Qurgʻoqchilik vaqtida ham Oʻzbekiston GESlar qurishda davom etadimi?
Soʻnggi sakkiz yil ichida oʻrtacha 6,5 milliard kilovatt-soat koʻrsatkichga nisbatan 500-600 million kilovatt-soat yoki 10-15%ga elektr energiya koʻp ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi maʼlumotlarga koʻra, mamlakat gidroenergetika salohiyati yiliga 27,4 milliard kilovatt-soatni tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston
09.08.2025, 15:32
Ulashish:
“Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari Farrux Narzullayevning aytishicha, jamiyat tarkibidagi GESlar soni 80 taga yetkazildi. Bu 2017 yilga nisbatan 44 taga koʻpaygan hamda jami umumiy quvvati 2274 megavattni tashkil etmoqda. Bu 2017-yilga nisbatan qoʻshimcha 450 megavatt quvvatlar foydalanishga topshirilganini koʻrsatadi. Natijada soʻnggi sakkiz yilda amalga oshirilgan ishlar hamda amalga oshirilgan loyihalar natijasida oʻrtacha ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 15% ga koʻpaydi.
Shuningdek, 2025 yil yanvar-iyun oylarida 3 milliard 600 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqarish taʼminlandi hamda reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan.
Unga koʻra, elektr energiyani sotishdan tushgan mablagʻlarning 15%i ishlab chiqarish xarajatlariga, ekspluatatsiya xarajatlariga, 20%i soliq toʻlovlari hamda hukumat tomonidan belgilangan majburiy toʻlovlarni amalga oshirishga, 39%i jalb qilingan kredit majburiyatlarini bajarishga yoʻnaltirilgan. Qolgan 26%i sohani rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan. Xususan, hisobot davrida 278 milliard soʻm soliq toʻlovlari uchun hamda 353 milliard soʻm kredit majburiyatlarini toʻlash uchun yoʻnaltirildi. BMT hisobotlariga koʻra, 2030 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng qamrovli qurgʻoqchilik kuzatiladi. PARADIGMA.UZ muxbiri tashkilot bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishi hamda Oʻzbekiston qurmoqchi boʻlgan GESlar qurilishi haqida savol berdi.
Farrux Narzullayevning aytishicha, har bir loyihani amalga oshirish uchun iqtisodiy asoslar ishlab chiqariladi hamda vakolatli organlar bilan birgalikda hamkorlik qilinadi. Bu bosqichlardan oʻtgandan keyingina buni hukumat tasdiqlaydi.
“Shu loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqishda tizimimizda mana “Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyati bor, bu bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi. Bu 100 yilga yaqin tajribaga ega. Uning oʻziga yarasha 100 yillik maʼlumotlar bazasi tashkil etilgan, asosiy loyiha institutida. Har bir loyihani ishlab chiqishimizda biz, masalan, Piskom daryosidanmi yoki Chotqol daryosidanmi, uning 50-60 yil davomida kelgan suvi tahlil qilinadi. Oʻsha tahlillar natijasida, masalan, quvvati nima uchun 90 megavatt? Nimaga 110 megavatt emas, 90 megavatt tanlandi? U eng samarali, yaʼni suv kelishi tahlillaridan kelib chiqib hisoblanadi”, — dedi u.
Shuningdek, uning aytishicha, GES'lar qurilayotganda suv havzalaridagi yoki boshqa suvga zarar yetmaydi. Gidroenergetika bu yashil energiya hisoblanadi. Qurilishda atrof-muhitga taʼsiri, bular hammasi hisob-kitob qilinadi. Lekin GES'ning ishlashi, energiya ishlab chiqarishi suvning ifloslanishiga olib kelmaydi. Birgina misol, Chorvoq suv ombori.
“Respublikamizdagi eng yuqori GES 660 megavatt, undan pastda Xojikent, Gʻazalkent GESlarimiz bor. Ichimlik suvi GES'lar orqali oʻtib, Toshkent shahriga yetib keladi. GESlarda energiya ishlab chiqarilishi, GESlar orqali suvlarning oʻtkazilishi suvning sifatiga taʼsir qilmaydi va ifloslanishiga olib kelmaydi. Bu yashil energiya, eng toza elektr energiya ishlab chiqarish hisoblanadi”, — dedi u.
Farrux Nazrullayevga koʻra, Amudaryoning Afgʻoniston tomonidan Toliblar tomonidan qurilayotgan Qoʻshtepa kanali faqat Xorazm viloyatidagi Tuyamoʻyin suv omboridagi GESga taʼsir qilishi mumkin. Chunki Oʻzbekistonning Amudaryoda boshqa GESi yoʻq.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ ijro apparati rahbari Suhrob Xamrayevga koʻra, afgʻonlar tomonidan qurilayotgan kanal Amudaryoning qancha qismini egallashi haqida hozircha ularda maʼlumot yoʻq.
Oʻzbekiston
09.08.2025, 15:32
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi
Iqtisodiyot
20.02.2026, 10:10

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09

Oʻzbekiston – AQSh: ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi
Siyosat
19.02.2026, 13:57
Mashhur yangiliklar

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31
So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48
Mashhur yangiliklar

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31
