Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda

Dunyo bo‘ylab kompaniyalar sun’iy intellekt  modellarini ta’minlash uchun katta-katta ma’lumot markazlarini qurishga intilayotgan bir paytda, ba’zi tadqiqotchilar tirik inson hujayralarini kompyuter tizimlarida qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda.

 

Avvallari oylar yoki yillar davom etadigan maxsus laboratoriya ishlarini integratsiyalashgan platforma yordamida bir necha soat yoki kun ichida bajarish mumkin.

 

Ulashish:

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda

Avstraliyaning startap kompaniyasi foydalanuvchilarga inson miyasining tirik hujayralarida “kod yuritish” imkonini beruvchi dunyodagi ilk qurilmani yaratganini ma’lum qildi.

Cortical Labs kompaniyasi laboratoriyada yetishtirilgan neyronlarni kremniy apparati bilan birlashtiradigan tizimni ishlab chiqdi, bu foydalanuvchilarga nevrologiya va kasalliklarni modellashtirishdan tortib, robototexnika va sun’iy intellektgacha bo‘lgan sohalarni tadqiq qilish imkonini beradi.

Cortical - CL1

CL1 tizimi o‘zak hujayralardan neyronlar o‘stirib, ularni elektr signallarini yubora oladigan va qabul qila oladigan chiplarga joylashtirish orqali ishlaydi.

“Biz bu hujayralardan xuddi muhandislik materiali kabi foydalanib, ilgari umuman bo‘lmagan yangi narsani yaratmoqchimiz. Unda avval foydalana olmagan imkoniyatlar bo‘lishi mumkin. Buning uchun bir oz qon yoki teri bo‘lagi kifoya. Shular yordamida keyinchalik neyronlarga aylantirish mumkin bo‘lgan hujayralarni cheksiz miqdorda hosil qilamiz”, — dedi  Cortical Labs bosh ilmiy xodimi Brett J. Kagan “Euronews” nashriga.

 

The Future of Computing Includes Biology: AI Computers Powered by Human  Brain Cells

 

Odatiy kremniy chipidan farqi

CL1 texnologiyasi foydalanuvchilarga neyronlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, ularga kirish signali sifatida elektr impulslarini yuborish va hujayralarning bu signallarga real vaqt rejimida qanday javob qaytarishini kuzatish imkonini beradi.

Cortical Labs CL1 | Scientific x AI Product Device Design + Engineering

Ushbu tizim odatdagi kompyuter singari kremniy chiplar ishlatadi, lekin farqi shundaki, ularda maxsus “kichik simlar” (mikroelektrodlar) bor.

Bu simlar bevosita jonli neyronlar bilan aloqa o‘rnatib, kichik elektr signallarini yuboradi va neyronlar javobini o‘qiydi.

An’anaviy kremniy asosidagi kompyuterlardan farqli o‘laroq, bu tizimning faoliyati uchun ozuqa moddalari bilan boyitilgan suyuqlik kerak bo‘ladi. Bunday yondashuv ba’zan “nam dastur” (wetware) deb ataladi.

Laboratoriyada neyronlar o‘stirish g‘oyasi yangilik bo‘lmasa-da, Cortical Labs o‘zining yutug‘i boshqacha ekanini ta’kidlaydi: kompaniya hujayra kulturalarini elektron qurilmalar bilan bog‘lashda murakkab, maxsus laboratoriya qurilmalarini talab etmaydigan va osonroq ishlatiladigan tizimni ishlab chiqdi.

Cortical Labs представила первый в мире биологический компьютер — CL1 – Let  AI be

 

Inson biologiyasidagi samaradorlik

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ilgari oylar yoki yillar davomida maxsus laboratoriya ishlarini talab qilgan jarayonlarni endi uning integratsiyalashgan platformasi yordamida bir necha soat yoki kun ichida bajarish mumkin.

“Biologiya yuqori darajada energiya tejaydi. Biz [insonlar] juda katta ma’lumotlarga muhtoj emasmiz. Mashina o‘rganishi (Machine learning) vazifaga qarab o‘n minglab, yuz minglab ma’lumot talab qiladi. Biz esa noaniqlik va shovqinli ma’lumotlar bilan ham ishlay olamiz”, – dedi Kagan.

Odam hujayralaridan foydalanish ilmiy tadqiqotlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Neyronlar donor namunalaridan o‘stirilgani sababli ular genetik xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi. Bu esa olimlarga laboratoriya sharoitida hujayralarning turli muolajalarga qanday ta’sir etishini o‘rganish imkonini beradi.

Powered by Human Brain Cells: Cortical Labs CL-1 Biocomputer

Shunga qaramay, odatiy kompyuterlar hisoblashda hozircha yaxshiroq. Sun’iy intellekt esa ko‘proq ma’lumot va kuch talab qilgani uchun, uning rivoji ma’lum bir nuqtada sekinlashishi mumkin.

Kelajakdagi tizimlar biologik va kremniy asosidagi usullarini birlashtirib, har biri alohida qilolmagan ishlarni bajarishi mumkin.

Ba’zi mutaxassislar biologik tizimlarning kam quvvat sarflashi va moslashuvchanligi kabi afzalliklari borligini tan olsalar-da, hozirgi yondashuvlar bilan qanchalik uzoqqa borish mumkinligini shubha ostiga olmoqda.

“Agar siz faqat inson neyronlarining tekis tarmog‘idan foydalansangiz, uning an’anaviy kremniy asosidagi tizimlarga nisbatan jiddiy afzalliklarga ega bo‘lishiga ishonmayman”, – dedi AQShning San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti qoshidagi ISSCOR markazi direktori Elisson Muotri.

 

UCTV Launches New Stem Cell Channel

Uning ta’kidlashicha, organoidlar deb ataluvchi murakkabroq, uch o‘lchamli miyasimon tuzilmalar kengroq imkoniyatlar yaratishi mumkin, biroq ular hozircha tajriba bosqichida qolmoqda.

 

Axloqiy masalalar

Kompyuter texnologiyalarida inson hujayralaridan foydalanish bir qator axloqiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Xavotir darajasi tizimning murakkabligiga bog‘liq.

World's first biological computer by Cortical Labs launches

Muotrining ta’kidlashicha, Cortical Labs kabi kompaniyalar qo‘llaydigan oddiy inson neyron tarmoqlarida jiddiy xavf yo‘q. Biroq miyaga o‘xshash murakkab tuzilmalar muammo tug‘dirishi mumkin.

To‘qimaning anatomik tuzilishi laboratoriya idishida ma’lum bir ichki tajriba va hatto qandaydir shakldagi ongni paydo qilishi mumkin. Bu esa ayrimlarni bezovta qiladi”, – dedi u.

Texnologiya rivojlanib borgani sari bunday xavotirlar yangi qoidalar va nazoratni taqozo etishi mumkin.

Shuningdek, yangi yondashuvi bir qator axloqiy afzalliklar beradi. Jumladan, hayvonlarda sinov o‘tkazish zarurati kamayib, biologik tizimlar ustidan kuchliroq nazorat ta’minlanishi mumkin.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

Rossiya armiyasiga 20 mingdan ortiq markaziy osiyolik yollangan

2026-yil 1-oktyabrgaça Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 mingdan ortiq kişi Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan. Ularning aksariyati turli hiyla usullari bilan majburlanayotgan bölsa-da, Markaziy Osiyo hukumatlari bunga oçiq munosabat bildirmayapti.

Siyosat

23.10.2026, 15:31

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda

19–21 oktabr kunlari Özbekiston böylab ötkazilgan reydlarda 120 dan ortiq qonunbuziliş holati aniqlandi. Ularning 39 tasida gaz ta’minoti sohasi hodimlarining aloqadorligi ma’lum böldi. 

Oʻzbekiston

23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?

O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?

O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston

17.10.2026, 14:01

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →