"Tolibon" ayollarga yangi taqiqni oʻrnatdi. Nimalar maʼlum?

"Tolibon" hukumati ayollarga tegishli yangi qonunni ishlab chiqdi. Endi Afgʻonistondagi ayollar doʻkonlarga borib, u yerdagi savdogarlar bilan savdolasha olmaydi. Bu haqda "Hasht e Subh Daily" nashri maʼlum qildi.

Jahon

13.09.2024, 10:49

Ulashish:

"Tolibon" ayollarga yangi taqiqni oʻrnatdi. Nimalar maʼlum?

"Tolibon" ayollarga yangi taqiqni oʻrnatdi. Nimalar maʼlum?

Qayd etilishicha, "Tolibon" hukumati "Fazilatni tarqatish va gunohlarni oldini olish" nomli qonun loyihasini ishlab chiqqan. Ushbu qonun kirish, 4 ta bob va 35 ta moddadan iborat boʻlib, hukumat yetakchisi Xaybatulla Oxundzoda tomonidan tasdiqlangan. Qonunga barcha jamoat joylarida amal qilish hamda butun Afgʻonistonda yashovchi fuqarolar boʻysunishi talab qilingan. 

Hukumatga koʻra, bozorga chiqib doʻkondan narsa xarid qiluvchi ayol erkaklarni ovozi bilan oʻziga jalb qilib, savdolashayotgan paytida ularning hirsini uygʻotadi. Shu sababli "Tolibon" hukumati ayollar bozorda gaplashmasligi yoki narxni muzokara qilmasligi kerakligini bildirgan. 

Ayrim manbalarga koʻra, yuqorida keltirilgan qonunga boʻysunmaganlar jazolanilmoqda. Hatto savdo rastalarida ayollarga kuch ishlatilayotgani haqida maʼlumotlar tarqalgan. Bundan tashqari, hukumat vakillari Gʻazna viloyatiga safari vaqtida jurnalistlarning voqeani suratga olishlariga ruxsat bermagan. 

Afgʻoniston fuqarolari "Fazilatni tarqatish va gunohlarni oldini olish" qonunining joriy etilishi boʻyicha jiddiy tashvishda ekanligini bildirmoqda. Ularga koʻra, bu qonun repressiya, qasos olish, zulm va keng koʻlamdagi suiisteʼmol muhitini yaratadi. Bundan tashqari, hukumat ushbu qonunni ishlab chiqib, tanqidchilarini kamsitish, haqorat qilish va hibsga olish uchun bahona sifatida ishlatmoqda, deya fikr bildirgan fuqarolar. 

Bagʻlan viloyatidan olingan maʼlumotlarga koʻra, viloyat markazidagi masjidda hukumat politsiyasi ayollar va qizlarning bozorda boʻlishini taqiqlab, uydan chiqmaslikka chaqirgan. 

"Ayollar erkak qarindoshlari bilan bozorda boʻlishlariga ruxsat berilgan, ammo ular narxni muzokara qila olmaydi. Ayollar butun tanalarini, yuzlarini yopib, doʻkondor bilan gaplashmasdan pulni berib, mahsulotni olishlari kerak", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, "Fazilatni tarqatish va gunohlarni oldini olish" qonunining eʼlon qilinishi bilan "Tolibon" fuqarolarga, ayniqsa, ayollarga qarshi yanada qatʼiy cheklovlar qoʻymoqda. Qonunga qarshi boʻlgan koʻplab erkaklar hamda ayollar shanba namozlari va masjid vaʼzlarida imomlar tomonidan haqorat qilayotgani, ularning ijtimoiy holatini kamsitayotganini bildirgan. 

Hukumat esa ushbu qonuni ishlab chiqishidan maqsad ayollarning jamiyatda ijtimoiy korrupsiyani shakllantirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun deb izohlamoqda.

Jahon

13.09.2024, 10:49

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?

Afgʻoniston —  dunyoda eng ogʻir tarixiy iztiroblarni boshdan kechirib, shunga qaramay kelajakka intilayotgan davlat. 40 yillik urushlar, sanksiyalar va yakkalashuvdan keyin mamlakat hozir Markaziy Osiyodagi eng katta suv kanali — Qoʻshtepa, yangi megapolis — Kabul New City va bir necha yirik gidroenergetika loyihalarini amalga oshirmoqda.

Jahon

06.11.2025, 12:11

Иран и Афганистан: новая волна депортации

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda

2025 yil iyun oyida Eron hududidan Afgʻonistonga 256 mingdan ortiq kishi qaytgan. Shu bilan birga, iyul oyida bu raqam yanada oshishi kutilmoqda. Keng koʻlamli deportatsiyalar Afgʻoniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Siyosat

11.07.2025, 12:20

Oʻzbekiston "Tolibon" hukumati bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirmoqda — Firdavs Azimqulov

Oʻzbekiston "Tolibon" hukumati bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirmoqda — Firdavs Azimqulov

Mulla Abdul Gʻani Barodarning rasmiy tashrifi Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarni yangi darajaga koʻtardi. Tolibonning yaqinda "qoʻshni Oʻzbekiston davlati AQSh ishlab chiqargan harbiy vertolyotlarni Qoʻshma Shtatlarga qaytarishi" toʻgʻrisidagi diplomatik bayonotiga qaramay, ikki hukumat oʻrtasidagi munosabatlar aslida yuqori darajada rivojlanishda davom etmoqda va bu ishtirokchi tomonlar oʻrtasidagi muhim taraqqiyot va hamkorlikni koʻrsatadi.

Siyosat

04.03.2025, 12:38

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 200 mln dollarlik investitsiya kiritmoqchi

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 200 mln dollarlik investitsiya kiritmoqchi

Oʻzbekiston Afgʻonistonning Balx, Samangan va Qunduz viloyatlariga 200 million AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda "Tolonews" nashri xabar qildi. 

Jahon

03.03.2025, 16:05

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Rossiya “Telegram”ni ham bloklashi mumkin

Rossiyada “Telegram” foydalanuvchilari texnik uzilishlar haqida ommaviy ravishda shikoyat qila boshladi. Manbalarga koʻra, “Roskomnadzor” messenjer faoliyatini cheklash boʻyicha yangi choralarni ishga tushirgan.

Jahon

11.02.2026, 13:58

So‘nggi yangiliklar

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37