Isroil harbiylari yana tinch aholiga hujum qildi
Kecha, 30 iyun kuni Isroil tomonidan Gʻazo shimoliga uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida 62 nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar berdi.
Jahon
01.07.2025, 10:20
Ulashish:

Foto: "Al Jazeera"
Qayd etilishicha, birgina Gʻazo shimolidagi Al-Baqa qahvaxonasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 39 kishi halok boʻlgan.
Voqea guvohlaridan Yahyo Sharifning aytishicha, hujumni Isroil qiruvchi samolyotlari amalga oshirgan.
"Biz odamlarning parcha-parcha boʻlgan jasadlarini koʻrdik. Bu joyda hech qanday siyosiy yoki harbiy tashkilot bilan aloqasi boʻlmagan, oddiy tinch aholi toʻplangan maskan edi. U yer bolalar bilan toʻla edi", — dedi u.
Bombardimon qahvaxonani butunlay vayron qilib, yerda katta chuqur hosil qilgan.

"Al Jazeera" telekanali muxbiri Hani Mahmudning xabar berishicha, hujum hech qanday ogohlantirishsiz sodir boʻlgan.
"Bu hududda koʻplab urushdan charchagan, stressga tushgan va boshpanasiz qolgan odamlar issiqdan panoh topish uchun kelar edi. Portlash kuchi shunchalik kuchli ediki, hozir ham har tarafda qon izlari qolgan. Ayrim jasadlar va tana boʻlaklari binoning suv bilan toʻlgan qavatlaridan yigʻib olindi", — deydi u.
Shuningdek, dushanba kuni Isroil kuchlari Gʻazo shahrining Zaytun tumanida oziq-ovqat tarqatiladigan omborga havo hujumi uyushtirdi. Natijada, yegulik olishga kelgan kamida 13 kishi halok boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, 29 iyun kuni Isroil armiyasi Gʻazo shimoliga qilgan hujumi oqibatida 74 nafar falastinlik halok boʻldi. "Al Jazeera" telekanali muxbirining aytishicha, Isroil harbiylari Gʻazo shimoliga aholini bu yerni tark etishi uchun ohorlantirish sifatida varaqalar tarqatgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil yana Gʻazoga hujum qildi
Jahon
22.09.2025, 14:00

Jahon musulmon ulamolari Turkiyada yigʻildi
Jahon
23.08.2025, 12:45

Fransiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi
Jahon
25.07.2025, 10:24

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi
Jahon
21.07.2025, 11:11

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
Jahon
01.07.2025, 13:07

Isroil Gʻazoda oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar hamda tinch aholini oʻldirdi
Jahon
30.06.2025, 14:29
Mashhur yangiliklar

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

Paula Bento Oʻzbekiston milliy jamoasini boshqarishi mumkin
Sport
26.08.2025, 14:00

Toshkentda mustaqillik bayrami sayillari oʻtkazildigan joylar eʼlon qilindi
Madaniy
27.08.2025, 14:24

Toshkentda 9 yoshli bola burun operatsiyasidan vafot etdi
Oʻzbekiston
26.08.2025, 14:06

Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi
Siyosat
25.08.2025, 15:54

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi
Siyosat
16.09.2025, 09:49
So‘nggi yangiliklar

NYT: Oʻzbekiston shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun milliardlab investitsiyalarni jalb qilmoqda
Iqtisodiyot
23.09.2025, 10:01

Inson organlari savdosi bilan shugʻullangan jinoiy guruh fosh etildi
Oʻzbekiston
23.09.2025, 09:02

Oʻzbekiston yadro xavfsizligi boʻyicha uchta xalqaro konvensiyaga qoʻshildi
Siyosat
22.09.2025, 17:36

Endilikda super-kontrakt narxlari rektorlar belgilanadi
Ta'lim
22.09.2025, 17:01

Isroil yana Gʻazoga hujum qildi
Jahon
22.09.2025, 14:00

OAV tomonidan Rossiyaning 133 ming harbiysi halok boʻlgani tasdiqladi
Jahon
22.09.2025, 13:00

Afgʻonistonda birinchi oʻzbek milliy taomlari restorani ochildi
Madaniy
22.09.2025, 12:00

Bu hafta ob-havo qanday boshlanishi maʼlum qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2025, 11:00

15 yoshli qiz turmushga berilayotgani aniqlandi
Oʻzbekiston
22.09.2025, 10:00

Mushukka qaynoq suv sepgan xitoylik jazoga tortildi
Oʻzbekiston
22.09.2025, 09:22

Oʻzbekiston rossiyaliklar orasida kuzgi sayohatlar uchun eng mashhur yoʻnalishlardan biriga aylandi
Oʻzbekiston
20.09.2025, 14:30

Bojxona va soliq qoʻmitalari xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi
Oʻzbekiston
20.09.2025, 12:25
Mashhur yangiliklar

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

Paula Bento Oʻzbekiston milliy jamoasini boshqarishi mumkin
Sport
26.08.2025, 14:00

Toshkentda mustaqillik bayrami sayillari oʻtkazildigan joylar eʼlon qilindi
Madaniy
27.08.2025, 14:24

Toshkentda 9 yoshli bola burun operatsiyasidan vafot etdi
Oʻzbekiston
26.08.2025, 14:06

Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi
Siyosat
25.08.2025, 15:54

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi
Siyosat
16.09.2025, 09:49