updated: 22.03.2026, 19:16

«Sudda jabrlanuvchi emas, aybdorga oʻxshayman» — IIB xodimi kaltaklagan maktab direktori Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yoʻlladi

Fargʻona viloyati Furqat tumanida ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tahqirlangan va kaltaklangan maktab direktori Guliraʼno Qosimova 7 noyabr kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida zaldan chiqarib yuborildi. U sud jarayonining xolis va adolatli oʻtmayotganidan norozi ekanini bildirib, prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevadan yordam soʻradi.

Ulashish:

«Sudda jabrlanuvchi emas, aybdorga oʻxshayman» — IIB xodimi kaltaklagan maktab direktori Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yoʻlladi

«Men jabrlanuvchi emas, xuddi sudlanuvchiga oʻxshayman»

Qosimova "Sirojiddin Media"ga bergan videomurojaatida sud jarayoni yopiq oʻtkazilayotgani va jurnalistlar kiritilmayotganidan shikoyat qildi. Uning soʻzlariga koʻra, har gal ochiqlik talab qilganida, «ishda maxfiy maʼlumotlar bor» degan bahona keltirilayotgan.

«Men sudda gapirolmayman, hatto oʻz fikrimni bildirishga ham taqiq qoʻyilgan. Sudda jabrlanuvchi sifatida emas, xuddi jinoyatchi sifatida munosabat boʻlyapti», — deydi u.

Guliraʼno Qosimova sudyaga koʻp marta eʼtiroz bildirgani uchun suddan haydalganini aytadi. Uning taʼkidlashicha, sudda ichki ishlar xodimlarining advokatlari erkin gapira oladi, ammo jabrlanuvchi tarafning advokatlariga cheklovlar qoʻyilgan.

«Oliy sud shunchaki oʻsha kamera yozuvlarini koʻrsin — u yerda nimalar boʻlayotganini tushunadi. Sudda menga nisbatan haqoratlar ham boʻldi. Men adolat soʻraganim uchun jazolanmoqdaman», — deydi u.

«IIB xodimlarining talabi bilan sud yopiq oʻtkazilyapti»

Ayolning taʼkidlashicha, sud yopiq tarzda oʻtishini ayni shu ishda ayblanayotgan IIB xodimlari va ularning advokatlari soʻragan.

«Agar sud ochiq boʻlsa, xalq haqiqatni koʻradi. Men oʻzim ommaviy axborot vositalari kirishini xohlayapman. Lekin ularning shaʼnini saqlash bahonasida eshiklar yopilyapti. Axir tahqirlangan men-ku!», — deydi Qosimova.

Uning aytishicha, sud jarayonida guvohlar va ayblanuvchilar bir-biriga yaqin oʻtirib, bir-biri bilan maslahatlashib olayotgan holatlar kuzatilgan.

«Bu holatlar menda shubha uygʻotmoqda. Shuning uchun ishni Oliy sud koʻrib chiqsin, ochiq tarzda oʻtkazilsin», — deya talab qiladi u.

«Meni urganlar jazo olmaguncha ortga qaytmayman»

Qosimova tergov paytida oʻzini tahdidlar bilan qoʻrqitishganini aytadi.

«Ular qoʻlimdagi videolarni tarqatib yuboramiz, deb bosim oʻtkazishgan. Buning oʻzi yetarli tahdid. Soʻngra meni kiyimsiz holatdagi videom bilan shantaj qilishdi. Hech bir ayol bu holatdan soʻng tinch oʻtira olmaydi», — deydi u.

Guliraʼno Qosimova har bir sud majlisini sud ochiq boʻlishi haqidagi iltimosi bilan boshlar, ammo rad javobi olayotganini maʼlum qildi.

«Sudda gapirishimga ruxsat berilmasa, jurnalistlar bilan ham gaplasha olmasam, men qayerdan adolat izlay? Men xalqdan yordam soʻrayapman», — deydi u.

«Internetga chiqishimni ayblashadi, lekin men boshqa chora topmadim»

Qosimovaning soʻzlariga koʻra, u internetda videomurojaat qilishdan avval prokuratura va boshqa idoralarga necha bor murojaat qilgan, ammo natija boʻlmagan.

«Hatto jurnalistlar menga „toʻxtang, sizni oʻldirib qoʻyishadi“, deyishdi. Lekin men toʻxtamayman. Men kurashayotgan boʻlsam, bu boshqa ayollar men kabi tahqirlanmasligi uchun», — deya taʼkidlaydi u.

Ayolning soʻzlariga koʻra, qarshi tomonning advokatlari uning murojaatlarini «davlatga qarshi chiqish» sifatida talqin qilmoqda.

«Men haqiqatni ayta olmas ekanman, himoya soʻray olmas ekanman, unda mening huquqlarim qayerda? Menni urganlar, tahqirlaganlar javobgar boʻlmaguncha ortga qaytmayman», — deydi Qosimova.

Oliy sud izohi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning maʼlum qilishicha, ishda jabrlanuvchilarning kiyimsiz holatdagi videoyazuvi mavjud boʻlgani uchun ayrim sud majlislari maxfiy tarzda oʻtkazilmoqda.

«7 noyabr kuni Qosimova sud tartibini buzgani uchun ogohlantirilgan, ammo u takroran tartibni buzgani sababli Jinoyat-protsessual kodeksning 272-moddasiga asosan sud zalidan chiqarib yuborilgan», — deydi Abidov.

Uning maʼlumoticha, keyingi sud majlisi 12 noyabr kuni soat 10:00 da ochiq tarzda oʻtkaziladi.

Jamoatchilik munosabati

Guliraʼno Qosimovaning suddan chiqarilishi va uning internetdagi kiberbulling hujumlariga uchrayotgani faollar noroziligiga sabab boʻldi.

Huquqshunos Kamola Aliyeva bu ishni «jamiyatning insoniylik va adolatga munosabatini koʻrsatuvchi koʻzgu» deb atadi.

«Ayolning shaʼni emas, huquqi muhim boʻlishi kerak. Hozir esa u internetda ikkinchi marta tahqirlanmoqda. Bu nafaqat bir inson, balki butun jamiyat adolat tamoyillariga qarshi harakatdir», — deydi Aliyeva.

Jurnalist Ilyos Safarov ham Guliraʼno Qosimovaga qarshi uyushgan kiberxujumlar ketmoqda, deb hisoblaydi.

«Fargʻonadagi bloger va trollar orqali uni qoralash, IIBni oqlash harakatlari olib borilyapti. U bir necha bor tahqirlangan, hatto oʻz joniga qasd qilgan, ammo adolatga ishonib qayta turibdi. Endi esa u kibermakonda ham himoyasiz qoldi», — deydi Safarov.

Bloger Shahnoza Soatova esa qoʻshimcha qiladi:

«Ayolni obroʻsizlantirish oson, bir tuhmat yetarli. Uning „buzuqligiga“ ishonishga tayyor katta massa bor. Bu faqat Guliraʼno emas — bu tizim muammosi», — deb yozadi u.

Eslatib oʻtamiz, Furqat tumanida IIB xodimlari 34 yoshli ayolni kaltaklab, yechintirib, tahqirlagani aniqlangan edi. Ular ayolni soliq inspeksiyasi boshligʻi ustidan yolgʻon ariza yozishga majbur qilgan.

IIV rahbarining maslahatchisi Zokirjon Almatov bu holat yuzasidan fikr bildirib, «tizim bunday rahbarlarni kechirmasligini» taʼkidlagan. Senat ishni nazoratga olgan, Oliy sud maʼlumotiga koʻra, Furqat tumani IIBning sobiq boshligʻi va oʻrinbosari oltita modda boʻyicha ayblanmoqda.

8 oktabr kuni Quva tuman sudida mazkur ish boʻyicha sud jarayonlari boshlangan.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi

Nega?

Oʻzbekiston

21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda

Mintaqa kuzatuvlar tarixidagi eng katta yöqotishlar qayd etilgan dunyoning uçta hududi qatoriga kirgan.

Oʻzbekiston

21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari bo‘lgan.

Ta'lim

19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi

Olimlar ushbu loyiha doirasida shoʻrxok suvlardan foydalanish boʻyicha maxsus sinov stansiyasini tashkil etishdi.

Jahon

19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda

Urushga qarshi nomzodlar saylovdan chetlatilmoqda, ayrimlari qamoqqa olingan. 

Jahon

19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan "Vraç doimo haq" e'loni yuzasidan Surxondaryo viloyati soğliqni saqlash boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan

Rossiyada iPhone 18 Pro Max foydalanuvçilari smartfonning ayrim funksiyalaridan töliq foydalana olmaydi. Asosiy çeklovlar Apple Intelligence tizimi va rus tili qöllab-quvvatlanmasligi bilan boğliq.

Iqtisodiyot

18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan

2025-yilda ekologiya himoyachilariga qarshi zo'ravonlik yana kuchaygan, qotilliklarning asosiy qismi Lotin Amerikasida sodir bo'lgan.

Jahon

18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi

26 sentyabr kuni Andijon şahrida ilk bor «Yashil uyim» ekologik festivali bölib ötadi. Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida tashkil etilayotgan tadbirda ekologik turmuş tarzi, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş hamda zamonaviy ilmiy-ekologik yeçimlar haqida oçiq muloqotlar va amaliy maşğulotlar ötkaziladi.

Oʻzbekiston

17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda

“NAZA” hujjatli filmi atrofidagi keskin bahslar fonida Binyamin Netanyahu askarlarni tanqid qilgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish loyihasini taklif qilmoqda.

Jahon

17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi tamaki mahsulotlari iste'molini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli qonun loyihasi ustida ishlamoqda. 

Jahon

16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes

Forbes hisob-kitobiga köra, Donald Trampning boyligi 2024 yilgi prezidentlik saylovidagi ğalabasidan keyin $2,7 mlrdga oşgan.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?

Jahon hamjamiyatining sun'iy intellekt (SI) tahdidlari borasidagi xavotirlari mutlaqo asosli. Bu haqda OpenAI kompaniyasi bosh direktori Sem Altman bayonot berdi.

Fan-texnologiya

16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukraina tomoni Nikopol shahrida yo‘lovchi avtobusi nishonga olinganini bildirdi, Rossiya esa hodisaga izoh bermadi.

Jahon

16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi

Ayrim tibbiyot xodimlarining bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoşiga har oy qöşimça ustamalar belgilandi.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?

"Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf" klublari 2026/2027 yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Sport

16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov

Jurnalist va diplomat Beruniy Alimov bilan uning faoliyati,  Yelizaveta II bilan uchrashuvi va Islom Karimov bilan ishlagan yillari haqida suhbatlashdik. 

Madaniy

16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari

Xitoy o‘zi uchun yaratgan yangi xaritada qo‘shni davlatlarning bir qismi, butun Tayvan, hatto Rossiyaga tegishli hududni ham o‘ziniki sifatida tasvirlagan. Bu oddiy xaritami yoki Pekinning kelajakdagi strategik maqsadi?

Jahon

15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi

Miloddan avvalgi III asr va milodiy III asrlar oralig‘iga oid Odirmon yodgorligidan topilgan altar (mehrob) va noyob ostodon diniy marosimlarda foydalanilgani aytilmoqda.

Madaniy

15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi

Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan yuk, shuningdek, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan.

Oʻzbekiston

15.09.2026, 11:46

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →