Parij-2024: Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medal qoʻshildi

Parijda oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining ortda qolgan kun bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasining bir nechta aʼzolari oʻz ishtirokini yakunladi. Ular orasida faqat bir sportchi shohsupaga koʻtarilishga muvaffaq boʻldi.

Sport

05.09.2024, 11:37

Ulashish:

Dastlab para velosport boʻyicha erkaklar oʻrtasida C2 klassida shosse yoʻnalishida vaqt poygasi dasturida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Gʻolibbek Mirzayorov 2 daqiqa 21.66 soniya natija koʻrsatib, 7-oʻrinni band etdi. Ammo para sportchi qayd yetgan ushbu natija saralashdan oʻtish uchun yetarli boʻlmadi.

Para sportchi Dmitriy Xorlin erkaklar oʻrtasida S13 klassida 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oʻtkazilgan saralash bahslarida ishtirok etdi. Dmitriy Xorlin bu bosqichda 56.80 soniya natija qayd etdi va oʻz guruhida 5-oʻrinni egalladi. Para suzuvchi uchun bu natija keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻlmadi.

Ayollar oʻrtasida F41 klassida disk uloqtirish boʻyicha final bahslari yakuniga yetdi. Ushbu dasturda qatnashgan ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi Kubaro Hakimova hamda Madina Muxtorova 9 va 11 oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston terma jamoasining mahoratli para oʻq otuvchisi Server Ibragimov kumush medalni qoʻlga kiritdi. Para sportchi P4 klassida 50 metrdan toʻpponchadan oʻq otish dasturida 215.3 ball jamgʻarib, shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi. Bu uning faoliyatida Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medal boʻldi.Ushbu dasturda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasining boshqa bir aʼzosi Shahnoza Mamajonova 517 ochko bilan 21-oʻrinni egalladi va saralashdan oʻta olmadi.

Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F46 klassida yadro uloqtirish dasturida final bellashuvlari yakunlandi. Unda ishtirok etgan ikki nafar sportchi  Roziya Ergasheva hamda Shaxina Yigitaliyeva finalda 9 va 12 oʻrinlarni egallashdi.

Para velosport boʻyicha erkaklar oʻrtasida C5 klassida shosse yoʻnalishida vaqt poygasi dasturida ishtirok etgan delegatsiyaning navbatdagi vakili Azimbek Abdullayev 41 daqiqa 23.64 soniya natija koʻrsatib, 10-oʻrinni band etdi. Afsuski, sportchi ushbu natijasi orqali saralashdan oʻta olmadi.

Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida T11 klassida 100 metrga yugurish bahslarida qatnashgan Urganch Egamnazarov 11.68 soniya natija bilan oʻz guruhida 2-oʻrinni egalladi va yarim final bosqichiga yoʻllanma oldi.

Shu tariqa Paralimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilarning 4 sentabr kunidagi chiqishlari oʻz yakuniga yetdi. Kun bellashuvlarida ishtirok etgan 10 nafar para sportchining faqat bittasi medal bilan kifoyalandi. Server Ibragimovning kumush medali Oʻzbekiston terma jamoasining medallar sonini bittaga koʻpaytirdi xolos. Kecha medallar reytingida terma jamoa 10 oʻrinda turgan boʻlsa, yakunlangan bellashuvlardan soʻng ikki pogʻona pastlab, hozirda 12 oʻrinni egallab turibdi.

Sport

05.09.2024, 11:37

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilishni muhokama qilmoqda

2026 yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati atrofida siyosiy muhokamalar keskinlashdi. AQSh, Kanada va Meksika qoʻshma mezbonlik qiladigan mazkur turnir ayrim Yevropa mamlakatlarida boykot qilinishi mumkinligi haqida ochiq bahslar paydo boʻldi.

Jahon

21.01.2026, 11:22

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyoddagi Islom birdamlik oʻyinlariga 194 nafar sportchi bilan boradi

7–21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Sport

27.10.2025, 09:01

Jahon chempionatida faqat Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev ishtirok etadi. Qolganlar-chi?

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayevning JChdagi ishtiroki boʻyicha munosabat bildirdi.

Sport

06.10.2025, 17:23

Aytjan Xalmaxanovga Nurafshondan 3 xonali kvartira berildi

Yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga «Nurafshon City» hududidagi koʻp qavatli uylardan 3 xonali kvartira prezident sovgʻasi sifatida topshirildi.

Sport

01.10.2025, 19:40

Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov Jahon chempionatida bitta vaznda ishtirok etadi

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, Ruslan va Akbar JChda bir xil, 110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etadi.

Sport

30.09.2025, 18:09

Oʻzbek MMA olamida “mashina mojarosi”: qarz, kelishuv va jamoatchilik muhokamasi

Oʻzbekiston MMA jamoatchiligida soʻnggi kunlarda sportga aloqasi yoʻqdek koʻringan, ammo katta shov-shuvga aylangan voqea muhokama qilinmoqda. Gap Anvar Abdullayevning kreditga olingan avtomashinasi va uning toʻlovi atrofidagi bahs haqida ketmoqda.

Sport

29.09.2025, 18:01

So‘nggi yangiliklar

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11

Shimoliy Koreya AQSh bilan yarashishi mumkin, ammo Janubiy Koreyani “yoʻq qilish”ga tayyor

Kim Chen Inning aytishicha, agar Vashington uning yadroviy maqomini tan olsa, Shimoliy Koreya AQSh bilan iliq munosabatga oʻtishi mumkin. 

Jahon

26.02.2026, 13:38

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Wolt kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi

Kompaniyaning kurerlarga yoʻllagan murojaatida 2026 yil 4 mart, chorshanba kunidan boshlab Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlashi aytilgan.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 16:40

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi

Hind Al-Ovays BAAning Inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori va BMTda faol diplomat. U faylda Epshteynga 14 yoshli singlisini tanishtirish niyatini bildirgan.

Jahon

25.02.2026, 11:56

Oʻzbekiston fuqarosi AQSh sanksiyalariga tushdi

AQSh PAIPA qonuni doirasida sanksiyalar roʻyxatini yangiladi. Oʻzbekiston fuqarosi Azizjon Mamashov va BAAdagi Advanced SecuritySolution kiberhujum va tijorat sirlari oʻgʻirlashda ayblanmoqda.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 10:52

Telegram cheklanmoqda, Pavel Durov terrorizmda ayblanmoqda

Durov xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli Telegram Rossiyada bloklanishi mumkin. 

Jahon

25.02.2026, 09:48

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini boshlanganiga bugun, 24 fevralda toʻrt yil toʻldi.

Jahon

24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti

Fargʻona shahridagi bir nechta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda isitma, koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketish alomatlari kuzatildi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik fuqaro Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan edi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 09:40