Telegram asoschisi nega qamaldi?
Pavel Durovning Fransiyada qoʻlga olinishi bilan bogʻliq nimalar maʼlum?
Jahon
26.08.2024, 13:37
Ulashish:

Durov 24 avgust kuni Fransiyaning “Le Burje” ayeroportida qoʻlga olindi. Uning hibsga olinishi, dunyo miqyosida katta muhokamalarga sabab boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Fransuz tergovchilari Durovga firibgarlik, narkotik moddalar savdosi, uyushgan jinoyatchilik, terrorizmni targʻib qilish va kiberhujumlar bilan bogʻliq ayblovlar boʻyicha hibsga olinishiga order bergan. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, Durov oʻz platformasidan jinoyat maqsadlarida foydalanishni cheklash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrmaganlikda ayblangan hamda 24 avgust kuni shanba oqshomida Bakudan Parijga oʻzining shaxsiy samolyotida kelganidan soʻng hibsga olingan. Durovni hibsda saqlanish muddati esa 96 soatga choʻzilgan. Hozirda sudya mahbusning taqdiri boʻyicha qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Telegramning javobi va Durovning himoyasi
"Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, shu jumladan, Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonunga rioya qiladi — uning moderatsiyasi sanoat standartlariga mos va doimiy ravishda takomillashib bormoqda."
"Telegram bosh direktori Pavel Durov yashirishga hech narsasi yoʻq va Yevropada tez-tez sayohat qiladi. Platforma yoki uning egasi platformada sodir boʻlgan suiisteʼmolliklar uchun javobgar deb daʼvo qilish — absurd. Biz bu vaziyatning tezda hal qilinishini kutmoqdamiz", deyiladi Telegram bayonotida.
Bundan tashqari, Rossiya hukumati Fransiyani hamkorlikdan bosh tortganlikda aybladi. Parijdagi Rossiya elchixonasi Durov bilan uchrashishga ruxsat soʻragan. Ammo Fransiya hozirgacha bu vaziyatda aloqaga kirishishdan qochayotganini bildirilgan.
Pavel Durovning Rossiyadan qochishi
Durov 2014 yilda VKontakte ijtimoiy tarmogʻini yopish toʻgʻrisida Kreml talablariga boʻysunishdan bosh tortganidan keyin Rossiyani tark etgan edi. U Kreml bilan bogʻliq ziddiyatdan soʻng VKni tark etdi va Telegram platformasiga eʼtibor qaratdi.
Shundan soʻng, u 2013 yilda ukasi Nikolay bilan birga ushbu platformani tashkil etgan. Dastlab, Telegram boshqa xabar almashish dasturlariga oʻxshash boʻlgan, ammo vaqt oʻtishi bilan ijtimoiy tarmoqqa aylanib borgan.
Telegramda foydalanuvchilar bir-birlari bilan muloqot qilishdan tashqari, 200,000 kishigacha boʻlgan guruhlarga qoʻshilishlari va boshqalarni kuzatishi va fikr qoldirishi mumkin boʻlgan “kanallar” yaratildi. Shundan soʻng, 950 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga ega boʻlgan Telegram, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi toʻgʻrisida axborot va dezinformatsiya – tarqatishning asosiy manbasiga aylangan va davlat tomonidan etirozlarga sabab boʻlgan.
Durovning hozirgi hayoti va Telegram ning xavfsizlik siyosati
Durov hozirda Dubayda yashaydi, Telegram bosh qarorgohi ham Dubayda joylashgan. U Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) fuqaroligiga ega. Yaqinda u Berlin, London, Singapur va San-Fransiskoda yashashga harakat qilganini, lekin Dubayni tanlaganini aytgan. Chunki bu joyni u biznes muhiti va neytralligi uchun tanlaganini bildirgan.
Jahon
26.08.2024, 13:37
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Telegram asoschisi Qozogʻistonda yangi sunʼiy intellekt loyihasini eʼlon qildi
Jahon
03.10.2025, 18:36

Fransiya sudi Pavel Durovni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi
Jahon
26.08.2024, 10:24

Rossiya “Telegram”ni ham bloklashi mumkin
Jahon
11.02.2026, 13:58

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi
Ta'lim
16.10.2025, 12:29
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49
So‘nggi yangiliklar

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar
Jahon
24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti
Oʻzbekiston
24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
24.02.2026, 09:40

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi
Jahon
23.02.2026, 14:41

Meksikada mashhur narkobaronning oʻldirilishi ortidan tartibsizliklar avj oldi
Jahon
23.02.2026, 12:28

8 mart yakshanbaga toʻgʻri keladi: dam olish kunlari qanday boʻladi?
Oʻzbekiston
23.02.2026, 11:38

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan
Jahon
23.02.2026, 09:15

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

Chiqindilarni olib ketish xizmatida yangi toʻlov tizimi joriy etildi
Iqtisodiyot
22.02.2026, 14:36

Mubashshir Ahmad «Sangorod»ga oʻtkazildi
Oʻzbekiston
22.02.2026, 11:17

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49
