Xalqaro Amnitsiya O‘zbekistondagi inson huquqlari yomonligini yozmoqda
Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Amnesty International O‘zbekiston bo‘yicha navbatdagi yillik hisobotini e’lon qildi. Unda so‘z va matbuot erkinligidan tortib, siyosiy repressiyalar, qiynoqlar, majburiy davolanishlar va fuqarolik jamiyati faollariga bosimgacha bo‘lgan keng qamrovli muammolar yoritilgan. Hisobotda hukumatning islohotlar va’dalariga qaramay, mamlakatda inson huquqlari holati sezilarli darajada yomonlashgani qayd etiladi.
Oʻzbekiston
02.05.2025, 12:19
Ulashish:

Халқаро Амнитсия Ўзбекистондаги инсон ҳуқуқлари ёмонлигини ёзмоқда
Amnesty International’ning hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida fikr bildirish erkinligi va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga nisbatan sezilarli cheklovlar saqlanib qolgan. Tashkilot mustaqil jurnalistlar, blogerlar va fuqarolik faollari korrupsiya holatlarini yoritgani, shuningdek, uy-joy, mehnat va boshqa inson huquqlari buzilishi haqidagi ma’lumotlarni tarqatgani uchun tazyiqqa uchraganini qayd etadi. Hisobotda bu ayblovlar huquq faollarining fikricha, siyosiy motivlarga asoslanganligi alohida ta’kidlangan.
Xususan, aprel oyida inson huquqlari himoyachilari Umida Niyazova va Sharifa Madrahimova "Indorma Agro" korxonasida mehnat sharoitlarini monitoring qilish hamda fermer va ishchilardan mehnat mojarolari haqida guvohliklar yig‘ish chog‘ida rejimga yaqin bloger va noma’lum erkak tomonidan hujumga uchragan.
Amnesty International’ga ko‘ra, bu voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat ishi ochishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng bloger Umida Niyazovani ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazishda ayblagan.
Hisobotda keltirilishicha, fevral oyida O‘zbekiston Oliy sudi siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi mustaqilligi tarafdori bo‘lgan "Alga Karakalpakstan" harakatini “ekstremistik” deb topib, uning faoliyatini taqiqlagan.
30-may kuni sud Paraxat Musabbarovni ushbu tashkilotda ishtirok etganlikda ayblab, 6-yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Amnesty Internatinal’ning ta’kidlashicha, ayblovlar faqat tergov izolyatorida bosim ostida berilgan va keyinchalik sudda inkor etilgan ko‘rsatmalarga asoslangan. Dastlabki dalillar orasida Musabbarovning Qozog‘istonda bo‘lgan davrida joylashtirilgan ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar ham bo‘lgan.
Hisobotda, shuningdek, qamoq joylarida qiynoq va boshqa shafqatsiz muomalalar keng tarqalganicha qolayotgani qayd etilgan. Amnesty Internatinal’ga ko‘ra, hukumat Bosh prokuraturaning qamoqxona sharoitlarini mustaqil monitoring qilish mexanizmlarini joriy etish haqidagi takliflarini amalga oshirmagan va bu borada xalqaro tashkilotlarga berilgan va’dalarni bajarmagan.
2022-yilda Qoraqalpog‘istonning maqomi bilan bog‘liq Konstitutsiyaga kiritilgan bahsli o‘zgartishlar ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Rasmiylar bunga javoban ommaviy hibsga olishlar, qiynoq va siyosiy asosdagi sud jarliklarini amalga oshirdi. Namoyishlarda ishtirok etganlar ko‘pincha adolatsiz sudlardan keyin ozodlikdan mahrum etilgan.
2022-yilda tashkil etilgan parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi noroziliklarni zo‘ravonlik bilan bostirish, shu jumladan o‘nlab qo‘lga olinganlarga nisbatan qiynoq holatlarini o‘rganishi kerak edi. Hisobotda ta’kidlanishicha, komissiya o‘z hisobotini dekabr oyida parlamentga topshirgan bo‘lsa-da, yil oxirigacha bu hujjat ommaga e’lon qilinmagan va xalqaro mustaqil tergov o‘tkazish bo‘yicha chaqiriqlarga javob berilmagan.
Avgust oyida huquq faollari 2022 yilgi noroziliklarda qatnashganlikda ayblanib 16-yilga qamalgan qoraqalpog‘istonlik advokat va jurnalist Dauletmurat Tajimuratovning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabar berdi. Onasining aytishicha, u ohak zavodida himoya vositalarisiz ishlamoqda, vazn yo‘qotgan, teri kasalliklari va nafas olishda qiynalayotgan. Amnesty International’ning fikricha, unga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmagan va advokat hamda yaqinlariga uchrashishga ruxsat berilmagan.
Avgust oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi qonuniy me’yorlar bilan amaliyot o‘rtasidagi jiddiy tafovutlarga e’tibor qaratdi. U sud hokimiyati mustaqilligi yetishmasligini va uy buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ishlar quruvchilar foydasiga hal qilinayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u majburiy ko‘chirishlarni yoritayotgan huquq faollari, blogerlar, advokatlar va jurnalistlarga nisbatan bosim va ta’qiblar borligidan xavotir bildirdi.
Amnesty International ma’lumotiga ko‘ra, 5-yanvar kuni sud faolla Shahida Salomovani ochiq psixiatriya muassasasidan yopiq muassasaga ko‘chirishga qaror chiqargan. Unga qarindoshlari va advokati bilan uchrashish taqiqlangan, majburiy davolanish belgilangan. Salomova 2022-yilda prezident va uning oilasiga nisbatan tanqidiy fikr bildirganidan so‘ng majburiy ruhiy shifoxonaga yotqizilgan. BMTning maxsus ma’ruzachisiga uni ziyorat qilishga ruxsat berilmagan va u xalqaro mustaqil tibbiy ekspertiza o‘tkazishga chaqirgan.
Hukumat tanqidchilarga, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda bosimni kuchaytirishda davom etdi.Jurnalistlar, blogerlar va faollar tuhmat yoki haqoratda, jumladan, prezidentga nisbatan haqoratda ayblanib jazolandi. 2025-yilda mustaqil ovozlarni nishonga olgan ko‘plab holatlar, xususan, blogerlarning soxta ayblovlar asosida qamalishi qayd etilgan.
Mehnat huquqlari sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmadi. Ishchilarning ekspluatatsiyasi va, xususan, "Indorma Agro" korxonasida yerlarning noqonuniy tortib olinishi yuzasidan berilgan shikoyatlar yetarli darajada ko‘rib chiqilmadi, mustaqil kasaba uyushmalari faoliyatiga esa hanuz to‘siqlar qo‘yilmoqda.
Oʻzbekiston
02.05.2025, 12:19
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

Tajovuzkor ritorika davom etmoqda: navbat Valuyevga
Jahon
23.01.2026, 10:32

AQSh oʻnlab BMT va xalqaro tashkilotlardan chiqmoqchi
Jahon
08.01.2026, 15:33

Samarqandda inspektor tahdidlaridan qoʻrqqan oʻsmir oʻzini yoqib yubordi
Oʻzbekiston
12.12.2025, 08:01

BMT tugatilishi kerakmi?
Siyosat
15.10.2025, 12:24

BMTning boʻsh zalida Netanyahu Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish kerkligini aytdi
Jahon
28.09.2025, 14:29
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
