“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.
Jahon
21.05.2026, 14:01
Ulashish:

Tayvan prezidenti Lay Ching-te payshanba kuni AQSH rahbari Donald Tramp bilan suhbatlashishdan “mamnun” bo‘lishini aytdi. Bunday muloqot qirq yildan ortiq davom etib kelgan diplomatik protokolni buzishi va Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Lay bilan gaplashishini ma’lum qildi.
Agar muloqot amalga oshsa, bu Vashington 1979-yilda diplomatik aloqalarni Taypeydan Pekinga o‘tkazganidan beri amaldagi Tayvan va AQSHning prezidentlari ilk bor bir-biri bilan suhbatlashishi bo‘ladi.
“Tayvan Tayvan bo‘g‘ozidagi mavjud barqaror status-kvoni saqlash tarafdori” va “Xitoy tinchlik va barqarorlikni izdan chiqaruvchi tomon”dir, — deya ma’lum qildi Lay.
"U bilan o‘zim gaplashaman. Men hamma bilan gaplashaman", — dedi Tramp.
Shu bilan birga, o‘tgan hafta Pekinga davlat tashrifi chog‘ida Xitoy raisi Si Szinpin bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazganini qo‘shimcha qildi.
Xitoy orolni o‘z hududining bir qismi deb hisoblaydi va uni kuch ishlatib egallash bilan tahdid qiladi. Trampning taxminicha, Tayvanga qurol-yarog‘ sotishdan Xitoy bilan savdolashishda vosita sifatida foydalanish mumkin.
Shundan so‘ng Lay hukumati hujumkor pozitsiyani egallab, AQShning Tayvanga nisbatan siyosati o‘zgarmaganini va Tramp Xitoy oldida orolga qurol sotish bo‘yicha hech qanday majburiyat olmaganini qat’iy ta’kidlay boshladi.
Tayvan Xitoyning har qanday ehtimoliy hujumini qaytarish uchun AQSH ko‘magiga qattiq tayanadi.
2016-yilda, o‘zining ilk saylovdagi g‘alabasidan so‘ng, saylangan prezident Tramp Tayvanning o‘sha vaqtdagi prezidenti Say Invenning telefon qo‘ng‘irog‘ini qabul qilib, Pekinning g‘azabini qo‘zg‘atgan hamda diplomatlar, jahon yetakchilari va Xitoy bo‘yicha mutaxassislarni hayratda qoldirgandi.
Jahon
21.05.2026, 14:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti
Siyosat
04.06.2026, 15:41

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10

Pekindagi baland binoga kichik samolyot urildi
Jahon
27.06.2026, 10:09

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
So'nggi yangiliklar

Özbekistonning ekologik loyihasi 94 mamlakat orasida birinçi böldi
Oʻzbekiston
26.11.2026, 18:09

Endi sun’iy intellekt özbek tilida ravonroq sözlaşa oladi
Fan-texnologiya
26.11.2026, 16:20

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?
Oʻzbekiston
26.11.2026, 15:37

Qöştepa kanali tayyor: Afğoniston suvni qaçon oladi?
Siyosat
26.11.2026, 14:58

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?
Iqtisodiyot
26.11.2026, 12:10

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi
Jahon
26.11.2026, 11:19

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi
Oʻzbekiston
26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?
Siyosat
26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari
Fan-texnologiya
25.11.2026, 17:17

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:32

Taysonda şizofreniya aniqlandi
Sport
25.11.2026, 11:52

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 10:41

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi
Ta'lim
25.11.2026, 10:19

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi
Sport
25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada
Siyosat
24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?
Jahon
24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Jahon
24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
