Toshkentda noqonuniy boshlangan qurilish tuproq oʻpirilishiga olib keldi
Yakkasaroy tumanining Salar koʻchasida noqonuniy tarzda boshlangan koʻp qavatli uy qurilishi bir necha metr masofadagi boshqa bir koʻp qavatli uyning hovlisiga zarar yetkazdi.
Oʻzbekiston
21.08.2025, 20:24
Ulashish:

Toshkentda noqonuniy boshlangan koʻp qavatli uy qurilishi sabab aholi uylaridan bir necha metr masofada tuproq oʻpirilishi roʻy berdi.
Voqea Yakkasaroy tumani Salar koʻchasida, Dilbuloq mahallasidagi koʻp qavatli uylar hududida sodir boʻlgan.
Qurilish inspeksiyasining maʼlum qilishicha, bu yerdagi qurilish ishlari “Lyuks Loyiha” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha uchun “Arxitektura va shaharsozlik kengashi” ishchi organi hamda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning ijobiy xulosalari olingan.
Qurilish obʼektining A bloki Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan. Shu kunga qadar inspeksiya tomonidan obʼektda 10 marta monitoring oʻtkazilib, 11 ta yozma koʻrsatma berilgan. Shuningdek, qurilish meʼyor va qoidalariga rioya qilinmagani sababli buyurtmachi ikki marotaba maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Biroq, loyihaning G4 bloki boʻyicha vaziyat boshqacha. Bu blok “Arxitektura va shaharsozlik kengashi”dan ijobiy xulosa olgan boʻlsa-da, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKdan xulosa olinmagan. Shu bois mazkur blok inspeksiyada roʻyxatdan oʻtmagan va qurilish ishlari noqonuniy boshlangani aniqlandi. Holat yuzasidan inspeksiya tomonidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumot berilgan.

Shuningdek, oʻrganish jarayonida buyurtmachi “O‘zkommaishiysavdo” MChJ tomonidan G4 blok uchun kotlovan qazish ishlari olib borilayotganda hududdagi elektr transformatorida nosozlik yuzaga kelgani aniqlangan. Shu sababli kotlovandagi sizot suvlarini chiqarish imkoni boʻlmagan, natijada suv darajasi koʻtarilib ketgan. Buning oqibatida qoʻshni “Grand Capital” MChJ tomonidan ilgari qurilgan yerosti avtomashina turar joyining qayta koʻmilgan joylarida tuproq siljishi yuz berib, sirpanishga sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston
21.08.2025, 20:24
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yangi uy-joy xarid qilgan xaridorga keshbek beriladi
Iqtisodiyot
23.12.2025, 18:07

Noqonuniy qurilishga aldanib qolmang!
Oʻzbekiston
21.12.2025, 13:09

Qurilish va uy egalarining huquqlari: qonun, amaliyot va himoya yoʻllari
Oʻzbekiston
19.12.2025, 15:04

Qurilish vaziri: 2018 yildan beri 38 ming xonalik koʻp qavatli uylar noqonuniy qurilgan
Oʻzbekiston
18.12.2025, 12:47

Qurilish inshootlari va uy egalarining huquqlari: muammolar, qonun va ijtimoiy taʼsir
Oʻzbekiston
18.12.2025, 08:09

Qurilish tashkilotlariga atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha qatʼiy ogohlantirish berildi
Oʻzbekiston
24.11.2025, 13:11
Mashhur yangiliklar

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

AQSh 19 davlat uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi
Jahon
04.12.2025, 09:23

«Bu narsa toʻxtashi kerak»: Saida Mirziyoyeva Qibraydagi issiqxonada ekologik tekshiruv oʻtkazdi
Oʻzbekiston
03.12.2025, 10:05

Burundi elchisi Oʻzbekistonda ish boshladi
Siyosat
29.11.2025, 10:15
So‘nggi yangiliklar

Voyaga yetmagan qiz bilan turmush qurganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston
27.12.2025, 08:35

Anora Sodiqovaga nisbatan haqorat ishi: bloger Mirsaid Haydarov 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻladi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 19:28

Toshkentda tunda bepul parking joriy etiladi: kimlar foydalana oladi?
Iqtisodiyot
26.12.2025, 14:38

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 10:13

Akmal Shukurov ishi: apellyatsiyada qaror chiqargan sudyalar lavozimidan chetlatildi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 09:31

Xodimlarga Yangi yil mukofoti berilishi shartmi?
Oʻzbekiston
25.12.2025, 13:57

Rossiyaning haftalik harbiy xarajatlari 62 ta hududning yillik byudjetidan oshdi
Jahon
25.12.2025, 12:06

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Madaniy
25.12.2025, 10:55

Italiya Apple’ga 98,6 million yevro jarima soldi
Jahon
25.12.2025, 08:01

Dunyoda eng arzon benzin qayerda?
Jahon
24.12.2025, 17:37

Yirtqichlar asrida kuchli boʻlishimiz kerak - Makron
Jahon
24.12.2025, 14:40

Antikorrupsiya agentligi 2025 yilda olingan sovgʻalar roʻyxatini oshkor qilmadi
Oʻzbekiston
24.12.2025, 12:05
Mashhur yangiliklar

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

AQSh 19 davlat uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi
Jahon
04.12.2025, 09:23

«Bu narsa toʻxtashi kerak»: Saida Mirziyoyeva Qibraydagi issiqxonada ekologik tekshiruv oʻtkazdi
Oʻzbekiston
03.12.2025, 10:05

Burundi elchisi Oʻzbekistonda ish boshladi
Siyosat
29.11.2025, 10:15
