Mahalliy byudjet xarajatlari daromaddan oshib ketdi

2025 yil birinchi yarmida mamlakatda xarajatlari daromadlaridan eng koʻp hudud Fargʻona viloyati boʻldi. Mazkur davrda respublikaning barcha hududlari byudjetlarida kamomad kuzatilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan mahalliy byudjetlar tahlilida keltirilgan.

Ulashish:

Mahalliy byudjet xarajatlari daromaddan oshib ketdi

2025 yil yanvar iyun oylarida Oʻzbekiston mahalliy byudjetlari daromadlari 33,7 trln soʻmni, xarajatlari 48,5 trln soʻmni tashkil etdi.

 

Toshkent shahrining daromad va xarajatlari respublika boʻyicha eng yuqori darajada qayd etildi. Jumladan, poytaxtning yarim yillik tushumlari 6,8 trln soʻm, chiqimlari 7,3 trln soʻm boʻldi.

 

Keyingi oʻrinni Toshkent viloyati band qildi. Hudud byudjetiga olti oyda 3,56 trln soʻm daromad, 3,9 trln soʻm xarajatlar qilindi.

 

Samarqand va Fargʻona viloyatlarining yarim yillik tushumlari 2,9 trln soʻmdan (har biriniki) ortdi. Chiqimlarga kelganda Fargʻona koʻproq—4,7 trln soʻmdan ortiq, Samarqand esa 4,1 trln soʻm sarflagan.

 

Hududlar kesimida eng kam daromadni Sirdaryo viloyati topgan—885 mlrd soʻm. Uning xarajatlari esa 1,96 trln soʻmdan ortiqni tashkil qilgan. Oʻz navbatida daromadlari sezilarli kam hududlar — Jizzax (1,1 trln soʻm) Xorazm (1,6 trln soʻm), Surxondaryo (1,7 trln soʻm), Navoiy (1,7 trln soʻm) viloyatlari boʻlgan.

 

Olti oylik raqamlarga koʻra, byudjeti taqchilligi eng yirik hudud Fargʻona viloyati boʻldi — 1,8 trln soʻm. Viloyat byudjetiga kamomadni yopish uchun respublika byudjetidan 1,1 trln soʻm transfert mablagʻlari oʻtkazilgan. Bu boshqa hududlarga qaraganda eng koʻp oʻtkazma hisoblanadi.

 

Byudjeti taqchilligi nisbatan yuqori hududlar Samarqand (1,6 trln soʻm), Andijon (1,5 trln soʻm), Namangan (1,36 trln soʻm) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1,4 trln soʻm) boʻlgan. Daromad va xarajatlar oʻrtasidagi eng kam tafovut Navoiy viloyati byudjetida qayd etilgan — 279 mlrd soʻm.

 

Shuningdek, Toshkent viloyati (365 mlrd soʻm) va Toshkent shahri (527 mlrd soʻm) byudjet kamomadlari qolgan hududlardagiga nisbatan kamroq boʻlgan.

 

Iqtisodiyot

06.08.2025, 12:02

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Drayver loyihalarni shakllantirish, kelishish va ishga tushirish tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Iqtisodiyot

06.08.2025, 16:19

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara hududlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish va yana bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

06.08.2025, 15:23

AQSh Netanyahuning “Gʻazoni toʻliq egallash rejasi” borasida sukut saqlamoqda

AQSh Davlat departamenti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Gʻazo sektorini toʻliq okkupatsiya qilish bilan bogʻliq yangi rejalar tayyorlayotgani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Jahon

06.08.2025, 14:42

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi

Toshkent viloyati hokimligi Chorvoqdagi Sea Breeze kurort majmuasi loyihasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 14:12

Oʻzbekistonda qancha elektromobil roʻyxatga olingan?

Oʻzbekiston boʻyicha eng koʻp elektromobillar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 14:10

18 nafar bokschimiz qitʼa birinchiligining yarim finalida jang qiladi

Tailandda oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida qizlardan 4 nafar, yigitlardan 18 nafari yarim finalda jang qiladi.

Sport

06.08.2025, 13:06

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Gulistondagi teatrda yongʻin sodir boʻldi

Kecha, 5 avgust kuni soat 18:06 da Sirdaryo viloyati Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan musiqali drama teatrida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVB xabar qildi.

Oʻzbekiston

06.08.2025, 11:15

Uyi buzilishga tushgan fuqarolarga 3 turdagi kompensatsiya taklif etiladi

Respublika boʻyicha 42 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, ularning 17 mingtasi 2-3 qavatli hisoblanadi. 

Oʻzbekiston

06.08.2025, 11:08

Malayziya kompaniyalari konsorsiumi Oʻzbekistonga savdo missiyasini amalga oshiradi

Savdo missiyasidan maqsad – Oʻzbekistonda savdo va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 10:05

Poʻkakli idishda saqlanayotgan muzqaymoq — mogʻor va mikrob uyasi!

Shu oʻrinda eslatib oʻtish joiz, agar issiqlik taʼsirida muzqaymoq erisa, qaytadan muzlatib, isteʼmol qilish mumkin emas. 

Oʻzbekiston

06.08.2025, 09:03

Axsikentda yiliga kamida 1 million sayyohni jalb etish imkonini beradi turistik obʼektlar quriladi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Axsikentda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Madaniy

05.08.2025, 20:24