Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.
Siyosat
03.11.2026, 10:17
Ulashish:

10-11–noyabr kunlari Moskvaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş böyiça muzokaralar ötkaziş uçun AQŞ, Ukraina va Rossiya delegatsiyalari Abu-Dabida uchrashishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda AQŞ maxsus vakili Stiv Uitkoff ma’lum qildi.
Uitkoffning aytişiça, uşbu muhokamalar “uruşdan keyingi xavfsizlik kelişuvlari, keskinlikni yumşatiş, gumanitar çoralar hamda uruşga barham beriş” masalalarini qamrab oladi.
Reuters agentligining yuqori martabali AQŞ mulozimiga tayanib bergan xabariga köra, muzokaralarda AQŞ nomidan Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner iştirok etişi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki hafta muqaddam Sankt-Peterburgda Uitkoff bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng uç tomonlama muzokaralarning yangi bosqiçini ötkazişga rozilik bergan.
Yevropa va NATO bilan uçraşuv
Uitkoff öz xabarida AQŞ muzokaraçilari şu hafta Bryusselda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan uçraşib, «Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari, Yevropaning uruşdan keyingi xavfsizlik arxitekturasi hamda Ukrainani qayta tiklaşni qöllab-quvvatlaşga doir iqtisodiy imkoniyatlar»ni muhokama qilişini ham ta’kidladi.
«Biz kelajak avlodlar uçun mustahkam xavfsizlikni ta’minlaydigan keng qamrovli va barqaror tinçlik bitimiga erişiş yölida Kiyev, Oslo hamda Sankt-Peterburgda qölga kiritilgan yutuqlarni yanada rivojlantirişni intiqlik bilan kutmoqdamiz», – dedi Stiv Uitkoff.
Ukraina va Rossiyaning har qanday ehtimoliy tinçlik kelişuvi şartlari böyiça qaraşlari hamon bir-biridan ança uzoq. AQŞ vositaçiligidagi sönggi uç tomonlama tinçlik muzokaralari AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlaşidan avval, fevral oyida bölib ötgandi.
Siyosat
03.11.2026, 10:17
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Rossiya Kiyevdagi xavfsizlik xizmati rahbarining idorasini nishonga oldi
Jahon
05.09.2026, 11:00

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya ballistik raketalari hujumi oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi o‘ldi
Jahon
20.08.2026, 09:51

Rossiya ukrainalik bolalarni frontga tayyorlamoqda
Jahon
03.08.2026, 12:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
