Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?
Ushbu kasallikdan omon qolish to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Ko‘plab bemorlar xantavirusdan tuzalganidan so‘ng ham COVID kabi uzoq muddatli jismoniy va ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.
Jahon
12.05.2026, 15:09
Ulashish:

Xantavirus kemiruvchilarning axlati va peshobi havoga ko‘tarilishi orqali tarqalishi mumkin — masalan, odamlar sichqonlar yashagan bostirmalarni supurganida bu holat kuzatiladi.
Xantavirusni davolash uchun maxsus dori vositalari mavjud emas, shu sababli asosiy e’tibor quvvatlovchi terapiyaga qaratiladi; og‘ir holatlarda bemorlar o‘pkasi sun’iy shamollatish apparatlariga ulanadi.
Kasallik grippga o‘xshash alomatlar bilan boshlanib, keyinchalik yurak va o‘pka yetishmovchiligiga olib keladi. Kasallanganlarning taxminan 40 foizi vafot etadi.
Xantavirus bilan bog‘liq qo‘rquvga ikki asosiy omil sabab bo‘lmoqda: sakkiz haftagacha cho‘ziladigan uzoq inkubatsiya davri hamda litsenziyalangan virusga qarshi davo yoki vaksinaning mavjud emasligi.
Andes virusi infeksiyasi xantavirusli yurak-o‘pka sindromiga (HCPS) o‘tib, o‘lim darajasi 50% gacha bo‘lgan og‘ir respirator kasallikka aylanganda, omon qolish uchun tezkor intensiv terapiya juda muhimdir.
Andes virusi yangi emas. Tadqiqotchilar uzoq vaqtdan beri uning qayerda paydo bo‘lishi, qanday tarqalishi va qanday kasallik keltirib chiqarishini o‘rganishadi. Shuning uchun ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) uning navbatdagi COVID-19 pandemiyasiga aylanishi mumkinligi haqida hech qanday dalil yo‘qligini ta’kidlagan.
Uzoq muddatli Xantavirus mavjudmi?
COVID-19 pandemiyasi olimlarning yuqumli kasalliklar haqidagi qarashlarini o‘zgartirib yubordi. Endi ular nafaqat kasallikning og‘ir davri, balki undan keyingi asoratlarni ham hisobga olmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, COVID kabi Andes virusi infeksiyasining ham uzoq muddatli oqibatlari bo‘lishi mumkinmi, degan savolni o‘rtaga tashlay boshladilar.
Chili Katolik Pontifik universiteti tadqiqotchilari kasalxonadan tuzalib chiqqan 21 nafar bemorni 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan davrda kuzatdilar.
Kasallikdan omon qolganlarning hech biri 3-6 oydan so‘ng to‘liq sog‘ayib ketmagan
Eng hayratlanarlisi, kasallikdan omon qolganlarning barchasida shifoxonadan chiqqanidan bir necha oy o‘tib ham kasallik alomatlari saqlanib qolgandi.
Xususan, 21 nafar bemorning har birida Xantavirus yurak-o‘pka sindromi (HCPS) bilan kasallanganidan so‘ng 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan davrda kamida bitta doimiy alomat kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.
Bemorlarning 60 foizdan ortig‘i hali to‘liq sog‘aymaganliklarini bildirgan, umumiy simptomlar yuki esa yuqori bo‘lib qolmoqda — bemorlar o‘rtacha 11-12 tadan alomat haqida xabar berishgan.
Holsizlik, soch to‘kilishi, uyqusizlik…
Kasallikni yengilroq o‘tkazganlar ham, og‘ir o‘tkazganlar ham turli jismoniy, psixologik va nevrologik muammolarga duch kelganini ma’lum qildi.
Eng ko‘p tarqalgan muammolar nafaqat jismoniy, balki nevrologik va psixologik ham edi.
Xususan:
- holsizlik;
- harakatdagi qiyinchiliklar;
- soch to‘kilishi;
- uyqusizlik;
- xavotir;
- xotira pasayishi;
- qo‘rqinchli tushlar ko‘rish;
- sezgi a’zolari faoliyatining buzilishi kabi holatlar tez-tez uchrab turgan.
Kasallikning og‘ir davrini yengib o‘tganlarning ko‘pchiligi uzoq vaqt saqlanib qolgan alomatlarni, xususan, og‘riq, uyqusizlikni yengish uchun o‘zicha dori-darmonlar — og‘riq qoldiruvchi, uyqu chaqiruvchi vositalar va vitaminlar qabul qila boshladi.
Kundalik mashg‘ulotlarga qaytish
Kasallikdan tuzalganlarning ko‘pchiligi odatiy hayot tarzini boshlashga qiynaldi. Oradan olti oy o‘tsa ham har besh kishidan biri ishga yoki o‘qishga qaytmagan edi.
Ishga/o‘qishga qaytganlar orasida tiklanish jarayoni odatda 3,5 oy davom etdi. Ko‘pchilik qaytganidan so‘ng ish samaradorligi pasayganini ma’lum qildi.
Kasallikning og‘ir-yengilligidan qat’i nazar, sog‘ayish davri barchada deyarli bir xil kechdi.
Natijalar xantavirusdan tuzalish faqat jismoniy kechmasligini ko‘rsatadi. Tirik qolganlar, shuningdek, ijtimoiy yakkalanish, ish yoki o‘qish joyidagi ayirmachilik (stigma) hamda doimiy alomatlarni yengillashtirish uchun o‘z-o‘zini davolashga keng tayanish holatlari haqida xabar bergan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tirik qolganlarga hayotini to‘liq tiklashda yordam berish uchun shifoxonadan chiqqandan keyingi yaxshiroq, uzoq muddatli va ko‘p tarmoqli parvarish, shuningdek, kuchliroq ijtimoiy yordam va tushunish ham zarur.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

