“Uzbekistan Airways” Karachiga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Karachi shahrida yurtimiz turizm salohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Oʻzbekiston
11.10.2025, 19:15
Ulashish:

Tadbirning maqsadi Oʻzbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini Pokiston jamoatchiligi orasida keng targʻib etish va mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishdir.
Anjumanda “BMG Group” kompaniyasi raisi Muhammad Zubair Motivala, Pokiston sayyohlik agentliklari uyushmasi raisining oʻrinbosari Muhammad Ilyas, “Oʻzbekiston–MDH savdo markazi” rahbari Suhail Moten, Sind Turizm korporatsiyasi vakillari, turizm operatorlari, mahalliy OAV va vatandoshlar ishtirok etdi.
Elchixona vakili oʻz nutqida ikki xalqni bogʻlab turgan umumiy tarixiy va madaniy rishtalar, oʻxshash urf-odatlar va qadriyatlar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda ziyorat, madaniy, tibbiy, ekologik va ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar va qulay shart-sharoitlar haqida maʼlumot berdi.
Qatnashchilarga joriy yilning 30 oktabridan 13 noyabrigacha Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi haqida ham maʼlum qilindi. Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzi ortib borayotganidan dalolat sifatida qayd etildi.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi hozirda Islomobod va Lahor shaharlariga muntazam reyslar amalga oshirayotgani, yaqin vaqtda Karachiga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlar yoʻlga qoʻyilishi maʼlum qilindi
Muhammad Motivala Oʻzbekistondagi turizm sohasidagi islohotlarni yuqori baholab, mamlakatning barqaror iqtisodiy muhiti va infratuzilmasi pokistonlik investorlar uchun katta imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi. U Karachi va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish zarurligini ham qayd etdi.
Pokiston sayyohlik uyushmasi vakili Muhammad Ilyas Oʻzbekistonning ziyorat va islom sivilizatsiyasi turizmi sohasidagi ulkan salohiyatini eʼtirof etib, ikki mamlakat oʻrtasida maxsus ziyorat va madaniy sayohat dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Suhail Moten Oʻzbekiston va Pokistonni bogʻlab turgan Ipak yoʻli tarixi haqida soʻzlab, turizmni ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va ishonchni mustahkamlovchi muhim vosita sifatida taʼkidladi.
Tadbir doirasida Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, turistik manzilgohlari hamda zamonaviy infratuzilmasi haqida taqdimotlar va videoroliklar namoyish etildi.
Oʻzbekiston
11.10.2025, 19:15
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi
Siyosat
05.10.2026, 16:24

Pokistonning havo hujumlari oqibatida Afg‘onistonda 9 kishi halok bo‘ldi – Kobul
Jahon
01.10.2026, 10:25

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqdan shifoxonaga ko‘chirilmoqda
Jahon
18.08.2026, 14:20

Pokistondagi kömir konida yuz bergan portlaşda 34 kişi halok böldi
Jahon
31.07.2026, 11:57
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36
So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36
