Sirojiddin Shamsutdinov yana Oʻzbekistonning Jiddadagi bosh konsuli boʻldi
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Siyosat
24.03.2025, 11:30
Ulashish:

Sirojiddin Shamsutdinov yana Oʻzbekistonning Jiddadagi bosh konsuli boʻldi
Unga koʻra, Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan yaqin doʻstona va ishonchli munosabatlar tufayli mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilganini, barcha sohalarda yaqin sheriklik faollashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
"Shu yil 7 mart kuni Jidda shahrida boʻlib oʻtgan IHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yigʻilishida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning ishtiroki yuqori baholandi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, Saudiya tomoni yangi tayinlangan bosh konsulga ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va konsullik-huquqiy sohalarda oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi faoliyatiga har tomonlama amaliy koʻmak koʻrsatishga tayyorligini bildirgan.
Maʼlumot oʻrnida, Sirojiddin Shamsutdinov shu kunga qadar Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. Diplomat 2017-2021 yillarda ham Oʻzbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli vazifasida faoliyat olib borgan. U Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. Arab va ingliz tillarida mukammal soʻzlasha oladi.
Siyosat
24.03.2025, 11:30
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentning qaysi manzillarida issiq suv vaqtincha to‘xtatilishi aytildi
Oʻzbekiston
25.03.2025, 14:31

Samarqand va Toshkent viloyatlarida yaroqsiz benzin sotayotganlar ushlandi
Oʻzbekiston
27.03.2025, 11:35

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?
Siyosat
11.04.2025, 18:49

Keskinlashgan Isroil-Turkiya munosabatlari yoxud "yangi usmoniylik" siyosati
Siyosat
12.04.2025, 13:43

Oʻzbekistonda qimmatlashgan gaz va “svet”ning yangi narxlari eʼlon qilindi
Siyosat
25.03.2025, 16:16

Mutaxassis sharhi: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi sammitidan qanday yangiliklar kutilmoqda?
Siyosat
04.04.2025, 12:48
So‘nggi yangiliklar

Hukumat xakerlar orqali faollarni kuzatayotgani aytilmoqda
Jahon
19.04.2025, 16:46

“Turk birlik”da darz: Shimoliy Kipr Turkiyaga Oʻzbekiston va Qozogʻistonga nisbatan chora koʻrishga chaqirdi
Siyosat
16.04.2025, 17:24

Keskinlashgan Isroil-Turkiya munosabatlari yoxud "yangi usmoniylik" siyosati
Siyosat
12.04.2025, 13:43

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?
Siyosat
11.04.2025, 18:49

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda inson huquqlarini birinchi va muhim oʻringa chiqarishi lozim — HRW
Siyosat
08.04.2025, 15:03

Yoʻlak urushlari yoxud Asaddan keyingi davrda Suriyadagi Turkiyaning energiya loyihalari
Jahon
07.04.2025, 19:26

Madinada emas, Oʻzbekistonda daraxt ekish kerakmi?
Oʻzbekiston
07.04.2025, 15:27

Mutaxassis sharhi: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi sammitidan qanday yangiliklar kutilmoqda?
Siyosat
04.04.2025, 12:48

Putinning maslahatchisi AQSh – Rossiya munosabatlari qayta tiklanishini maʼlum qildi
Jahon
04.04.2025, 11:00

Yevropa Kengashi Turkiyaga maʼlumotlarni oʻrganish uchun guruh yuboradi
Siyosat
02.04.2025, 16:44

Xitoy Tayvan atrofida harbiy mashgʻulotlar boshladi
Siyosat
02.04.2025, 15:55

Yahudiy rohibini oʻldirganlikda ayblanib qoʻlga olingan 3 nafar oʻzbekistonlik oʻlimga hukm qilindi
Oʻzbekiston
01.04.2025, 20:48