Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada
Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.
Siyosat
15.08.2026, 12:13
Ulashish:

Reuters tahliliga ko‘ra, Eron va AQSh o‘rtasida tinchlik muzokaralari yo‘lidagi siljish va Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tankerlari qatnovi to‘xtab qolgan. Urishayotgan tomonlar 28-fevral kuni boshlangan mojaroga chek qo‘yishga intilayotganining biror alomati ko‘rinmayapti.
“Bo‘g‘ozning ochilishi ham, yopilishi ham faqatgina Eronning buyrug‘iga bog‘liq. Sizlar mag‘lubiyatni tan olib, xomxayollarga berilishni bas qilmaguningizcha, Eron blokadani davom ettiradi”, — deb yozdi Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy 15-avgust kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
AQSHda benzin narxi 29 foizga oshdi
Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining aytishicha, Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaror qilmagan. U “Shahrara News” nashriga bergan intervyusida, urushdan avval jahon neftining beshdan bir qismi tashilgan Hormuzda kemalar qatnovini qayta tiklash uchun Vashington bo‘g‘oz bo‘yicha shartlarni bajarishi kerakligini ta’kidladi.
AQSH prezidenti amerikaliklarni Eron bilan ziddiyat davom etar ekan, benzin narxining biroz oshishiga tayyor bo‘lishga chaqirdi.
14-avgust kuni Nyu-Yorkning Garden-Siti shahrida o‘tkazilgan siyosiy mitingda Tramp “benzinga ozgina ko‘proq pul to‘lash” “o‘ta yovuz mamlakat”ning yadroviy qurolga ega chiqmasligi uchun arzigulik xarajat ekanligini ta’kidladi.
Inflyatsiyaga sabab bo‘layotgan mazkur tendensiya oqibatida 14-avgust kuni AQShda bir gallon benzinning o‘rtacha narxi qariyb 4,08 dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi mos davrga nisbatan 29 foizga yuqoridir.
Respublikachi Tramp qayta saylanish uchun energiya narxlarini pasaytirish va’dasi bilan targ‘ibot olib bormoqda, demokratlar esa urush oqibatlarini noyabr oyidagi Kongress saylovlarida munozara markaziga aylantirishga urinmoqda.
Eron ham urush ta’sirini his qilmoqda
Eronning keskin bayonotlariga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘rmoqda.
Prezident Mas’ud Pezeshkiyon davlat televideniyesidagi chiqishida yuqori inflyatsiyaga AQShning Eron portlarini qamal qilgani va mamlakat neft eksportiga qo‘ygan sanksiyalari sabab bo‘lganini aytdi.
Hormuz orqali neft tashish taqiqlangan
Tramp va G‘aznachilik kotibi Skott Bessent Eronga yanada ko‘proq moliyaviy zarar yetkazishga va’da berdi. Bessent 13-avgust kuni Newsmax telekanalining “Rob Schmitt Tonight” dasturida kelasi hafta Eronga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Tehron bo‘g‘ozdagi harakatni nazorat qilishini “blokada” deb ataydi. Vashington esa ayni atamani Eron kemalarining o‘z portlarini tark etishiga qarshi tahdidi uchun qo‘llaydi.
“Biz qilayotgan ish nafaqat o‘zimiz, balki butun dunyo uchun katta xizmatdir... va biz chindan ham ajoyib ish qilyapmiz”, dedi Tramp.
"Kpler" tahliliy kompaniyasiga ko‘ra, 14-avgust kuni Hormuz bo‘g‘ozi orqali atigi ikkita kema o‘tgan. Ularning hech birida xom neft bo‘lmagan. Ayrim kemalar transponderlarini o‘chirib, bo‘g‘ozda kuzatuvsiz harakatlangan bo‘lishi mumkin.
Urushdan oldin bo‘g‘oz orqali kuniga 130 dan ortiq kema o‘tardi.
Eronning ruxsatisiz bo‘g‘oz orqali harakatlanishga jur’at etgan kemalar raketa yoki dron hujumlariga duch kelishi mumkin.
Urushni tugatish bo‘yicha iyun oyida erishilgan dastlabki kelishuv esa barbod bo‘lish arafasida.
“Avvalo, hozir bizda uzaytiradigan sulhning o‘zi yo‘q. Bizda “urushning tugashi” bor edi, endi esa vaziyat o‘zgardi” – dedi Aroqchi.
Mojaroga xusiylar ham qo‘shildi
Eron tomonidan dastaklanadigan xusiylarning Yamandagi hujumlari mintaqadagi urushni yanada kengaytirishi mumkin.
Yamanning xalqaro tan olingan hukumati ma’lum qilishicha, xusiylar 14-avgust kuni Qizil dengizdagi Moha portiga 6 ta ballistik raketa uchirgan. Oqibatida 4 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.
Xusiylar nazoratidagi SABA axborot agentligi esa guruh Saudiya Arabistonining Najran shahridagi Aramco obyektini dron yordamida nishonga olganini xabar qildi.
Siyosat
15.08.2026, 12:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas
Siyosat
18.08.2026, 11:50

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Siyosat
13.08.2026, 13:37

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi
Siyosat
20.08.2026, 16:33

Hormuzni endi kim boshqaradi?
Jahon
02.07.2026, 11:30

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda
Siyosat
26.08.2026, 10:36

AQSH Eron portlariga blokada joriy etdi
Siyosat
15.07.2026, 15:11
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41
So'nggi yangiliklar

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?
Jahon
23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi
Jahon
22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41
