Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalar harakatini tartibga solish hamda minalardan tozalashga oid  qo‘shma loyiha bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Ulashish:

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda

25-avgust kuni Eron va Ummon tashqi ishlar vazirlari Tehronda uchrashdi. Uchrashuvda Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini bosqichma-bosqich tartibga solish masalasi muhokama qilindi.

Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy va uning eronlik hamkasbi Abbos Aroqchi “keyingi qadamlar uchun asos yaratuvchi bosqichma-bosqich yondashuvni muhokama qildilar”, deyiladi qo‘shma bayonotda.

Taklif etilayotgan yondashuv bo‘g‘oz orqali “vaqtinchalik qo‘shma navigatsiya yo‘lagi” ochishni va suv yo‘lini minalardan tozalash loyihasini o‘z ichiga oladi.

Keyingi muzokaralarda doimiy navigatsiya yo‘lagi, bo‘g‘ozning kelajakdagi boshqaruvi, axborot almashish, harakatni tartibga solish hamda tegishli navigatsiya va xavfsizlik mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

“Tez orada Hormuz bo‘g‘ozi uchun vaqtinchalik yo‘lak ochilishini e’lon qilishimizga umidvorman,” — deb yozdi Albusaidiy X ijtimoiy tarmog‘ida. 

U ikki davlat doimiy yechim topish, shuningdek, bo‘g‘ozni kim boshqarishi bo‘yicha kelishuvga erishish ustida ishlashini qo‘shimcha qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiyning davlat televideniyesiga ma’lum qilishicha, Ummon ko‘rfazidan Fors ko‘rfaziga kiruvchi dengiz transporti uchun vaqtinchalik yo‘lak to‘liq Eron suvlari orqali, chiqish yo‘lagi esa Eron va Ummon suvlari orqali o‘tadi.

G‘aribobodiyning qo‘shimcha qilishicha, Eron va Ummon 30 kundan 60 kungacha davom etadigan keyingi muzokaralarni o‘tkazadi.

 

“Ummonni bombalaymiz”

Uchrashuv AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasidagi Hormuz bo‘g‘ozi yuzasidan muzokaralarga Ummon to‘sqinlik qilgudek bo‘lsa, unga zarba berish bilan tahdid qilganidan bir hafta o‘tib o‘tkazildi.

“Agar Ummon yo‘limizga to‘g‘onoq bo‘lsa, biz ularni bombardimon qilamiz”, – dedi Tramp AQSh va Eron o‘rtasidagi iyun oyi anglashuv memorandumining muddati tugashi bilan.

Shunday qilib, Trampning Eron va Ummon o‘rtasida erishilgan kelishuvni qabul qilishi noaniq.

Mavzuga oid yangiliklar

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas

Eron va AQSh o‘rtasidagi anglashuv memorandumi samarasiz yakunlandi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozida harbiy pozitsiyani egallamoqda, Vashington esa muzokaralarni uzaytirishni istamayapti. 

Siyosat

18.08.2026, 11:50

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada

Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.

Siyosat

15.08.2026, 12:13

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi

Iyun oyida tuzilgan kelishuvda “barcha jabhalarda harbiy amaliyotlarni tezda batamom to‘xtatish” e’lon qilingan edi, biroq u ko‘p o‘tmay barbod bo‘ldi.

Siyosat

13.08.2026, 13:37

AQSH Eron portlariga blokada joriy etdi

Eronning aytishicha,  AQSH vaqtinchalik sulh kelishuvini yo‘qqa chiqargan. Tramp esa Eronni “Birinchi bo‘lib o‘q uzish”da aybladi.

Siyosat

15.07.2026, 15:11

Tramp Kongressga Eron bilan urush qayta boshlanganini bildirdi

AQSH qonunchiligiga ko‘ra, prezident Kongress roziligisiz urush boshlasa, uni 60 kun ichida to‘xtatishi shart. AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha 60 kunlik muddat 1-mayda tugagan. Ammo Trampda urushni davom ettirish uchun "bahona" mavjud.

Siyosat

14.07.2026, 11:34

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

MrBeast Toshkentga keladi

Dunyoga mashhur YouTube blogeri MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentdagi tadbirda ishtirok etadi. Uchrashuv formati, qatnashish shartlari haqida maqolada batafsil bilib oling.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi

Human Rights Watch Sirojiddin Odilovning tovlamachilik va firibgarlik bo‘yicha shubhali ayblovlar bilan qamalishi O‘zbekistonda adolatli sudlov mezonlari yuzasidan jiddiy savollar tug‘dirayotganini ta’kidladi.

Oʻzbekiston

08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi

Tramp agar unga ushbu mukofot berilmasa, Norvegiya Nobel qo‘mitasi obro‘yiga putur yetishini ta’kidladi.

Jahon

08.10.2026, 17:49

AQSh xorijlik talabalarning ish vizasi uchun 100 ming dollar talab qildi

AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi F-1 vizasidagi xorijlik talabalar uchun yangi to‘lovlarni joriy etmoqda.

Jahon

08.10.2026, 14:43

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?

"O'zbek" atamasi ba'zi xabarlarda faqat fuqarolikni ko'rsatish uchun ishlatilsa, boshqalarida jinoyat, migratsiya va xavfsizlik mavzulari bilan bog'lab qo'llanmoqda.

Oʻzbekiston

08.10.2026, 14:31

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda

Yaqin Sharqda neft ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlar va Fors ko‘rfazi hamda Hormuz bo‘g‘ozida kemalarga hujumlar kuchayishi xalqaro neft bozoriga bosim o‘tkazmoqda. Bugun Brent nefti narxi bir barrel uchun $102 dan oshdi.

Jahon

08.10.2026, 11:35

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi

Turkiya Makka mudofaa pakti doirasida Saudiya Arabistonidagi harbiy ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat qirollik hududida o‘z harbiy bazasini tashkil etishi mumkin.

Jahon

08.10.2026, 08:45

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?

Sirojiddin Media nomi bilan tanilgan bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo ish ortidagi eng muhim savol ochiq qolmoqda: nega ayrim fuqarolar o‘z muammosini davlat idorasidan ko‘ra bloger orqali hal qilishga urinadi?

Oʻzbekiston

07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda

Bu nima uchun muhim?

Jahon

07.10.2026, 17:42

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushda Los-Anjeles va San-Diyego kabi shaharlardan ayrilish “kichik narx” bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning bu bayonoti demokratlar qatori ayrim respublikachilar tomonidan ham keskin tanqid qilindi.

Siyosat

07.10.2026, 15:25

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi

 Ummon harbiy-havo kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan Panama bayrog‘i ostidagi neft tankeridan 10 nafar ekipaj a’zosini evakuatsiya qildi. Hodisada kamida 12 kishi jarohatlangan.

Jahon

07.10.2026, 10:06

Cobalt va Damas’ni bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotish boshlandi

UzAuto Motors 7-oktabrdan Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash sharti asosida sotishni boshladi.

Iqtisodiyot

07.10.2026, 09:15

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiyaning xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Kiyevni tark etishga chaqirig‘iga qaramay, Amerika diplomatlari Ukrainada qolishini bildirdi.

Siyosat

06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi

6-oktabrga o‘tar kechasi Zaporojye shahridagi Dnepr orqali o‘tuvchi ko‘priklardan biriga berilgan zarba oqibatida besh kishi jarohatlangan.

Jahon

06.10.2026, 16:14

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?

"Men qaror qabul qildim", deb yozdi Kristianu Ronaldu.

Sport

06.10.2026, 15:41

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi

Qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonning minglab tarafdorlari mamlakat shimoli-g‘arbidan poytaxt tomon yo‘l oldi.

Siyosat

05.10.2026, 16:24

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi

O‘zbekistonda maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlari yagona boshqaruv organi — Ta’lim va fan vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Ta'lim

05.10.2026, 15:37

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi

AQSh Eron bilan bog‘liq ehtimoliy xavfsizlik tahdidi ortidan Buyuk Britaniyadagi RAF Fairford bazasidan barcha bombardimonchi samolyotlarini olib chiqdi.

Jahon

05.10.2026, 10:22

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyin ham G‘azoga hujumlar to‘xtamayapti — Isroil va HAMAS bir-birini kelishuvni buzishda ayblamoqda.

Jahon

03.10.2026, 11:28

Rasm SI orqali yaratilgan

Markaziy Osiyo ichki eksportining 80 foizi O‘zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo 8,1 milliard dollarga yetdi. Ammo bu jarayonda asosan ikki davlat yetakchi o‘rinni egallagan.

Iqtisodiyot

02.10.2026, 16:40

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →