Samarqand shahrining yoshi 3000 yil deb qayta baholanadi

Bu haqida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining kecha oʻtkazilgan navbatdagi sessiyasida qaror qabul qilindi.

Joriy yil boshida viloyat hokimi tashabbusi bilan Samarqandning tarixi, madaniyati, meʼmoriy va arxeologik yodgorliklarini oʻrganish maqsadida hokimlik huzurida jamoatchilik kengashi tashkil qilingan edi. Taniqli tarixchi va arxeolog olimlar, ziyolilardan iborat kengash aʼzolari bir necha yoʻnalishlarda tadqiqot ishlarini olib borishga kirishdi.

Ulashish:

Samarqand shahrining yoshi 3000 yil deb qayta baholanadi

Samarqand shahrining yoshiga aniqlik kiritishga masʼul guruh Afrosiyob va Koʻktepa yodgorliklarida, hozirgi Koʻksaroy maydoni oʻrnida boʻlgan Amir Temur arkida fanlararo tadqiqot usullarini qoʻllash orqali kompleks qazuv ishlarini amalga oshirdi.

 

– Samarqandning qadimiy oʻrni va yoshini oʻrganish 150 yildan ortiq vaqtdan buyon davom etib, shahar dastlab bundan 1500 yil oldin, keyinchalik 2000 ming yil, 1970 yilda 2500 yil oldin shakllanganligi borasida xulosalarga kelingan edi – dedi sessiyada soʻzga chiqqan Camarqand Arxeologiya instituti direktori Moʻminxon Saidov. – 2000 yillarda esa Oʻzbekiston – Fransiya qoʻshma ekspeditsiyasi yangi maʼlumotlarni aniqladi va Samarqand yoshi 2750 yil deb tasdiqladi. Lekin bu ham yakuniy xulosa emas va shuning uchun shaharning xronologiyasi boʻyicha tadqiqotlar keyingi yillarda ham davom etib kelmoqda. Xususan, joriy yildagi qazishma maʼlumotlari Samarqand shahridan 25 kilometr uzoqlikdagi Koʻktepa yodgorligida 1993-2006 yillarda olib borilgan qazishma ishlarining tahlili asosida mutaxassislar tomonidan yangi qarashlar shakllanishiga turtki berdi. 

 

Oʻzbekiston – Fransiya qoʻshma ekspeditsiyasi aʼzolari M. Isomiddinov, Klod Rapen hamda M. Hasanov tomonidan shu vaqtga qadar Koʻktepa va Afrosiyobda topilgan materiallarni qayta tahlil qilish orqali Samarqand shahrining shakllanish davri 3000 yilga teng ekanligi borasida fikr ilgari surilmoqda.

 

Qayd qilinishicha, miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida, yaʼni bundan 3000 ming yil oldin bu yerda shahar hokimi qarorgohi va ibodatxonani oʻz ichiga olgan yirik shahar shakllangan.

 

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Samarqand arxeologiya instituti va xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari boʻyicha Samarqand shahrining ilk urbanizatsiyasi miloddan avvalgi II minginchi yillik oxiri va I minginchi yillik boshlariga taalluqli ekanligi haqidagi taqdimot materiallarini maʼlumot uchun qabul qilish, Afrosiyob va Koʻktepa hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan osori-atiqalar, ilmiy maʼlumotlar va hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Madaniy

28.07.2025, 13:14

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Buxoro shahrida 1,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilganligi aniqlandi

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 20:35

Mehnat inspektorlariga oldindan ogohlantirmay tekshiruv oʻtkazishga ruxsat berildi

Sentabrdan boshlab, mehnat tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi oʻzgaradi. Inspektorlar oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv oʻtkazadi. Norasmiy bandlikni taʼminlagani uchun jarima joriy qilinadi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 19:36

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi

Bugun, 19 avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida diniy ulamo Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) sudi boʻlib oʻtdi. Sud ishi ayrim guvohlarning sudga kelmaganligi uchun 8 sentabrga qoldirildi. Bu haqda PARADIGMA.UZ jurnalisti xabar qildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 18:40

Veolia issiqliq tariflari nega oshayotganini tushuntirib berdi

Hukumat strategiyasida 2030 yilgacha subsidiyalardan toʻliq voz kechish koʻzda tutilgan.

Iqtisodiyot

19.08.2025, 18:37

Oʻzbekistonliklarning katta qismi oʻrtacha kredit tarixiga ega — K

Oʻzbekistonliklarning katta qismi oʻrtacha kredit tarixiga ega — KAT

Shu yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston boʻylab 950 mingdan ortiq fuqaro oʻz kredit tarixini tekshirgan. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) xabar qildi.

Iqtisodiyot

19.08.2025, 17:37

Prezident Erdoʻgʻan turk platformasi – NSosyal’da ilk postini eʼlon qildi

Birinchi postida davlat rahbari shoir Erdem Boyazidning sheʼridan bir misra keltirdi.

Jahon

19.08.2025, 17:25

Oʻqituvchilar yana vazirlikni sudga berishdi

Oʻqituvchilar yana vazirlikni sudga berishdi

9 nafar oʻqituvchi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligini sudga berdi. PARADIGMA.UZ  Sudga kiritilgan hujjat bilan tanishdi.

Ta'lim

19.08.2025, 16:57

Toshkentda 15 ta avtobus yoʻnalishiga vaqtincha oʻzgartirish kiritildi

Kommunal xoʻjalik quvurlarini taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan avtobus yoʻnalishlari harakatiga oʻzgartirish kiritildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 16:28

Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga qoʻy olib kelinishi boshlandi

Yetkazib berish shartnomasi shu yilning iyun oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiin Xurelsuxning uchrashuvi davomida imzolangan edi. 

Iqtisodiyot

19.08.2025, 15:32

Samarqandda koreyalik shifokorlar ishtirokida tibbiy aksiya oʻtkazildi

Samarqandda Janubiy Koreyaning “Seonam” tibbiy koʻngillilar guruhi ishtirokida keng koʻlamli tibbiy aksiya oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 14:28

Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik bilan tanishuvi chogʻida Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasini ham koʻzdan kechirdi.

Siyosat

19.08.2025, 13:24

Davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi

Bojxona qoʻmitasining tezkor tuzilmalari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbir natijasida davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 12:28