Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Töqayevga köra, mojaroni muzlatib, Istanbul formulasining 2.0 talqiniga qaytiş kerak. Ammo Putin va Zelenskiyning istaklarini inobatga olsak, bu imkonsizga öxşaydi.
Siyosat
27.07.2026, 10:30
Ulashish:

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 25-iyul kuni tomonlar mojaroni muzlatib, muzokaralarni qayta boşlasa, Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik kelişuviga erişiş mumkinligini aytdi.
Sibirning Omsk şahrida ötgan Rossiya–Qozoğiston forumida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga sözga çiqqan Toqayev Putinning “diplomatik moslaşuvçanligi”ni yuqori baholadi.
“Mendan söralgani uçun kamtarona fikrimni bildiradigan bölsam, bu mojaroni muzlatib, Istanbul formulasining 2.0 talqiniga qaytiş vaqti keldi-yov”, — dedi u.
Moskva va Kiyev 2022-yil boşida Rossiyaning bosqinidan köp ötmay Istanbulda muzokaralarda qatnaşgan, biroq ular yutuqsiz yakunlangan.
“Gigant davlatlarning, jumladan, Rossiyaning (xavfsizlik) kafolatlari berilsa, biz uzoq kutilgan tinçlik sari olğa siljişimiz mumkin. Mojaroga albatta çek qöyiş kerak”, — dedi Toqayev.
TASS davlat axborot agentligi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib yozişiça, Putin Toqayevga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarining hozirgi holati haqida batafsil ma’lumot bergan.
Peskovga köra, Kreml rahbari Kiyevning pozitsiyasini inobatga olganda, mojaroning özini muzlatib qöyiş imkonsizligini va agar Kiyev tegişli qarorlarni qabul qilsa, harbiy harakatlar bugunoq töxtaşini aytgan.
Putin nima istaydi?
Ötgan oy Putin Rossiyaning Ukraina bilan tinçlik bitimini imzolaş böyiça pozitsiyasi özgarişsiz qolayotganini ta’kidladi.
Unga köra, Ukraina Moskva öziniki deb da’vo qilayotgan törtta hududdan qöşinlarini olib çiqib ketişi va NATOga qöşiliş rejalaridan voz keçişi şart.
Mavzuga oid yangiliklar

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml
Jahon
05.06.2026, 16:01

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Rossiya jang maydonida g‘alaba qozonmoqda va “terrorchilar” bilan muzokara o‘tkazmaydi – Putin
Siyosat
02.09.2026, 10:43

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Rossiya Yevropa bilan muzokaralarga tayyor – Dmitriy Peskov
Siyosat
19.06.2026, 17:59

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi
Jahon
15.06.2026, 10:24
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
