Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
3-may kuni Niderlandiyaning Oceanwide Expeditions kompaniyasi o‘zining MV Hondius ekspeditsiya kemasida “o‘ta og‘ir tibbiy vaziyat” yuzaga kelganini ma’lum qildi.
Jahon
04.05.2026, 15:06
Ulashish:

Hodisa kema Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlarida joylashgan Kabo-Verde orol-davlati yaqinida suzib ketayotgan vaqtda yuz bergan.
OAV xabarlariga ko‘ra, kema bundan uch hafta avval Argentinadan 150 nafar yo‘lovchi bilan yo‘lga chiqqan. Kabo-Verdega yetib kelgunga qadar Antarktida va boshqa bir qator hududlarda to‘xtab o‘tgan.
Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi vakili kemadagi ikki nafar niderlandiyalik yo‘lovchi vafot etganini tasdiqladi, biroq o‘lim sabablariga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘zining X sahifasida ma’lum qilishicha, kasallangan yo‘lovchilardan biri hozirda Janubiy Afrikadagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida.
Sky News nashri Janubiy Afrika Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, og‘ir ahvoldagi ushbu bemor Britaniya fuqarosi ekanligini xabar qildi.
Hozirda mutaxassislar kemadagi kutilmagan vaziyatning aniq sabablarini surishtirmoqda.
JSST kasallik avj olishini o‘rganayotganini ma’lum qildi. Agentlikning xabar berishicha, laboratoriya tahlillari olti kishidan birida xantavirus borligini tasdiqlagan.
Oceanwide Expeditions kompaniyasining bildirishicha, Kabo-Verde rasmiylari tibbiy yordamga muhtoj yo‘lovchilarning qirg‘oqqa tushishiga ruxsat bermagan.
Niderlandiya hukumati esa kasallik alomatlari bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchini hamda vafot etgan shaxsning jasadini vataniga qaytarish (repatriatsiya) choralarini ko‘ryapti.
Xantavirus kemiruvchilarning axlati va peshobi havoga ko‘tarilishi orqali tarqalishi mumkin — masalan, odamlar sichqonlar yashagan bostirmalarni supurganida bu holat kuzatiladi. JSSTning qayd etishicha, kamdan-kam hollarda virus odamdan odamga ham yuqishi mumkin.
Kasallik grippga o‘xshash alomatlar bilan boshlanib, keyinchalik yurak va o‘pka yetishmovchiligiga olib keladi. Kasallanganlarning taxminan 40 foizi vafot etadi.
Xantavirusni davolash uchun maxsus dori vositalari mavjud emas, shu sababli asosiy e’tibor quvvatlovchi terapiyaga qaratiladi; og‘ir holatlarda bemorlar o‘pkasi sun’iy shamollatish apparatlariga ulanadi.
Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va Janubiy Afrika Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha holat bo‘yicha izoh bermadi.
Mavzuga oid yangiliklar

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Ebola Yevropada: Fransiyada ilk kasallik holati tasdiqlandi
Jahon
24.06.2026, 17:34

Sifatsiz oziq-ovqat tufayli yiliga 1,5 million odam vafot etmoqda – JSST
Jahon
08.06.2026, 11:11

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Kongo va Ugandada Ebola epidemiyasi tarqaldi
Jahon
18.05.2026, 09:56

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?
Jahon
12.05.2026, 15:09
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
