“Asr loyihasi”ga amaliy qadamlar: muammolar va istiqbol
Oʻzbekiston tashqi siyosatida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini Afgʻoniston orqali oʻzaro bogʻlash strategiyasini ustuvor ahamiyat kasb etishi Transafgʻon transport koridori, ayniqsa, “Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryoʻlini barpo etish jarayonlarini atroflicha tahlil qilish va bu boradagi mavjud muammolarni chuqur oʻrganishni taqozo etadi. “Asr loyihasi” boʻlishi kutilayotgan mazkur temiryoʻl “Kobul yoʻlagi" deb ham nomlanadi. Eʼtiborli jihati, joriy yilning 17 iyul kuni ushbu temiryoʻl uchun yana bir muhim “qadam” qoʻyildi.
Siyosat
20.08.2025, 15:13
Ulashish:

Foto: aiatt.tj
Buni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining rasmiy Telegram kanalida quyidagicha bayon etdi: “Butun Yevroosiyo uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston Transafgʻon temiryoʻlining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish boʻyicha uch tomonlama hadli bitimni imzoladik . Natijada esa “azaliy orzu” sanalgan dengizga chiqish uchun eng qisqa yoʻlak yaratilishi mumkin”. Shu oʻrinda mazkur yoʻlakning muhimligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtish lozim.
“Kobul yoʻlagi”ning ahamiyati
Siyosiy fanlar doktori S.Boʻronovning fikricha, Afgʻonistonning ishtirokisiz Markaziy Osiyo mintaqasining savdo-iqtisodiy va tranzit salohiyatini toʻliq rivojlantirib boʻlmaydi.
“Mintaqaning taraqqiyot va strategik markaz sifatida rivojlanish omillari Afgʻonistonda oʻz mintaqaviy loyihalarini amalda roʻyobga chiqarishi bilan chambarchas bogʻliq. Afgʻoniston Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo, Yaqin Sharqni Uzoq Sharq mintaqalari bilan bogʻlaydigan mintaqalararo transport koʻprigidir. Markaziy Osiyo davlatlarining eng yaqin dengiz portlariga chiqishi aynan Afgʻoniston hududi orqali oʻtadi. Geografik jihatdan yopiq Oʻzbekiston ham jahon dengiz va okean bandargohlariga chiqishi uchun qoʻshni Afgʻoniston hududi tranzit davlat vazifasini bajaradi. Tahliliy maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston umumiy xalqaro transportining 60 foizi Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston tranzit yoʻllaridan oʻtadi. Ushbu tranzit yoʻllarini umumiy koʻrsatkichlar bilan hisoblaganda 69 foizi Qozogʻiston va Turkmaniston, 21 foizi Tojikiston, 6 foizi Qirgʻiziston va 4 foizi Afgʻoniston hissasiga toʻgʻri keladi. Istiqbolda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlarini Afgʻoniston orqali xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun qulay imkoniyatlar va sharoitlar yaratishi mumkin”. Iqtisod fanlari doktori A.Zohidov doktorlik dissertatsiyasida ushbu temiryoʻlning ahamiyatini quyidagicha bayon etadi: “Oʻzbekistonning Afgʻoniston orqali dengiz portlariga chiqishi Qora va Boltiq dengiziga chiqish portlaridan 2-3 marta, Tinch okeani portlari yoʻnalishidan 5 marta qisqaroqdir”, — degan Suhrob Boʻronov.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri B.Saidov Telegram kanalida yozishicha, mazkur loyiha savdoni kuchaytiradi, Afgʻonistonni iqtisodiy tiklanishini qoʻllab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yoʻl ochadi.
Afgʻonistonlik iqtisodchi ekspert Abdul Zahur Mudaber fikriga koʻra, “Iqtisodiyotimizni (deklaratsiyasini) oʻstirishning bir yoʻli – mamlakatlar, ayniqsa, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasida tranzit koʻprigiga aylanishdir. Transafgʻon (transport koridori) bu ikki mintaqa orasida mustahkam bogʻlovchi vazifasini oʻtashi mumkin”. U deklaratsiyasini hududidan oʻtadi va Markaziy Osiyo mamlakatlarini Pokistonning Gvadar hamda Karachi portlari bilan bogʻlaydi.
Mahalliy ekspert S.Boʻronovni qayd etishicha, xalqaro transafgʻon koridorini ochilishi mintaqalararo savdo muloqotiga zamin yaratadi, jumladan, Oʻzbekiston ham Eron, Pokiston va Hindiston portlari orqali dunyo bozorlariga chiqadi hamda butun mintaqaning ulkan tranzit salohiyatini keng roʻyobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar “eshigi” ochiladi. Darhaqiqat, Oʻzbekistonni deklaratsiyasini orqali dengiz portlariga chiqishi Qora va Boltiq dengiziga chiqish portlaridan 2-3 marta, Tinch okeani portlari yoʻnalishidan 5 marta qisqaroqdir. Mazkur loyihaga diqqat bilan eʼtibor qaratganda, u Afgʻonistonning markaziy shaharlari va viloyatlarini bir-biri bilan bogʻlabgina qolmasdan, butun aholining ishsizlik (500 ming aholiga ish oʻrni), qashshoqlik, elektr energiyasi tanqisligi, umuman, mamlakatning izdan chiqqan ishlab chiqarish va sanoat infratuzilmasi rivojlanishiga katta turtki boʻladi. loyiha ShHTning barcha aʼzo davlatlarini deklaratsiyasini orqali oʻzaro bogʻlaydi. Bu geografik jihatdan Rossiya va Markaziy Osiyoni Hindiston va Pokiston bozorlariga, oʻz navbatida, Hindiston va Pokistonni Markaziy Osiyo, Rossiya va Yevropa bozorlariga olib chiqadi.
Muxtasar qilganda, Transafgʻon temiryoʻli loyihasini amalga oshirilishi “Shimol-Janub” yoʻlagi boʻylab yuk tashish vaqti va narxini 30 foizga qisqartiradi. Termizdan Karachigacha yuklarni yetkazib berish muddati 8-10 kunni tashkil etadi, biroq loyihani roʻyobga chiqarish uchun toʻsqinlik qiluvchi quyidagi deklaratsiyasini ham mavjud:
"Temiryoʻl uzunligi: turlicha talqinlar yoxud raqamlardagi noaniqliklar
Oʻzbekistonning Ostona (Qozogʻiston) va Nyu-Dehli (Hindiston)dagi elchixonalari keltirgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu temiryoʻlning Mozori Sharifdan Peshovargacha boʻlgan qismi uzunligi 573 km . Vaholanki, “The Tribune” nashrida “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temiryoʻli 600 km uzunlikda” deb qayd etiladi. Mazkur deklaratsiyasini temiryoʻlning umumiy uzunligi borasida turli manbalarda turlicha talqinlar va raqamlardagi noaniqliklarga guvohi boʻlamiz. Chunonchi, taxminan 600 kilometr , 681 kilometr (Tolonews ), 700 km dan ortiq (The Times of Central Asia va Ariana news ), kabi bir-birini takrorlamaydigan sonlar keltiriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston temiryoʻllari aksiyadorlik jamiyati, Xalqaro temiryoʻl jurnali, “Eurasianet” va “Gulf news” nashrida eʼlon qilinishicha, 760 km uzunlikdagi ushbu temiryoʻl Oʻzbekistonning Termiz shahridan Afgʻonistonning Mozori Sharif va Logar orqali Pokistonning Kurram tumanidagi Xarlachi chegara punktigacha davom etadi.
Loyihaning qiymati: prognozlardagi takror va tafovutlar
Mazkur temiryoʻl uzunligi boʻyicha noaniqliklar uni amalga oshirish sarf-xarajatlarida ham namoyon boʻlmoqda. Darhaqiqat, ushbu loyihaning qiymati turli manbalarda turlicha miqdorda keltirilgan. Masalan, “Afganistan International”ga koʻra, loyihaning taxminiy qiymati 4,8 mlrd $, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi taqdim etgan maʼlumotda esa 5 mlrd $, “Tolonews”ga binoan 4,8 mlrd dan 7 mlrd $gacha, Pokiston temiryoʻllar vazirligi hisob-kitoblariga koʻra, Pokiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi magistral yoʻl boʻlgan “Afghan Transit” loyihasini amalga oshirish qiymati 8,2 milliard AQSh dollariga yetadi. “Astana Times”da eʼlon qilingan maqolada mazkur loyihaning qiymati dastlabki 5 mlrd dan 7 mlrd $gacha oshgani, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Oʻzbekiston hukumati) tomonidan yuritiladigan rasmiy axborot portalida bu loyihaning umumiy smeta qiymati dastlabki maʼlumotlarida 4,6 milliard AQSh dollarini tashkil etishi taʼkidlanadi. “Akipress” xabar berishicha esa loyiha qiymati 4,8 mlrd dan 6 mlrd $gacha boʻlishi taxmin qilinmoqda.
Sardor Rahimov
Sharqshunos tahlilchi
Siyosat
20.08.2025, 15:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi
Siyosat
18.07.2025, 11:20

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida 243 million AQSh dollarlik toʻrtta energiya loyihasi boʻyicha shartnoma imolandi
Siyosat
18.08.2025, 16:00

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Oʻzbekistonliklarning katta qismi oʻrtacha kredit tarixiga ega — KAT
Iqtisodiyot
19.08.2025, 17:37

Oʻzbekiston yana rekordlar kitobiga kirdi
Oʻzbekiston
19.08.2025, 11:58

Oʻzbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamgʻarma tashkil etiladi
Siyosat
15.08.2025, 00:57
Mashhur yangiliklar

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
13.08.2025, 11:05

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot yuzaga kelgan nosozlik tufayli ortga qaytarildi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 01:05

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Ta'lim
26.07.2025, 10:16
So‘nggi yangiliklar

Janjalkash oilalar holidan kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston
20.08.2025, 18:22

2,6 milliard soʻmlik davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda oʻtkazilishining oldi olindi
Oʻzbekiston
20.08.2025, 17:14

Putin endi Ukrainadagi vaziyat haqida Erdogʻon bilan gaplashdi
Jahon
20.08.2025, 17:02

Termizga 35 dona zamonaviy Zhongtong avtobuslari olib kelinadi
Iqtisodiyot
20.08.2025, 16:18

SSKA Fayzullayevning transfer toʻlovi amalga oshganini tasdiqladi
Sport
20.08.2025, 15:16

Tibbiyot chiqindilari utilizatsiya deklaratsiyasini nega toʻxtatildi?
Oʻzbekiston
20.08.2025, 14:37

Toshkentda tungi avtobuslar harakati qachondan yoʻlga qoʻyilishi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston
20.08.2025, 14:06

Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi
Oʻzbekiston
20.08.2025, 13:17

2000 mingga yaqin sanʼatkorlar soliq deklaratsiyasini toʻldirdi
Iqtisodiyot
20.08.2025, 12:49

Yaqin Sharqda suv resurslari taqsimoti, geosiyosiy ziddiyatlar va oziq-ovqat xavfsizligi
Jahon
20.08.2025, 12:15

Sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi
Siyosat
20.08.2025, 12:05
Mashhur yangiliklar

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
13.08.2025, 11:05

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot yuzaga kelgan nosozlik tufayli ortga qaytarildi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 01:05

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Ta'lim
26.07.2025, 10:16