Mavsum boshlandi: Oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Viloyatlarda pora evazida oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan hamda til sertifikatini olib bermoqchi boʻlgan qonunbuzarlar qoʻlga olindi. Bu haqda  Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi

Ulashish:

Mavsum boshlandi: Oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Mavsum boshlandi: Oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Unda qayd etilishicha, Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi maktab oʻqituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirgʻiziston davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan. Buning  evaziga esa 6600 AQSh dollari soʻragan. Soʻralgan pullarni olayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlangan. 

Shu kabi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oʻqituvchisi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni Urganch davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda berib, fuqarodan 5 ming AQSh dollari pora soʻragan. U soʻralgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, fuqaroning mazkur ishga aloqador boʻlgan sherigi ham topilgan. U Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi boʻlib ishlagan. Sherik talab qilingan pullarni olayotganda qoʻlga olingan. 

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi shaxs oʻzining hamshahariga pora evaziga ingliz tili boʻyicha “C1” darajadagi til bilish sertifikatini olib berishga kelishgan. Buning evaziga esa fuqarodan  2400 AQSh dollari va 1 250 ming soʻm talab qilib olgan vaqtida ushlangan. 

Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston

08.08.2024, 12:12

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻrmon xoʻjaligining ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Oʻrmon xoʻjaligining ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yer maydonlarini olib berishni vaʼda qilgan bir guruh qonunbuzarlar qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini axborot xizmati xabar berdi. 

Oʻzbekiston

17.09.2024, 11:22

Oʻzbekistonda onlayn ish niqobi ostidagi moliyaviy piramida aniqlandi

Bu safar Pioneer Global Media nomi ostida faoliyat yuritgan platforma atigi 6 oy ichida oson pul topish ilinjidagi fuqarolarning mablagʻlarini oʻzlashtirgan.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 11:44

Onlayn kredit firibgarligiga uchragan fuqarolardan qarz undirish toʻxtatiladi

Agar fuqaro nomiga firibgarlik yoʻli bilan onlayn kredit rasmiylashtirilgan boʻlsa va u surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida jabrlanuvchi deb eʼtirof etilsa, kredit tashkiloti mazkur kredit hamda u bilan bogʻliq foizlarni hisoblash va undirishni toʻxtatadi.

Iqtisodiyot

21.01.2026, 12:06

Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi

Telegram va Instagram’da Davlat bojxona qoʻmitasi nomidan soxta kanal va guruhlar ochib, fuqarolarning pul mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan jinoiy guruh fosh etildi.

Oʻzbekiston

07.01.2026, 14:05

Yangi yil arafasida firibgarlar faollashdi: bitta havola orqali bank kartangizdan ayrilishingiz mumkin

Yangi yil bayramlari arafasida Telegram va ijtimoiy tarmoqlar orqali “yangi yil sovgʻalari” niqobi ostidagi zararli havolalar faol tarqalmoqda.

Oʻzbekiston

29.12.2025, 10:29

Yurist ogohlantiradi: koʻpchilik uy xaridida aynan shartnomada “tuzoq”lar borligini payqamaydi

Yangi qurilayotgan uydan kvartira xarid qilishni reja qilayotgan fuqarolarga yuristlar jiddiy ogohlantiruv bilan murojaat qilmoqda. Sababi — ayrim qurilish kompaniyalari tuzadigan shartnomalarda barcha huquq va rыchaglar kompaniya foydasiga yoziladi, xaridor esa deyarli himoyasiz qoladi.

Oʻzbekiston

12.12.2025, 11:39

So‘nggi yangiliklar

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun

1972 yilgi Myunxen Olimpiya oʻyinlari sport tarixidagi eng fojeali sahifalardan biri hisoblanadi.

Sport

05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi

Yaqin Sharqda harbiy keskinlik kuchaygani sababli 28 fevraldan boshlab bir qator xalqaro aviareyslar toʻxtatildi. Bu esa minglab Oʻzbekiston fuqarolarining chet elda qolib ketishiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston

05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Iqtisodiyot

05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39