QALB INQILOBI
Mustaqillik haqida oʻylaganda, yodimga zanjirga oʻrgangan fil haqidagi rivoyat tushadi. Eshitgandirsiz? Yuz yil zanjirga bandi qilingan fil qoziq atrofida aylanib yurar ekan. Oxiri zanjir zanglab, chirib, uzilib ketibdi hamki, fil shu qoziq atrofida aylanib yuraverar emish. U zanjir bir kuni uzilishini tasavvur ham etolmas ekan. Yashirib nima qildik – bizning qoʻlimiz yechilgani yoʻq, tilimiz yechildi, xolos. Qoʻlimiz yechilganda ham dilimiz zanjirda qolaveradi hali.
Madaniy
12.12.2025, 09:34
Ulashish:

Men mustaqilligimizning kelajagi ana shu narsaga – xalqimiz dilidagi zanjirlarning uzilishiga bogʻliq, deb bilaman va bu jarayon uzoq kechsa kerak. Hozircha qoʻshigʻimiz oʻzgarmoqda. Qarang, kecha Lenin haqida xaltura yozganlar bugun AmirTemur haqida oʻsha darajada yozmoqda, kecha qizil askarni maqtaganlar bugun bosmachini koʻkka koʻtarmoqda. Xudo haqqi, gap shundaki, yuksak badiiy asar yozish qoʻlidan kelmaydigan kishi istalgan gʻoyani oʻziga xizmat qildiraveradi. Bugun xalqimizni maqtab, dinimizni maqtab mansab shohsupasida turib olishni istayotganlarning goʻyoki el uchun “kuyunayotgani” dilida emas, tilida ekanligini tushunib olishimiz kerak.
Mustaqillik haqida oʻylaganda, men yoʻl boshida turganimizni aytmoqchi boʻlaman. Yakkahokimlik oʻzini sharmanda qilganini koʻrdik. Ammo yana uni qoʻmsayotganlardan ehtiyot boʻlaylik. Biz qafasdan ozod boʻlayotgan qushlarmiz. Ozodlik shuning evazigaki, endi oʻz donimizni oʻzimiz topib yeymiz, oʻzimizni oʻzimiz himoya qilamiz. Lekin koʻplar yana qafas himoyasini qoʻmsamoqdalar, oz boʻlsa-da, minnat bilan boʻlsa-da, sobiq markaz tashlab turgan “donni” sogʻinmoqdalar. Elning bunday kayfiyatidan foydalanib yana soʻsializmni tiklamoqchi boʻladigan, qiyofasini oʻzgartirgan koʻhna kommunistlar bor. Kunimiz shularga qolmasin.
Odam boy boʻlsa, mamlakat boy boʻladi. Xususiy mulkdan qoʻrqmaylik. Ozroq boyiganni “OBXSS”ga ushlatadigan xalqning ertasi yoʻq. Bir farangining gapi yodga tushadi: “Bizda qoʻshnisining ikki qavat uy qurganini koʻrgan kishi qasdma-qasd uch qavat uy soladi, sizda qoʻshnisining ikki qavat uy qurganini koʻrganlar ustidan yozib, qamatib yuboradilar. Siz magʻlublarni yaxshi koʻrasiz, biz esa gʻoliblarni!” Ana shunday.
Toʻgʻri, hali mulk davlat qoʻlida boʻlgani uchun unga bir yondan kanaday yopishgan amaldorlar, ikkinchi yonidan “emib” yotgan maxfiya kazzoblari gʻazabimizni keltirmoqda. Harom topilgan pul gʻashimizni keltiradi. Biroq shu kunda halol pul topishning iloji bormi?! Yer dehqonga berilgani yoʻq, sanoat monopolistlar qoʻlida, kalxoʻzchi kalxoʻzchidan ajralib chiqolmaydi.
Kelajagimiz eng avvalo xususiylashtirishga bogʻliq. Bundan qoʻrqayotgan baʼzi kishilar zanjirini yoʻqotishdan qoʻrqayotganga oʻxshaydi.
Oʻzimcha oʻylayman: “Bozor iqtisodiga oʻtish haqida eng yuksak minbarlardan gapiriladi. Nega pastda hech ish qilinmaydi?!” Gap shundaki, bizda bozor iqtisodi boʻlmay turib xalq undan bezib qoldi. Uning ana shu bezishini kutib yotganlar esa gʻimirlab qolishdi. Odamlar, bu hali bozor iqtisodi emas, siz haqiqiy bozor iqtisodini talab qiling, sizni narx bilan qoʻrqitishmoqda.
Bir doʻstim “Uygʻon, uygʻonganing koʻrib oʻlayin!” degan sheʼriy satrlarimni oʻqib shunday dedi: “Ogʻayni, uygʻotib nima qilasiz, hozir odamlarga balki shu uyqu yoqar, uygʻonishni istamas!” Bilmadim. Odamlar, uygʻonishni istamaysizmi?! Doʻstim davom etdi: “Koʻryapsiz-ku, poraxoʻrlik avjiga chiqdi odamlar chidayapti, narx-navo oshdi – odamlar chidayapti. Qoʻying ularni uygʻotmang!” Shunga hamoahang gapni bir oshnamizdan ham eshitdim: “Uka, bu xalq uygʻonsa, bir-birining goʻshtini yeydi. Demokratiyani oʻrnatish uchun 200 yil kerak!” “Ogʻaynijon, men aniq bilaman – 200 yil yashamayman. Lekin demokratiyani koʻrib oʻlsam deyman. Xalqning koʻzi ochilsa, bir-birining goʻshtini yeydi, deb oʻylash – xalqni qopogʻon itga oʻxshatishdir. Xalqimizni izchillik bilan maʼrifatga oshno qilish kerak”.
Mustaqillikni oʻylaganda, shu gaplar xayolimga keldi. Xalqimiz munosib hayotga loyiq, mehnatkashdir. Ertasi oydin boʻlsin.
Karim BAHRIYeV
Oʻzbekiston xalq noibi.
"Mushtum" jurnalining 1992 yil 17-18 sonidan olindi.
Madaniy
12.12.2025, 09:34
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

«Uyda yolgʻiz» filmi yulduzlari 35 yildan soʻng yana birga
Madaniy
22.12.2025, 13:15

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Madaniy
25.12.2025, 10:55

2025 yilning eng yaxshi fotosuratlari eʼlon qilindi
Madaniy
15.12.2025, 10:06

Davlatlar oʻrtasida diplomatik nota: qoidalar, talablar va amaliy keyslar
Siyosat
19.12.2025, 18:16
So‘nggi yangiliklar

X platformasida sunʼiy intellekt bilan bogʻliq mojaro
Jahon
10.01.2026, 09:24

Fransiyada NATOdan chiqish masalasi koʻrib chiqilmoqda
Jahon
10.01.2026, 08:56

Eronda norozilik namoyishlarida 45 kishi halok boʻldi, internet butunlay uzildi
Jahon
09.01.2026, 15:37

Jordan Bardella: Yevropani xavotirga solayotgan yangi qiyofa
Jahon
09.01.2026, 11:26

AQSh xarbiylari ikki rus tankerini qoʻlga oldi
Jahon
09.01.2026, 09:33

Ekologik stikerni onlayn tartibda rasmiylashtirish mumkin
Oʻzbekiston
09.01.2026, 08:24

AQSh oʻnlab BMT va xalqaro tashkilotlardan chiqmoqchi
Jahon
08.01.2026, 15:33

1 fevraldan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi
Oʻzbekiston
08.01.2026, 15:02

Zelenskiy AQShni Qodirovga nisbatan “Maduro ssenariysi”ni qoʻllashga chaqirdi
Jahon
08.01.2026, 13:00

Gap oddiylikda: dunyoni kaftida oʻynata oladigan 7 nafar inson
Madaniy
08.01.2026, 11:18

Qashqadaryoda fermerning yeri oʻzidan bexabar auksionga chiqarildi
Oʻzbekiston
08.01.2026, 10:37

Toshkent — Andijon oʻrtasida pulli yoʻl: vaqt 2 soatgacha qisqaradi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

«Uyda yolgʻiz» filmi yulduzlari 35 yildan soʻng yana birga
Madaniy
22.12.2025, 13:15

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Madaniy
25.12.2025, 10:55

2025 yilning eng yaxshi fotosuratlari eʼlon qilindi
Madaniy
15.12.2025, 10:06

Davlatlar oʻrtasida diplomatik nota: qoidalar, talablar va amaliy keyslar
Siyosat
19.12.2025, 18:16
