Prezident Mirziyoyev dehqonlarga nimalarni vaʼda qildi?

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqani rivojlantirish boʻyicha alohida kengash tuziladi. U aholini oʻqitishdan tortib, urugʻ, koʻchat yetkazish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksportga chiqarish zanjirini yaratish bilan tizimli shugʻullanadi. Bu haqda kecha, 30 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yigʻilishda maʼlum qilindi.

Ulashish:

Prezident Mirziyoyev dehqonlarga nimalarni vaʼda qildi?

Prezident Mirziyoyev dehqonlarga nimalarni vaʼda qildi?

Qayd etilishicha, mazkur kengashni boshqarish uchun "Uzagrostar" xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilik yoʻnalishlariga ixtisoslashgan 15 ta kompaniya ochiladi. Ushbu kompaniyalar meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha oʻz brendini yaratgan 15 ta drayver tumanni yangi bosqichga olib chiqib, ularning tajribasini yana 72 ta tumanda ommalashtiradi. 

Shuningdek, har bir kompaniyaga byudjetdan 20 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi. Tomorqa kengashida alohida jamgʻarma tashkil qilinib, dastlabki bosqichda 260 milliard soʻm pul va 1,2 trillion soʻmlik kredit portfeli beriladi. 

Buning hisobiga 15 ta kompaniya biriktirilgan tumanlardagi ixtisoslashgan mahallalar aholisini oʻziga mijoz qilib, mablagʻ bilan taʼminlaydi. Tomorqada hosilni koʻpaytirish uchun chetdan yangi texnologiya va ekspertlar olib keladi. 

Bundan tashqari, xonadonlarga hosildor urugʻ va koʻchat, sifatli oʻgʻit yetkazish, agrotexnik xizmatlar koʻrsatish, mahsulotini qayta ishlash, saqlash va eksport qilishda koʻmaklashadigan tizim tashkil etiladi. 

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan, mahalla va xonadonlarda muzlatkich, qadoqlash, quritish, qayta ishlash omborlari va issiqxonalar qurilib, aholiga 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan tayyor holda beriladi. 

Tomorqa xizmatlarini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 17,5 foizli imtiyozli kredit ajratiladi. Aholi va dehqonlarning eng namunali loyihalari uchun har yili 20 milliard soʻmlik grantlar eʼlon qilinadi. Bunda 500 ta mahalladagi eng zoʻr loyihaga 40 million soʻmdan grant beriladi. 

Shu bilan birga, mahallada eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyib bergan usta-dehqonlarga 100 million soʻmgacha, qisqa muddatli oʻquv kursini tashkil qilganlarga 5,5 million soʻm subsidiya ajratiladi. Suv taʼminoti ogʻir joylarda yomgʻir suvini toʻplash va saqlash sigʻimini qurish xarajatining yarmi qoplab beriladi. 

Oxirgi uch yilda 260 ming gektar yer aholiga boʻlib berilgan edi. Endi bu takomillashtirilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatida boʻsh turgan 3 ming 300 gektar yer tajriba tariqasida yangicha tartibda ijaraga beriladi. Bunda, konturlar 3 gektardan 50 gektargacha yaxlit holda savdoga qoʻyilib, 49 yilga ijaraga beriladi. 

Bu yil kartoshkachilikni rivojlantirish uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan 400 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Import qilingan hamda mahalliy yetishtirilgan urugʻlik kartoshkani sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻining 50 foizi "keshbek" sifatida qaytarib beriladi. 2027 yildan kartoshkaga ehtiyoj toʻliq ichki imkoniyat hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.

So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48