Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Toshkent shahrida qurilish obʼektlarini loyihalash bilan shugʻullanuvchi MChJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi 1990 yilda tugʻilgan fuqaro oʻzaro til biriktirib, aldov yoʻli bilan tadbirkorning ishonchiga kirishadi.

Ulashish:

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Ular oʻzlariga tegishli boʻlmagan M.Ulugʻbek tumanidagi 50 sotix yer maydonini tadbirkorga 4 mln AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan avans sifatida 100 ming AQSh dollari, shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ushbu obʼektni noturar toifadan turar toifaga oʻtkazib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy qurishi uchun ruxsatnoma olish, arxitektura va loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa tegishli ishlarni bajarib berish evaziga 200 ming AQSh dollari soʻrab, oldindan 100 ming AQSh dollari talab qilishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ikki “uddaburon” 200 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

 

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston

22.08.2025, 15:32

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Gʻazoga zarbalarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvga qaramay Isroil hujumlarni davom ettirdi

Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga hujumlarni toʻxtatish haqidagi kelishuvga qaramasdan, havodan va artilleriya orqali hujumlarni davom ettirdi.

Jahon

09.10.2025, 17:08

Germaniyada Temu’ga nisbatan tergov boshlandi

Hozirgi vaqtda Xitoy kompaniyasining Germaniyada 19,3 million faol foydalanuvchisi mavjud.

Jahon

09.10.2025, 16:05

Oʻzbekiston grezidenti Tojikistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston pezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. Davlat rahbari 9-10 oktabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.

Siyosat

09.10.2025, 15:10

Samarqanddagi xorijiy korxona tabiatga 7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Samarqanddagi xorijiy korxona tabiatga 7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi 11,3 gektar maydondagi lyossimon jinslarni noqonuniy qazib olayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

Oʻzbekiston

09.10.2025, 15:09

Paralimpiya terma jamoalarini shakllantirish tartibi belgilandi

Hukumatning 2025 yil 8 oktabrdagi 630-son qarori bilan “Paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Sport

09.10.2025, 14:24

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukning Rossiyaga qarshi operatsiya rejasini maʼqulladi. Bu haqda u oʻzining Telegram sahifasida maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 14:00

DXX: Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan davlat tuzilmalaridagi korrupsiya holatlariga qarshi kurash doirasida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

09.10.2025, 13:21

Hukumat: Isroil 4 kunda Gʻazoda 118 falastinlikni oʻldirdi

Isroil armiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va xalqaro hamjamiyatning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlariga qaramasdan, 4–7 oktabr kunlari Gʻazo sektoriga 230 dan ortiq zarba berdi.

Jahon

09.10.2025, 12:05

Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishdi

Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishdi

Isroil va HAMAS tinchlik rejasining birinchi bosqichini imzoladi — unga koʻra, barcha garovdagilar ozod qilinadi va Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) kelishilgan chiziqqacha chekinadi. 

Jahon

09.10.2025, 11:30

Urganchda tibbiyot instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

2025 yil 3 oktabr sanasida “Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Ta'lim

09.10.2025, 11:03

Oltin narxi yana rekord koʻrsatkichni qayd etdi

Oʻzbekistonda oltin narxlari yana rekord darajaga yetdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 1 gramm oltin 1 608 600 soʻmdan baholanmoqda. Bu — bir kunda 24 ming soʻmdan ortiq oʻsishni anglatadi. 

Iqtisodiyot

09.10.2025, 10:03

Muddati oʻtgan tovarning savdosi avtomatik ravishda cheklanadi

“Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Oʻzbekiston

09.10.2025, 10:01