Tramp Yevropa davlatlariga 100 foizlik boj bilan tahdid qilmoqda
Yevropa AQSH texnologiya gigantlariga soliq solsa, Tramp 100 foizlik import bojini joriy etmoqchi. Ammo ba'zi Yevropa davlatlarida bunday soliq allaqachon mavjud.
Jahon
27.06.2026, 13:25
Ulashish:

Donald Tramp AQSH texnologiya gigantlari uchun raqamli xizmatlar solig‘ini joriy qiladigan Yevropa davlatiga 100 foizlik import bojini qo‘llashini bildirdi. Bu haqda BBC ma'lumot berdi.
Tramp “Truth Social” platformasida yozishicha, ko‘plab Yevropa mamlakatlari bunday yig‘imni joriy etishni muhokama qilmoqda, ba’zilari esa bunga yaqin turibdi.
U jazo choralari zudlik bilan qo‘llanilishidan va mavjud har qanday ikki tomonlama savdo shartnomalari butunlay bekor qilinishidan ogohlantirdi.
Bayonot yangi yig‘imlarni tez orada joriy etishni rejalashtirayotgan davlatlarga qaratilgan. London bunday soliqni 2020-yildayoq amalga kiritganini hisobga olsak, uning Buyuk Britaniya uchun aniq oqibatlari darhol ayon bo‘lmadi.
“Ushbu bayonot shuni anglatsinki, bunday soliqni joriy qilgan har qanday davlatning Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuboradigan barcha tovarlariga zudlik bilan 100 foizlik TARIF joriy etiladi”, — deb yozdi u.
Britaniyada allaqachon soliq bor
Buyuk Britaniyaning 2 foizlik Raqamli xizmatlar solig‘i raqamli biznesdan oladigan global daromadi 500 million funt sterlingdan, Buyuk Britaniyadagi umumiy daromadi esa 25 million funt sterlingdan oshadigan yirik qidiruv tizimlari, ijtimoiy tarmoq platformalari va onlayn bozorlarga (marketpleyslar) nisbatan qo‘llanadi.
Bu holat AQShning Apple, Google, Meta va Amazon kabi yirik kompaniyalariga ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk Britaniya G‘aznachiligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu soliq 2024–2025 yillarga kelib 800 million funt sterlingdan ortiq daromad keltirgan. Bu ko‘rsatkich 2023–2024 yillardagi 678 million funt sterlingga nisbatan sezilarli darajada yuqori.
Yevropadagi vaziyat
Trampning shunday soliqni joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa davlatlariga javob choralari bilan tahdid qilishi AQSH va Yevropa Ittifoqi yangi savdo bitimini yakunlaganidan bir necha kun o‘tib yuz berdi.
Soliq siyosati bilan shug‘ullanuvchi “Tax Foundation” notijorat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya, Italiya va Ispaniya ham o‘z hududida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalarga 3 foizlik raqamli xizmatlar solig‘ini joriy qilgan.
Yevropa Ittifoqining yana bir qancha davlatlari ham shunga o‘xshash soliqni amaliyotga tatbiq etgan yoki taklif bildirilgan.
Joriy yil boshida Amazon aynan shunday soliqlarni sabab qilib, sotuvchilardan olinadigan to‘lovlarni oshirgan edi.
Trampning tariflar siyosati
Tramp 2025-yilda qayta prezident bo‘lganidan buyon ko‘plab mamlakatlarga yuqori tariflar joriy etishga urinmoqda.
Fevral oyida AQSH Oliy sudi Trampning 10 foizlik global boj joriy etishga qaratilgan avvalgi urinishini bekor qildi.
Shunday bo‘lsa-da, AQSH yaqinda o‘zining deyarli butun import hajmini ta’minlaydigan o‘nlab davlatlarga ularni majburiy mehnatga qarshi yetarlicha kurashmayotganlikda ayblab, 10-12,5 foizlik yangi tariflar joriy etdi.
Jahon
27.06.2026, 13:25
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“Har biringizga $5000 dan beraman” – Trampdan yangi va’da
Siyosat
10.09.2026, 11:57

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
So'nggi yangiliklar

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
