratlari Tramp siyosatiga qarşi: Eron bilan uruşni töxtatmoqçi

Demokratik partiya vakillari Donald Tramp ma’muriyatining Eronga qarşi harbiy harakatlarini töxtatişga çaqirmoqda. Biroq partiyaning özi ham avvalgi prezidentlar davrida Tehronga nisbatan sanktsiyalar va iqtisodiy bosim siyosatini qöllab-quvvatlagan.

Jahon

27.11.2026, 16:06

Özbekistonda 12 yillik ta’limga ötiladimi?

Qonunçilik palatasi olti yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi hujjatni uç öqişda qabul qildi.

Ta'lim

27.11.2026, 14:03

Россияда хорижлик меҳнат муҳожирлари учун патент.

Moskvada xorijlik mehnat muhojirlari uçun patent narxi oşiriladi

Moskva şahar dumasi deputatlari şaharning soliq qonunçiligiga özgartirişlar kiritişni ma’qulladi. 

Jahon

27.11.2026, 11:10

Özbekistonning ekologik loyihasi 94 mamlakat orasida birinçi böldi

Maktab öquvçilari taşabbusi bilan boşlangan Sustainable Future Society loyihasi Yevropa ta’lim jamğarmasining Green Skills Award 2026 xalqaro tanlovida ğolib deb topildi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 18:09

Özbek tili korpusi SI kompaniyalariga taqdim etildi

Endi sun’iy intellekt özbek tilida ravonroq sözlaşa oladi

Özbekiston 20 milliard tokenli milliy til korpusini OpenAI, Anthropic, Meta va Alibaba kompaniyalariga bepul taqdim etdi.

Fan-texnologiya

26.11.2026, 16:20

Ёмғирли об-ҳаво

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?

Ayrim hududlarda harorat 5 daraja sovuqqaça pasayadi. 3–5 dekabr kunlari mamlakatning bir qator joylarida yomğir yoğişi mumkin.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 15:37

Qöştepa kanali tayyor: Afğoniston suvni qaçon oladi?

Afğoniston tomoni Amudaryo suvini kanalga yaqin vaqtda yönaltirişini aytmoqda. Özbekiston Suv xöjaligi vaziri esa suv oliş 2030 yilgaça boşlanmasligini bildirgan.

Siyosat

26.11.2026, 14:58

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?

Özbekiston va Şveytsariya örtasida 252,5 million dollarlik aktivlarni qaytariş böyiça kelişuv tasdiqlandi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast jamğarmasi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga yönaltiriladi.

Iqtisodiyot

26.11.2026, 12:10

Ёнилғи ташувчи мошина ёнди: 31 киши ҳалок бўлди

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi

Qohira yaqinida sodir bölgan yonğin oqibatida yana 21 kişi jarohatlandi. Hodisa joyida 27 ta avtomobil yongan.

Jahon

26.11.2026, 11:19

Таэквандочилар

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi

Musobaqa 28–29 noyabr kunlari Ostona şahrida ötkaziladi. Unda olti nafar özbekistonlik sportçi medallar va 2028 yilgi Olimpiada uçun reyting oçkolari uçun kuraşadi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?

Özbekiston fuqarolari 31 ta davlatga vizasiz borişi mumkin. Yana bir qator mamlakatlarda çegarada viza oliş yoki elektron viza rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud.

Siyosat

26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk poligoni

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari

AQŞ bilan yadroviy kuç borasida bellaşgan SSSR Qozoğiston daştlarida yuzlab portlaşlar amalga oşirdi. Semipalatinsk poligonida ötkazilgan 456 ta sinov milliondan ortiq insonni radiatsiya ta’siriga duçor qilgan.

Fan-texnologiya

25.11.2026, 17:17

Toşkentda adolatli sudlov masalalari muhokama qilindi

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?

Toşkentda odil sudlovdan foydalaniş huquqiga bağişlangan xalqaro konferentsiya ötkazilmoqda.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?

Sanepidqömita mamlakatda enterovirusli infektsiyalar, jumladan Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →