Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
“NAZA” hujjatli filmi atrofidagi keskin bahslar fonida Binyamin Netanyahu askarlarni tanqid qilgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish loyihasini taklif qilmoqda.
Jahon
17.09.2026, 16:19
Ulashish:

Bosh vazir Binyamin Netanyahu 16-sentyabr kuni Isroil askarlariga tuhmat qilgan har qanday shaxsning fuqaroligini bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilishga va’da berdi. Bu haqda Reuters nashri yozdi.
Bu askarlar tomonidan G‘azo tinch aholisi o‘ldirilishi haqidagi “NAZA” hujjatli filmining isroillik rejissyorlariga qarshi navbatdagi tahdiddir.
Isroillik jurnalistlar Yuval Abraham va Reychel Szor tomonidan suratga olingan “NAZA” filmi Isroilning G‘azodagi nishonga olish qarorlarida aholining ommaviy o‘limi muntazam ravishda hisobga olinganini da’vo qiladi. Netanyaxu va harbiylar esa buni rad etmoqda.
O’tgan hafta Venetsiya kinofestivalida yirik mukofotni qo‘lga kiritgan ushbu film razvedka xodimlari va askarlar bilan o‘tkazilgan anonim intervyular asosida yaratilgan.
Bu Isroilda keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi, harbiylar unga aloqador bo‘lgan shaxslarga nisbatan huquqiy choralarni ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Isroilda 27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan yuzaga kelgan keskin siyosiy muhitga ham ta’sir ko‘rsatdi: so‘rovlarga ko‘ra, Netanyaxuning o‘ng qanot koalitsiyasi mag‘lub bo‘lishi mumkin.
16-sentyabr kuni Netanyahu Isroil askarlariga yetkazilgan “ulkan zarar”ni bartaraf etishga qaratilgan ikkita qonun loyihasini ilgari surishga va’da berdi.
“Birinchisi — (Isroil) askarlariga tuhmat qilgan har qanday shaxsning fuqaroligini bekor qilish, ikkinchisi esa ularning cho‘ntagiga zarba berish va tuhmat qilgani uchun undirilishi mumkin bo‘lgan qonuniy tovon puli miqdorini 20 baravarga oshirish”, – dedi Netanyahu.
Netanyahu qonun loyihalarini taklif qilishda uchta holatni keltirib o‘tdi:
- (Isroil) ofitserlari va askarlarini harbiy jinoyatchilar sifatida tasvirlagan “NAZA” filmi;
- so‘lchi sobiq general, hozirda siyosatchi bo‘lgan Yair Golanning 2025-yildagi “sog‘lom aqlga ega mamlakat bolalarni xobbi sifatida o‘ldirmaydi” degan so‘zlari;
- 2024-yilda harbiy huquqshunos zobit tomonidan askarlarning g‘azolik mahbusni qiynoqqa solayotgani aks etgan videoning oshkor qilinishi.
NAZA kinoijodkorlari isroilliklarning ushbu hujjatli filmni tomosha qilishi va unda ilgari surilgan voqealar bayoni ustida bosh qotirishi kerak, deb hisoblashlarini aytishmoqda.
G‘azo sog‘liqni saqlash rasmiylarining ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azoning katta qismini vayronaga aylantirgan harbiy kampaniyasi oqibatida 73 mingdan ortiq falastinlik, asosan tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Urush HAMASning 2023-yil 7-oktyabr kuni Isroilga uyushtirgan hujumi ortidan kelib chiqqan bo‘lib, Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, unda 1200 kishi, asosan tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Jahon
17.09.2026, 16:19
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
Jahon
10.09.2026, 16:13

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi
Jahon
17.08.2026, 10:31

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi
Siyosat
10.08.2026, 11:14

Isroil hujumlari tufayli Ğazoda 18 kişini halok böldi
Jahon
03.08.2026, 10:01

Isroilning 2 nafar vaziriga Irlandiyaga kirish taqiqlandi
Jahon
06.06.2026, 15:20
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
So'nggi yangiliklar

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22

Özbekistonda noyabr oxirida havo 22 darajagaça isiydi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 12:39

Hindistonda musulmonlar deportatsiya va hibs xavfiga duç kelmoqda
Jahon
16.11.2026, 11:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
