Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi

Bokuda maktablarda yagona forma talablariga, jumladan diniy kiyimlarga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi noroziliklar ortidan 37 kishi hibsga olingani xabar qilindi. Hodisalar yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda maktab formasiga oid yangi qoidalarga qarshi noroziliklar fonida 37 kishi hibsga olindi. Bu haqda CentralAsia.media Minval nashriga tayanib xabar berdi. Ma’lumotga ko‘ra, namoyishchilar maktab xodimlari bilan to‘qnashgan, ta’lim muassasalari faoliyati va transport harakatiga xalaqit berishga uringan.

Minval xabariga ko‘ra, Bokuning Garadog‘ tumanida maktab direktorlaridan birining avtomobili yoqib yuborilgan. Yasamal tumanida esa maktabni yoqishga urinish bo‘lgan. Har ikki holatda ham jabrlanganlar yo‘q.

Noroziliklar davomida Instagram va TikTok faoliyatida ham uzilishlar kuzatilgani aytilmoqda.

Hodisalarga aloqador holatlar yuzasidan Ozarbayjon Jinoyat kodeksining 233-moddasi – jamoat tartibini buzishga olib keladigan harakatlarni tashkil etish yoki ularda faol qatnashish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bo‘yicha uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.

 

Maktab formasiga qanday talablar joriy etildi?

Ozarbayjon hukumati 21-sentabr kuni maktab formasiga oid yangi qoidalarni tasdiqlagan. Unga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’limning dunyoviy xususiyatiga zid yoki yagona maktab formasi talablariga mos kelmaydigan kiyimlarda darsga kelish taqiqlangan. 6-oktabrdan boshlab shunga o‘xshash talablar o‘qituvchilarga ham tatbiq etilgan.

12-oktabr kuni maktablarda yangi qoidalarga rioya qilinishini tekshirish boshlangan. APA agentligi xabariga ko‘ra, talabga mos kiyinmagan holda kelgan o‘quvchilar bilan maktab shifokorlari va psixologlari ishtirokida suhbatlar o‘tkazilgan. Ularning ota-onalari ham tushuntirish berish uchun maktabga taklif qilingan.

Hokimiyat vakillari diniy kiyimlarga qo‘yilgan cheklovlarni o‘quvchilar o‘rtasida tenglikni ta’minlash va ta’lim muassasalarida betaraf muhitni saqlash zarurati bilan izohlamoqda.

Parlament deputati Sevinj Fatalieva maktab formasining yagona bo‘lishi bolalar o‘rtasidagi ijtimoiy va diniy farqlarni kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlagan. Uning fikricha, forma talablari diniy e’tiqodga qarshi kurash emas, balki ta’lim muhitining betarafligini himoya qilish chorasi sifatida ko‘rilishi kerak.

Mavzuga oid yangiliklar

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"

Eron elçixonalarining Samarqandni fors sivilizatsiyasi merosi sifatida körsatgan postlaridan keyin Toşkent Tehronga norozilik bildirgandi. Eron TIV bu holatga izoh berdi.

Oʻzbekiston

29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi

Pirotexnika vositalari odamlarda qörquv va xavotir uyğotişi hamda ruhiy zöriqişga sabab bölişi mumkinligi taqiqqa asos qilib körsatilgan.

Jahon

29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...

Isroilda parlament saylovlaridan keyin ovozlarni sanaş davom etmoqda. Boş vazir Binyamin Netanyaxu tarafdorlari bloki dastlabki natijalarga köra oldinda bormoqda, biroq hukumat tuziş uçun zarur bölgan 61 ta mandatni hali qölga kiritmagan.

Siyosat

28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi

2026-yilning dastlabki olti oyida Rossiyaga kirişidan maqsad sifatida işlaşni körsatgan 1 178 609 nafar Özbekiston fuqarosi qayd etilgan.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?

Joriy yilning 15-sentabrdan boşlab özbekistonliklar uçun 60 kunlik vizasiz rejim va aeroportda viza oliş tartibi bekor qilingan edi.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin

Qirğizistonda viloyat va tumanlar örniga “aymoq” deb ataladigan 20 dan ortiq ma’muriy birlik tuziş rejalaştirilmoqda.

Jahon

28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi

Tojikistonda fuqarolarga 18 yoşga tölganidan keyingina xorijga işlaş uçun borişga ruxsat beriladi. Yangi talab prezident Imomali Rahmon tomonidan 21 oktyabr kuni imzolangan «Migratsiya töğrisida»gi qonunda belgilangan.

Jahon

28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida örtaça oylik iş haqi 7,27 mln sömga yetdi. Biroq yanvar–avgust oylaridagi mediana iş haqi 4,17 mln sömni taşkil etdi. Bu ikki körsatkiç bir-biridan farq qiladi.

Iqtisodiyot

28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Oʻzbekiston

27.10.2026, 18:08

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →