Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Hindiston AQSh va Xitoy peshqadamlik qilayotgan SI sohasida mustaqillikka erishmoqchi. Mamlakat xorijiy texnologiyalarga qaramlikni kamaytirib, mahalliy Deep Tech sanoatini rivojlantirishga urinmoqda.
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13
Ulashish:

Hindiston mamlakatdagi Deep Tech startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 milliard dollar yo‘naltirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu orqali mamlakat xalqaro texnologik poygada AQSh va Xitoydan ortda qolmaslikka hamda ilg‘or xorijiy texnologiyalarga qaramligini kamaytirishga urinmoqda.
Deep Tech – bu sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar, ilg‘or ishlab chiqarish, dronlar va kosmik texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun ishlatiladigan keng atama.
Hindiston oxirgi o‘n yil ichida Deep Tech sohasiga jami 11,6 milliard dollar sarmoya kiritgan. Bu haqda Hindiston venchur va muqobil kapital assotsiatsiyasi (IVCA) prezidenti Rajat Tandon CNBC nashriga ma’lum qildi.
Ammo hozirda birgina hukumatning o‘zi 11 milliard dollar sarmoya kiritish majburiyatini oldi, unga yana venchur kapital va xususiy sarmoya fondlari menejerlari tomonidan ham teng miqdorda sarmoya kiritiladi, dedi u.
“Yana 3 yoki 4 milliard dollar qo‘shiladi. Natijada Deep Tech investitsiyalariga sarflash uchun 25 milliard dollar mavjud bo‘ladi”, – dedi Tandon.
Ekspertlar fikricha, mazkur moliyalashtirishning kuchayishiga sabab – geosiyosiy keskinlik ortib borayotgan bir paytda hukumat ilg‘or texnologiyalar “nihoyatda muhim” ekanini anglab yetgani bilan bog‘liq.
Hozirda Xitoy va AQSH global sun’iy intellekt poygasida yetakchi. Hindistonda Xitoy texnologiyalariga shubha bilan qarash mavjud, ammo Vashingtonning texnologiyalar eksportiga qo‘ygan cheklovlari uni ham ishonchsiz qilmoqda.
“AQSH tariflari aslida Deep Tech segmentiga juda katta yordam beradi,” – dedi Crane Venture Partners boshqaruvchi direktori Anandamoy Roychudxuri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “muhim texnologiyalardan istalgan paytda uzilib qolish mumkin”, degan xavotir tufayli Hindiston mahalliy Deep Tech kompaniyalarini rivojlantiradi.
Bu xavotirlarning ayrimlari iyun oyining boshida tasdig‘ini topdi. O‘shanda Anthropic AQSh hukumatining ko‘rsatmasiga binoan xorijiy fuqarolar uchun o‘zining yangi Fable 5 va Mythos 5 modellaridan foydalanish imkoniyatini chekladi.
SuperReturn Asia tadbirida yig‘ilgan startaplarni moliyalashtirish bo‘yicha mutaxassislar Hindistonning Deep Tech kompaniyalari hali rivojlanishning dastlabki bosqichida ekanini, biroq mamlakatdagi g‘oyalar va iqtidorli mutaxassislarning salohiyati tufayli ushbu ekotizim kelajakda global miqyosdagi yetakchi kompaniyalarni yaratishga qodirligini ta’kidladi.
Avgust oyida IVCA e’lon qilgan hisobotda mamlakatdagi 100 ta fond o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. Unga ko‘ra, Hindistondagi har 10 ta fondning 9 tasi Deep Tech startaplariga kapital yo‘naltirmoqda.
2025-yilda mazkur sektorga 3 milliard dollar sarmoya kiritilgan. Bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Biroq hisobot Hindiston va AQSh o‘rtasidagi tafovutni ham ko‘rsatmoqda: AQShda shu davrda Deep Tech kompaniyalariga 136 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilgan.
Hindistonning Deep Tech startaplari duch kelayotgan asosiy kamchiliklardan biri – uzoq vaqt talab qiladigan va keng miqyosdagi innovatsion loyihalar uchun zarur mahalliy kapitalning yetishmasligidir.
Bugungi kunda Hindistonda 10 million dollardan yuqori miqdordagi sarmoya uchun chek yozishga qodir odamlar atigi 2 foizni tashkil qiladi.
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi
Jahon
19.08.2026, 14:34

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10

SI poygasi: Xitoyning DeepSeek kompaniyasi yangi modellarini taqdim etdi
Fan-texnologiya
24.04.2026, 17:04
Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi
Jahon
05.08.2025, 15:09

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46
So'nggi yangiliklar

Apple iPhone patentini buzganligi uchun $5,7 milliard to‘laydi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 17:59

Pensiya tizimida yangi tartib: qog‘oz shaklida hujjat taqdim etish bekor qilinadi
Iqtisodiyot
29.09.2026, 12:07

Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy
Jahon
29.09.2026, 11:27

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Putin Rossiya Qurolli kuchlari shtatini yil boshidan beri to‘rtinchi marta oshirdi
Jahon
29.09.2026, 10:25

Kaspiydagi fojiadan soʻng Qozogʻiston mudofaa vaziri ishdan olindi
Jahon
28.09.2026, 11:10

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

Qozogʻistonda dengizda oqib ketgan soʻnggi askarlar jasadi topildi
Jahon
26.09.2026, 13:30

Toshkentda Yevropa Ittifoqining 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita tadbiriga jurnalistlar taklif etilmoqda
Oʻzbekiston
26.09.2026, 10:08

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46
