Xitoy Tayvan atrofida harbiy mashgʻulotlar boshladi

Bugun, 2 aprel kuni mintaqada keskinlik kuchayib borayotgan bir vaqtda Xitoy harbiylari Tayvan atrofida otishmalar va harbiy mashgʻulotlar boshladi. Bu haqda “Independet” nashri xabar qildi.

Ulashish:

Xitoy Tayvanda harbiy mashg'ulotlarini boshladi

https://www.dw.com/en/china-drills-in-taiwan-strait-risk-to-regions-security-us/a-72111404

Xitoy hukumati bu mashgʻulotni Xitoy xalq ozodlik armiyasining sharqiy qoʻmondonligining “Strait Thunder 2025A” mashgʻulotlarining bir qismi ekanligini maʼlum qildi.  

Nashrning yozishicha,  Xitoy harbiylari Tayvan atrofida oʻtkazilgan harbiy mashgʻulotlarda “Shandun” samolyot tashuvchisi ishchi guruhi Tayvan sharqidagi quruqlik va dengiz nishonlariga zarba berish uchun ishlatgan.

Xitoy harbiylar bayonotiga koʻra, mashgʻulotlar kema va samolyotlarni muvofiqlashtirish, hududning havo ustunligini qoʻlga kiritish, quruqlikdagi va dengizdagi nishonlarga zarba berishni oʻz ichiga olgan.

Sharqiy teatr qoʻmondonligi matbuot kotibi, katta polkovnik Shi Yi " Strait Thunder 2025A" harbiy mashqlari Tayvan boʻgʻozining markaziy va janubiy qismlarida oʻtkazilganini hamda "tekshirish va aniqlash, ogohlantirish va haydab chiqarish, toʻsib olish va qoʻlga olish kabi vazifalarni bajarish"ga qaratilganini maʼlum qildi.

 

 

Shuningdek, harbiy vakillar mashgʻulotlar port va energetika inshootlariga aniq zarba berishni mashq qilishga moʻljallangani haqida xabar berdi, biroq aniq joylashuv toʻgʻrisida tafsilotlar keltirmagan.

Ushbu mashqlar AQSh mudofaa vaziri Pit Xegsetning Osiyo boʻylab davom etayotgan safari vaqtida oʻtkazilmoqda. Xegset safar davomida koʻplab mamlakatlarga tashrif buyurib, Xitoyning bunday harakatlarini tanqid qilmoqda hamda Xitoyning Tayvanga tahdidiga qarshi turishning Vashington uchun asosiy ustuvor vazifa ekanligini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun, Tayvanni  hududida Xitoy soʻnggi yillarda orol atrofida koʻplab mashgʻulotlar oʻtkazdi. Pekin oʻtgan yili saylangan janob Layga qarshi ritorikasini kuchaytirib, uni suverenitetga intilayotgani uchun "separatchi" deb qoraladi.

Kutilmagan harbiy mashgʻulotlarni hisobga olib, Xitoyning Dengiz xavfsizligi boshqarmasi Tayvandan 500 km uzoqlikdagi sharqiy Chjejiang provinsiyasining shimoliy qismidagi yuk tashish zonasini payshanbaga oʻtar kechasi yopilishini eʼlon qildi.

Tayvan mudofaa vazirligi chorshanba kungi soʻnggi yangilanishida soʻnggi 24 soat ichida Xitoyning 76 samolyoti va 15 ta harbiy kemasi Tayvan atrofida harakat qilganini aytdi.

Siyosat

02.04.2025, 15:55

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Dunyo siyosatiga qutblanishlarning taʼsiri

Xalqaro munosabatlar bugungi kunda bir nechta chuqur oʻzgarishlar taʼsirida shakllanmoqda - bu esa siyosatchilar uchun jarayonni anglash va zarur choralarni koʻrishda jiddiy sinov boʻlib qolmoqda. Jahon siyosati barqarorlik doirasidan chiqib, tobora koʻproq tartibsizlik sari harakatlanmoqda, xususan, Tramp maʼmuriyatining Oq Uyga qaytishi bilan bu yanada yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Ayni oʻzgarishlardan biri - texnologik markazlarning anʼanaviy hududlardan chekkaroq, noanʼanaviy mintaqalarga siljishi boʻlib, bu global tenglik va kuch muvozanatini oʻzgartirib yubormoqda. Shu bilan birga, oʻta oʻng va oʻta chap siyosiy kuchlar oʻrtasidagi tafovut keskin ortib bormoqda - bu esa siyosiy tizimlarda radikallashuv xavfini kuchaytiradi.

Siyosat

24.04.2025, 15:36

Нетаняху Озарбайжонга ташриф буюради. Алиев уни ҳибсга оладими?

Netanʼyaxu Ozarbayjonga tashrif buyuradi. Aliyev uni hibsga oladimi?

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanʼyaxu 2025 yil may oyining boshida rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi. Boku shahrida u Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashib, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi. Bu tashrif AQSh va Eron oʻrtasidagi yadroviy muzokaralar qayta tiklangan, Turkiyaning Suriyadagi harbiy ishtiroki boʻyicha bahslar davom etayotgan bir paytda amalga oshmoqda. Bu haqda "Ynet" xabar qildi.

Siyosat

24.04.2025, 23:54

Pegasus, Isroil

Hukumat xakerlar orqali faollarni kuzatayotgani aytilmoqda

Oʻzbekiston muxolifat, jurnalist va inson huquqlari faollarining shaxsiy muloqotlarini kuzatishda "Pegasus"  josuslik dasturida foydalanayotganligi aytilmoqda.

Jahon

19.04.2025, 16:46

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?

­­Amerikalik diplomatlarning yaqinda Kobulga qilgan tashrifi Qo‘shma Shtatlar va Tolibon harakati o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi ilk ehtiyotkor qadamlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Siyosat

11.04.2025, 18:49

Foto: Anadolu

Yoʻlak urushlari yoxud Asaddan keyingi davrda Suriyadagi Turkiyaning energiya loyihalari

Asad rejimining qulashi ortidan voqealar rivojining sabablarini tushuntiradigan har xil "nazariyalar" paydo boʻldi. Versiyalardan biri buning ortida butunlay Turkiya turgani, bu esa Suriya va oʻz hududi orqali Qatardan Yevropaga gaz quvurini qurish loyihasini jonlantirayotgani haqidagi taxmindir. Shunga koʻra, Anqara Rossiya, Kaspiy dengizi havzasi, Sharqiy Oʻrtayer dengizi, Fors koʻrfazidan gaz oqimini toʻxtatib, kontinental gaz markazi sifatidagi strategik maqomini yanada mustahkamlamoqchi. Bu haqiqatmi yoki yoʻq? Aniqlik kiritish zarur.

Jahon

07.04.2025, 19:26

So‘nggi yangiliklar

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57