Oʻzbekistonda yarim yilda nechta tadbirkorlik subʼekti tashkil etildi?

Savdo sohasi tadbirkorlikda keng tarqalgan yoʻnalishlardan biri hisoblanadi va bunda 17 ming 587 ta kichik tadbirkorlik subʼekti tashkil etilgan.

Ulashish:

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning birinchi yarmida respublikamizda 47 ming 796 ta kichik tadbirkorlik subʼekti tashkil etilgan

Savdo sohasi tadbirkorlikda keng tarqalgan yoʻnalishlardan biri hisoblanadi va bunda 17 ming 587 ta kichik tadbirkorlik subʼekti tashkil etilgan. Bunday faoliyat turlari orasida chakana va ulgurji savdo, avtotransport vositalari bilan savdo qilish kabi yoʻnalishlar mavjud.

Qishloq xoʻjaligi va baliqchilik boʻyicha 6 ming 183 ta kichik tadbirkorlik subʼekti tashkil etildi. Bu soha iqtisodiyotda muhim oʻringa ega boʻlib, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholi uchun asosiy mehnat va daromad manbaidir. Qishloq xoʻjaligida kichik korxonalar asosan issiqxona, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik bilan shugʻullanmoqda.

Sanoat sohasi Oʻzbekistonda izchil rivojlanayotgan strategik sohalardan biri boʻlib, bunda 2025 yilning 1-choragi hisobida 6 ming 189 ta korxona oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. Kichik sanoat subʼektlari asosan qayta ishlash sanoati, hunarmandchilik, toʻqimachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yoʻnalishlarda faoliyat yuritmoqda.

Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 4 ming 234 ta kichik biznes subʼektining tashkil etilishi oʻz-oʻzidan turizm sohasining rivojlanishi bilan chambarchas bogʻliq. Bu sohada mehmonxonalar, kafelar, restoranlar va boshqa xizmatlar faoliyat yuritmoqda. 

Qurilish sohasida 2 ming 680 ta kichik tadbirkorlik subʼektlari tashkil etildi. Taʼmirlash va qurilish ishlariga boʻlgan ehtiyoj va qurilish materiallari ishlab chiqarish va yetkazib berish bu sohadagi yirik loyihalar ishlab chiqilishiga sabab boʻlmoqda.

Raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan birga axborot va aloqa sohasida 1 ming 763 ta kichik biznes subʼekti tashkil etildi. IT va mobil ilovalar yaratishni ragʻbatlantirish doirasida ushbu islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonda eksport sohasining yildan-yilga rivojlanib borayotgani va bunda logistika va yetkazib berish xizmatlariga talab ortib borayotgani ushbu soha tadbirkorlari uchun imkoniyatlar yaratmoqda. Elektron tijoratning kengayishi bu sohaga yangi imkoniyatlar olib keldi. Keltirilgan statistikada 1 ming 512 ta kichik tadbirkorlik subʼektining tashkil etilishi ham sohada olib borilayotgan keng koʻlamli ishlardan darak beradi.

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida 989 ta kichik tadbirkorlik subʼekti tashkil etildi. Shaxsiy klinikalar, stomatologiya xizmatlari kabi yoʻnalishlar aholi orasida talabgir boʻlib, ularni kichik biznes vakillari muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda. 

Shu kabi boshqa sohalarda ham 6 ming 659 ta kichik tadbirkorlik subʼektlari tashkil etilgan boʻlib, ularga taʼlim, konsalting, sanʼat va madaniyat kabi yoʻnalishlar kiradi.

Iqtisodiyot

22.08.2025, 09:01

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim pora bilan qoʻlga tushgan edi

Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim pora bilan qoʻlga tushgan edi

Asilbek Ashurov 22 avgust kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Siyosat

22.08.2025, 16:05

Blogerlar yana fuqarolar toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda

Blogerlar yana fuqarolar toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab obunachiga esa A.Abdurahmonov va O.Joʻrayev reklama toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda. Ularga Raqobat qoʻmitasi tomonidan chora koʻrildi.

Oʻzbekiston

22.08.2025, 15:32

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Toshkent shahrida qurilish obʼektlarini loyihalash bilan shugʻullanuvchi MChJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi 1990 yilda tugʻilgan fuqaro oʻzaro til biriktirib, aldov yoʻli bilan tadbirkorning ishonchiga kirishadi.

Oʻzbekiston

22.08.2025, 15:32

Mirziyoyev Gurbanguli Muhammedov bilan uchrashdi

Mirziyoyev Gurbanguli Muhammedov bilan uchrashdi

Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm zonasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Siyosat

22.08.2025, 14:58

Vashington meri 1 sentabrni Oʻzbekiston Mustaqillik kuni deb eʼlon qildi

Vashington meri 1 sentabrni Oʻzbekiston Mustaqillik kuni deb eʼlon qildi

Vashington meri Meriel Bauzer Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 1 sentabrni AQSh poytaxtida rasman “Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni” deb eʼlon qildi.

Madaniy

22.08.2025, 14:19

TBC Bank Group OLX Узбекистан'нинг назорат пакетини сотиб олди

TBC Bank Group OLX Uzbekistanʼning nazorat paketini sotib oldi

Londonda roʻyxatga olingan TBC Bank Group Oʻzbekistondagi eng yirik onlayn eʼlonlar platformasi OLX Uzbekistanʼning nazorat paketini Prosus kompaniyasidan sotib oldi. OLX UZ oyiga 5,4 mln faol foydalanuvchi va 2,2 mln eʼloni bilan mamlakat internet foydalanuvchilarining 20 foizidan ortigʻiga xizmat koʻrsatadi.

Iqtisodiyot

22.08.2025, 13:12

Ilhom Aliyev: Ozarbayjon har daqiqa urushga tayyor turishi kerak

Ilhom Aliyev: Ozarbayjon har daqiqa urushga tayyor turishi kerak

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatni har qanday vaqtda urushga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Anadolu xabar qildi.

Jahon

22.08.2025, 12:01

Olimpiada chempioni Iman Xalif gender mojarolari tufayli faoliyatini yakunladi

Olimpiya oʻyinlaridagi mojarolardan soʻng Xelif sportni tark etib, mashgʻulotlarni toʻxtatgan.

Sport

22.08.2025, 11:02

Oʻzbekistonda qurilish kompaniyalarining soliqdan qarzi bor 1 trln soʻmdan oshdi. Toʻliq roʻyxat

2025 yil 1 avgust holatiga soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori qurilish korxonalari soni 1163 tani tashkil etyapti. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Oʻzbekiston

22.08.2025, 10:08

Toshkentda noqonuniy boshlangan qurilish tuproq oʻpirilishiga olib keldi

Yakkasaroy tumanining Salar koʻchasida noqonuniy tarzda boshlangan koʻp qavatli uy qurilishi bir necha metr masofadagi boshqa bir koʻp qavatli uyning hovlisiga zarar yetkazdi.

Oʻzbekiston

21.08.2025, 20:24

Qonunchilikka zid tarzda oʻtkazilgan 8,6 milliard soʻmlik davlat xaridi aniqlandi

“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunning 10-moddasida davlat xaridida raqobat va xolislik prinsipiga amal qilish zarurligi aks etgan.

Iqtisodiyot

21.08.2025, 19:25