Misrda Gʻazo boʻyicha deklaratsiya imzolandi. Tramp: «Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatildi»

Sharm ash-Shayxda boʻlib oʻtgan sammitda AQSh, Misr, Qatar va Turkiya yetakchilari vositachilar ishtirokida ishlab chiqilgan va Donald Tramp taklif etgan 20 moddali tinchlik rejasi asosida Gaza sektoridagi otishmalarni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvni imzoladi.

Jahon

14.10.2025, 10:59

Ulashish:

Sharm ash-Shayxda boʻlib oʻtgan sammitda AQSh, Misr, Qatar va Turkiya yetakchilari vositachilar ishtirokida ishlab chiqilgan va Donald Tramp taklif etgan 20 moddali tinchlik rejasi asosida Gʻazosektoridagi otishmalarni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvni imzoladi, deya xabar bermoqda BBC.

«Biz hamkorlikda imkonsizdek tuyulgan narsaga erishdik. Nihoyat Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatildi», — dedi Tramp sammitda yigʻilgan oʻnlab dunyo rahbarlari oldidagi nutqida.

Bu marosim Yaqin Sharqdagi urushni tugatishda muhim kun sifatida qayd etildi: Isroilga ikki yildan ortiq vaqt asirlikda boʻlgan barcha tirik garovdagilar qaytarildi, Falastin hududlariga esa ikki minga yaqin qamalgan va hibsda boʻlgan falastinliklar ozod qilindi.

AQSh, Misr, Qatar va Turkiya yetakchilari hamda vositachilarning imzolari qoʻyilgan yakuniy hujjatda, jumladan, shunday deyiladi:

«Biz har bir inson uchun bagʻrikenglik, qadr-qimmat va teng imkoniyatlar yoʻlida harakat qilamiz, bu mintaqani irqi, dini va etnik kelib chiqishidan qatʼi nazar barcha odamlar oʻz orzu-umidlarini tinchlik, xavfsizlik va farovonlikda amalga oshiradigan zaminga aylantirish niyatidamiz».

Eʼtiborlisi, sammitda toʻgʻridan-toʻgʻri qarama-qarshi tomonlar — HAMAS va Isroil vakillari ishtirok etmadi. Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni ham taklif qilgan, ammo u Simxat Tora bayrami boshlanishini bahona qilib rad etgan.

Reuters va AFP agentliklariga koʻra, turk delegatsiyasi manbalari prezident Rajab Toyyib Erdogʻan sammitda isroilliklar qatnashishiga qarshi chiqqanini bildirgan. Turk OAV xabariga koʻra, Erdogʻan Netanyaxu Sharm ash-Shayxga yoʻl olgani haqida bilgach, Qizil dengiz ustida aylanma parvoz qilishni va samolyotni qoʻndirmaslikni buyurgan — faqat Isroil bosh vaziri sammitga kelmasligiga kafolat berilgach, qoʻnishga ruxsat bergan.

Rasman bu maʼlumot izohlanmagan, ammo boshqa ayrim davlat yetakchilari ham shunday norozilik bildirgani haqida xabar berilgan.

CNN xabariga koʻra, sammitda AQSh va Misr prezidentlaridan tashqari Armaniston, Ozarboyjon, Bahrayn, Kanada, Kipr, YeI, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Hindiston, Indoneziya, Iroq, Italiya, Yaponiya, Iordaniya, Quvayt, Niderlandiya, Norvegiya, Umon, Pokiston, Falastin avtonomiyasi, Paragvay, Qatar, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Turkiya, BAA va Britaniya yetakchilari ham qatnashgan.

Shuningdek, sammitda Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abu Geyt, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, FIFA prezidenti Janni Infantino va Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler ham ishtirok etgan.

Hujjat Gʻazo bilan bogʻliq urushdagi ilk amaliy hujumlarni toʻxtatish bosqichini qayd etdi. HAMAS 2023 yil 7 oktabridan beri asirlikda boʻlgan 20 nafar tirik garovdagini ozod qildi hamda Isroilga toʻrt nafar halok boʻlgan fuqarolarning jasadini qaytardi.

Shu bilan birga, HAMAS garovda qolgan boshqa jasadlarni topish uchun qoʻshimcha vaqt soʻragan.

Bu kelishuv — garovdagilar va qamoqdagilar almashinuvi hamda Gʻazodan qisman qoʻshin chiqarish jarayoni — AQSh tomonidan tinchlik rejasining birinchi bosqichi sifatida baholanmoqda.

Tramp bu jarayonni tarixiy va betakror deb taʼriflab, Isroilda Knessetda soʻzlagan nutqida Yaqin Sharqdagi tinchlik va farovonlikning yangi davri boshlanganini aytdi.

Shu bilan birga, Gʻazo sektoridagi ulkan vayronagarchiliklar va insoniy halokatga sabab boʻlgan ikki yillik urushdan soʻng bu hududda hayot qanday tiklanishi hali nomaʼlum. Misr prezidenti yaqin orada Gʻazoni tinch yoʻl bilan qayta tiklash boʻyicha konferensiya chaqirishini maʼlum qildi.

«Yaqin kunlarda Misr AQSh va boshqa sheriklar bilan hamkorlikda Gʻazo sektori qayta tiklanishining asoslarini yaratish ustida ishlaydi», — dedi u.

Biroq hozircha hech kim aniq bilmaydi: hududni kim boshqaradi, HAMASning boshqaruvdan chetlatilishi qay darajada amalga oshadi va Isroil qoʻshinlari qayergacha chiqariladi — bularning hammasi hali noaniq.

Jahon

14.10.2025, 10:59

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Gʻazoga gumanitar yordam ortilgan yuk mashinalari kirib kela boshladi

Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi kuchga kirgach, Gʻazo sektoriga gumanitar yordam yuklari yetkazila boshlandi.

Jahon

13.10.2025, 13:25

Ultraoʻngchi vazir Ben-Gvir Netanyahuga hukumatni agʻdarish bilan tahdid qildi

Isroilning milliy xavfsizlik vaziri, ultraoʻngchi siyosatchi Itamar Ben-Gvir Gʻazoda erishilgan otashkesim kelishuvi munosabati bilan bosh vazir Binyamin Netanyahuga hukumatni agʻdarish tahdidini yoʻlladi.

Jahon

11.10.2025, 11:06

Donald Tramp: “Erdoʻgʻan juda toʻgʻri ish qildi”

AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazoda otashkesim jarayonida Turkiyaning katta hissasi boʻlganini taʼkidladi. 

Jahon

10.10.2025, 18:04

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

Gʻazoga zarbalarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvga qaramay Isroil hujumlarni davom ettirdi

Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga hujumlarni toʻxtatish haqidagi kelishuvga qaramasdan, havodan va artilleriya orqali hujumlarni davom ettirdi.

Jahon

09.10.2025, 17:08

Hukumat: Isroil 4 kunda Gʻazoda 118 falastinlikni oʻldirdi

Isroil armiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va xalqaro hamjamiyatning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlariga qaramasdan, 4–7 oktabr kunlari Gʻazo sektoriga 230 dan ortiq zarba berdi.

Jahon

09.10.2025, 12:05

So‘nggi yangiliklar

Orol dengizi havzasida 40 dan ziyod ekologik loyiha amalga oshirilmoqda

Ostona shahrida Qozogʻiston raisligida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi boshqaruvining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Kazinform.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 13:19

Oʻzbekistonliklar eng koʻp safar qilayotgan mamlakatlar maʼlum boʻldi

2025 yilning yanvar–avgust oylarida qariyb 5,2 million nafar Oʻzbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 12:06

UNICEF: bolalarga nisbatan zoʻravonlik global iqtisodga 7 trillion AQSh dollar zarar keltirmoqda

UNICEF: bolalarga nisbatan zoʻravonlik global iqtisodga 7 trillion AQSh dollar zarar keltirmoqda

Yevropa va Markaziy Osiyoda yashovchi bolalarning uchdan ikki qismi uyida zoʻravonlik bilan tarbiyalanadi. Uchdan bir qismi esa jismoniy jazoga tortiladi. UNICEF tomonidan 2025 yil 13 oktabrda chiqargan yangi hisobotiga koʻra, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridagi bolalarning uchdan ikki qismi ruhiy agressiyaga yuz tutadi. Bunday holat bolalarga nisbatan zoʻravonlikning eng keng taralgan turi hisoblanadi.

Jahon

14.10.2025, 12:02

Kelajakda Qirgʻiziston poytaxti oʻzgaradimi? Tashiyev inkor qilmadi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev kelgusida Manas shahri mamlakat poytaxtiga aylanishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda u mahalliy maktab direktorlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Jahon

14.10.2025, 11:01

Damas va Cobalt yangi qiyofada: “UzAuto Motors” modellar qatorini kengaytirmoqda

“UzAuto Motors” AJ avtomobil modellar qatorini kengaytirish va mavjud modellarni modernizatsiya qilish boʻyicha strategiyasini amalga oshirmoqda.

Iqtisodiyot

14.10.2025, 10:03

Fargʻonada tinchlik forumining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 15–16 oktabr kunlari Fargʻona shahrida “Fargʻona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yoʻlida birdamlik” mavzusida Fargʻona tinchlik forumining birinchi yigʻilishi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 09:02

Oʻzbekistonliklar uy-joy qurishga 8 oyda qancha pul sarfladi?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda 35,4 trln soʻmlik yakka tartibdagi uy-joy qurish ishlari bajarilgan. 

Iqtisodiyot

13.10.2025, 22:19

«Hududgaztaʼminot»: Metan “zapravka”larga limit qoʻyilgani haqidagi xabarlar asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “metan zapravkalarga limit qoʻyilmoqda” degan xabarlar asossiz, deb maʼlum qildi «Hududgaztaʼminot» AJ matbuot xizmati.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 21:20

Eron TIV: “Yevropa bilan yadroviy muzokaralar rejalashtirilmagan”

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchining maʼlum qilishicha, Tehron Yevropa mamlakatlari bilan yadroviy muzokaralar oʻtkazish niyatida emas, ammo AQSh bilan “adolatli va muvozanatli” muloqotga tayyor.

Jahon

13.10.2025, 20:18

Oʻzbekiston oʻrtoqlik oʻyinida Urugvayga magʻlub boʻldi

Oʻzbekiston terma jamoasi Malayziyaning Malakka shahrida Urugvay bilan bahs yuritdi va kichik hisobda yutqazib qoʻydi.

Sport

13.10.2025, 19:46

Qoraqalpogʻistonda yashirin sex fosh etildi

Ellikqalʼa tumanida aniqlangan yashirin sexdan 2 mingdan ziyod qalbaki aksiz marka olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 19:26