SI poygasi: Xitoyning DeepSeek kompaniyasi yangi modellarini taqdim etdi
Sun’iy intellekt AQSH va Xitoy o‘rtasidagi texnologik ustunlik uchun kurashda hal qiluvchi jabhaga aylanib qoldi. Xitoy yaratgan yangi modellar OpenAI va Google versiyalari bilan teng raqobatlasha oladi.
Fan-texnologiya
24.04.2026, 17:04
Ulashish:

Juma kuni Xitoy DeepSeek kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan mashhur chatbotining so‘nggi versiyalari - DeepSeek-V4-Pro va DeepSeek-V4-Flash modellarining ilk sinov versiyalarini ishga tushirdi.
Kompaniya ushbu modellar orqali OpenAI va Google kabi AQSHning texnologik gigantlari bilan tengma-teng raqobatlashishga qodir ekanini yana bir bor namoyish etmoqda.
DeepSeek'ning avvalgi chatbotlari kabi, V4-Pro va V4-Flash modellari ham ochiq manbali tizimga asoslangan. Bu esa dasturchilarga ularning kodlaridan erkin foydalanish va o‘z xohishlariga ko‘ra o‘zgartirish imkonini beradi.
DeepSeek rasmiy bayonotida ta’kidlashicha, DeepSeek-V4-Pro matematika va dasturlash yo‘nalishlarida barcha ochiq manbali modeldagi raqobatchilaridan o‘zib ketadi.
Umumiy bilimlar darajasi bo‘yicha esa u faqatgina Google'ning yopiq model hisoblangan Gemini 3.1-Pro tizimidan biroz ortda qolmoqda.
Xitoy startapining qayd etishicha, "Pro" talqinining samaradorligi OpenAI-ning GPT-5.4 va Gemini 3.1-Pro modellaridan ozgina farq qiladi. Ya’ni kompaniyaning rivojlanish sur’ati dunyoning eng ilg‘or modellaridan bor-yo‘g‘i 3-6 oy ortda qolmoqda.
Firma vakillarining so‘zlariga ko‘ra, flash modeli pro versiyasiga kabi “fikrlash” qobiliyatiga ega bo‘lib, tezroq javob qaytaradi va foydalanish uchun ancha hamyonbop narxlarni taklif qiladi.

Ushbu yangi modellar o‘tgan yilning yanvar oyida texnologiya olamini hayratda qoldirgan DeepSeek-R1 debyutidan so‘ng e’lon qilindi. O‘shanda R1 o‘zining imkoniyatlari ChatGPT va Gemini bilan deyarli bir xil darajada ekanini ko‘rsatgan edi.
Xitoyda yaratilgan DeepSeek-R1 modelning alohida e’tibor qozonishiga yana bir sabab, uni ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, hisoblash ishlariga 6 million dollardan kam mablag‘ sarflangan. Odatda, bunday loyihalar uchun bir necha milliard dollar ajratiladi.
Ko‘pchilik tahlilchilar bunga shubha bilan qarab, DeepSeek e’lon qilinganidan ko‘ra ko‘proq moliyaviy mablag‘ va ancha ilg‘or chiplarga ega ekanligini aytishmoqda.
DeepSeek’ning xalqaro maydonga chiqishi ma’lumotlar himoyasi va Xitoy hukumati senzurasidan xavfsirayotgan qator davlatlarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
AQSHning bir nechta shtatlari, Avstraliya, Tayvan, Janubiy Koreya, Daniya va Italiya maxfiylik hamda milliy xavfsizlikka doir xavotirlarni sabab qilib, DeepSeek-R1 modeliga nisbatan cheklovlar joriy etdi.
Stanford AI Index 2026 hisobotiga ko‘ra, AQSH Kremniy vodiysida eng ilg‘or modellarni yaratish bo‘yicha hamon ustunlikni saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, Xitoy kompaniyalari amerikalik raqobatchilari bilan sun’iy intellekt samaradorligi borasidagi tafovutni amalda “tugatdi”.
AQSh yuqori darajadagi sun’iy intellekt modellari va “kuchli ta’sirga ega patentlar”ni ko‘proq yaratmoqda, biroq Xitoy manbalar hajmi, havolalar soni, patentlar miqdori va sanoat robotlarini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
04.09.2026, 13:32

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi
Jahon
19.08.2026, 14:34
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
