Poʻkakli idishda saqlanayotgan muzqaymoq — mogʻor va mikrob uyasi!

Shu oʻrinda eslatib oʻtish joiz, agar issiqlik taʼsirida muzqaymoq erisa, qaytadan muzlatib, isteʼmol qilish mumkin emas. 

Ulashish:

Jazirama kunlarda yaxna ichimliklar, sovuq taomlar va muzqaymoq jonga rohat bagʻishlaydi. Ayni kunlarda ham doʻkonlarda muzqaymoqqa talab ortgan, deb aytish mumkin. Sanepidqoʻmita axborot xizmati bu borada foydali maqola tayyorladi.

Bugungi kunda muzqaymoq asosan sut mahsulotidan tayyorlanishi sababli tez oʻzgaruvchanlik xususiyatiga ega. Shu sababli doim sovuq haroratda saqlash talab etiladi. 

Shu oʻrinda eslatib oʻtish joiz, agar issiqlik taʼsirida muzqaymoq erisa, qaytadan muzlatib, isteʼmol qilish mumkin emas. Chunki jarayon davomida muzqaymoqning tarkibi oʻzgarib, bakteriyalarni oʻziga jalb qilish xususiyati ortadi. 

Afsuski, bugun koʻchada ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlari kuzatilmoqda.

Tabiiyki, muzqaymoq solingan idishlar muzlatgich imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli saqlab berolmasligi ham bor gap.

Bugungi kunda yoʻl-yoʻlakay sotilayotgan muzqaymoqlar koʻpaydi. Koʻcha-koʻyda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idishlar sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idishlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati ham mavjud emas. 

Qayd etish joizki, koʻp hollarda stafilokokk ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga sabab boʻladi. Patogen stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari: tort, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqatlarni isteʼmol qilganda kishi zaharlanishi mumkin. 

Yoʻl-yoʻlakay sotilayotgan muzqaymoqlarning qachon va qayerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilgani, tarkibi, saqlash muddati hamda sharoiti toʻgʻrisida hech qanday maʼlumot yoʻq. Shuningdek, bu mahsulotni sotayotgan sotuvchilar maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanmagan va ularning tibbiy koʻrikdan oʻtgani toʻgʻrisida maxsus yuritiladigan daftari ham mavjud emas. Talabga koʻra, maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, savdo shoxobchalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy koʻrikdan oʻtib turishlari zarur. 

Muzqaymoq asab va oshqozon-ichak faoliyatining bir maromda kechishida foydali, ammo bu mahsulotni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish juda zaruriy omildir. Avvalo sut mahsulotining qayerdan olib kelingan, veterinariya ekspertizasidan oʻtib, maʼlumotnomaga ega boʻlganmi, shuningdek, epidemiologik vaziyati yaxshi sigirlardan olinganmi, shularga diqqat qaratish darkor.

Muzqaymoqni tayyorlaganda, albatta, zarur texnologik jarayonlarga amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarini qatʼiy bajarish kerak. Agar ishchi-xodimlar yuqori nafas kasalliklari — tonzillit, gaymorit, stomatit bilan kasallangan boʻlsa, bu ishchilarni vaqtinchalik ishdan ozod qilib, davolangandan keyin qabul qilish maqsadga muvofiq boʻladi. Bundan tashqari, qoʻlida teri-kasalliklari va panaritsiya boʻlsa, bunday xodimlarni ham ishdan belgilangan tartibda chetlashtirish zarur. Shu bois har bir oziq-ovqat mahsulotini tayyorlaganda xodimlar sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari talab etiladi. Xususan, tozalikni saqlash boʻyicha ishchilar orasida tez-tez profilaktika tadbirlarini oʻtkazib turish zarur. Tozalik oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olishda eng samarali va qulay usuldir.

Oʻzbekiston

06.08.2025, 09:03

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Drayver loyihalarni shakllantirish, kelishish va ishga tushirish tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Iqtisodiyot

06.08.2025, 16:19

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara hududlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish va yana bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

06.08.2025, 15:23

AQSh Netanyahuning “Gʻazoni toʻliq egallash rejasi” borasida sukut saqlamoqda

AQSh Davlat departamenti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Gʻazo sektorini toʻliq okkupatsiya qilish bilan bogʻliq yangi rejalar tayyorlayotgani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Jahon

06.08.2025, 14:42

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi

Toshkent viloyati hokimligi Chorvoqdagi Sea Breeze kurort majmuasi loyihasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 14:12

Oʻzbekistonda qancha elektromobil roʻyxatga olingan?

Oʻzbekiston boʻyicha eng koʻp elektromobillar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 14:10

18 nafar bokschimiz qitʼa birinchiligining yarim finalida jang qiladi

Tailandda oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida qizlardan 4 nafar, yigitlardan 18 nafari yarim finalda jang qiladi.

Sport

06.08.2025, 13:06

Mahalliy byudjet xarajatlari daromaddan oshib ketdi

Mahalliy byudjet xarajatlari daromaddan oshib ketdi

2025 yil birinchi yarmida mamlakatda xarajatlari daromadlaridan eng koʻp hudud Fargʻona viloyati boʻldi. Mazkur davrda respublikaning barcha hududlari byudjetlarida kamomad kuzatilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan mahalliy byudjetlar tahlilida keltirilgan.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 12:02

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Gulistondagi teatrda yongʻin sodir boʻldi

Kecha, 5 avgust kuni soat 18:06 da Sirdaryo viloyati Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan musiqali drama teatrida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVB xabar qildi.

Oʻzbekiston

06.08.2025, 11:15

Uyi buzilishga tushgan fuqarolarga 3 turdagi kompensatsiya taklif etiladi

Respublika boʻyicha 42 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, ularning 17 mingtasi 2-3 qavatli hisoblanadi. 

Oʻzbekiston

06.08.2025, 11:08

Malayziya kompaniyalari konsorsiumi Oʻzbekistonga savdo missiyasini amalga oshiradi

Savdo missiyasidan maqsad – Oʻzbekistonda savdo va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 10:05

Axsikentda yiliga kamida 1 million sayyohni jalb etish imkonini beradi turistik obʼektlar quriladi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Axsikentda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Madaniy

05.08.2025, 20:24