XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.
22-oktyabr kuni Toşkentdagi Milliy kino san’ati saroyida XI Yevropa kinofestivalining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu yil festival Toşkent va Urganç şaharlarida ötkaziladi. Dasturdan Yevropaning 10 davlatida suratga olingan 11 ta film örin olgan.
Festival Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Delegatsiyasi va Kinematografiya agentligi tomonidan Yevropa davlatlari elçixonalari hamda madaniyat muassasalari kömagida taşkil etilmoqda.
Oçiliş marosimi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toyvo Klaar festivalning hududiy qamrovi kengayganini alohida ta’kidladi.
«Kino tadbirining geografiyasini Toşkentdan taşqariga kengaytiriş Özbekiston viloyatlarida madaniy almaşinuvni mustahkamlaşga xizmat qiluvçi yaxşi an’anaga aylandi», — dedi Klaar.
Uning ta’kidlaşiça, festival Yevropa madaniyatining xilma-xilligi va umuminsoniy qadriyatlarni kino orqali kaşf etişga yöl oçadi.
Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi raisi Matyoqub Matçanov ham festivalning madaniy aloqalar va kino sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişda ahamiyati kattaligini qayd etdi.
«Yevropa kinofestivali madaniyatlar örtasidagi muloqotni rivojlantiriş va ijodiy tajriba almaşiş uçun muhim maydon hisoblanadi», — dedi Matçanov.
Uning sözlariga köra, Özbekiston va Yevropa davlatlari örtasidagi hamkorlikning muhim yönalişlari qöşma filmlar yaratiş, tajriba almaşiş va özbek filmlarini xalqaro maydonda tarğib qilişdan iborat.
Festivalda qanday filmlar namoyiş etiladi?
Festivalning oçiliş filmi Fransiya va Lyuksemburg hamkorligida 2024-yilda suratga olingan «Boğdagi qayiq»(Slocum et moi) animatsion kartinasi böldi. Jan-Fransua Lagioni rejissyorlik qilgan film 1950-yillar boşida yaşovçi Fransua ismli bolaning oilasi bilan boğda yelkanli kema qurişi haqida hikoya qiladi. Unda qahramonning bolalikdan ösmirlikka ötişi va katta orzular sari intilişi aks etgan.
Dasturga Kipr, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya va Sloveniya filmlari kiritilgan. Tomoşabinlar hujjatli filmlar, psixologik dramalar, animatsiya, biografik kartinalar va romantik hikoyalarni körişlari mumkin.
Festival doirasida talabalar uçun qisqa metrajli filmlar namoyişlari ham taşkil etiladi. Ular Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va MOK HUB madaniy makonidagi dasturlarni qamrab oladi.
Taşkilotçilar barça kino ixlosmandlarini festival namoyişlariga taklif qilmoqda. Filmlar 23–25-oktyabr kunlari Toşkentdagi Milliy kino san’ati saroyida, 27-oktyabr kuni esa Urgançdagi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda namoyiş etiladi.
Barça namoyişlar bepul bölib, filmlar asl tilida özbekça va/yoki rusça subtitrlar bilan taqdim etiladi.