Rossiya jang maydonida g‘alaba qozonmoqda va “terrorchilar” bilan muzokara o‘tkazmaydi – Putin
Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonayotganini aytib, Ukraina rahbariyatini Moskva bilan muzokara o‘tkaza olmaydigan “terrorchilar” deb atadi.
Siyosat
02.09.2026, 10:43
Ulashish:

2-sentabr kuni prezident Putin so‘nggi haftalardagi Ukrainaning Rossiya hududiga qilgan hujumlari jiddiy zarar yetkazganini, dronlar katta muammo tug‘dirayotganini qayd etdi.
Biroq u jurnalistlarga, Rossiya jang maydonida oldinga siljiyotganini aytib, "Dushman tor-mor bo‘lishiga shubham yo‘q", dedi.
Ammo bunga qachon erishish mumkinligini aytmadi. Rossiya yangi harbiy safarbarlik e’lon qilishga majburligi haqidagi mish-mishlarni esa “safsata” deb atadi Putin.
“Rossiya ilgarilamoqda”
Urush boshlanganiga to‘rt yarim yil to‘ldi. Rossiya Ukraina hududining qariyb beshdan bir qismini nazorat qilmoqda. AQSH vositachiligidagi tinchlik muzokaralari AQSH va Isroil Eron bilan urushga kirishganidan so‘ng, fevral oyida to‘xtab qoldi.
Jamoatchilik fikri so‘rovlari Rossiyada urushdan charchash kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Nufuzli shaxslar esa Rossiya iqtisodiyotiga tushayotgan bosim haqida ogohlantirmoqda.
Biroq Putinning so‘zlariga ko‘ra, avgustda rus qo‘shinlari Donetsk viloyatida 270 kvadrat kilometr hududni egallagan. Shuningdek, Ukraina qo‘shinlarining biri 4 500–4 800 nafar, ikkinchisi esa 2 000 nafargacha askardan iborat ikki yirik guruhi qurshab olingan. Ammo bu hodisalar xalqaro OAVlarida tasdiqlanmagan.
Putin Volodimir Zelenskiyning ukrain dronlari Rossiya havo hududini amalda yopib qo‘yishi haqidagi aviakompaniyalarga qilgan ogohlantirishi “davlat terrorizmi”ga o‘xshashini, agar shunday bo‘lsa, Moskva bunga javob qaytarish yo‘lini topishini bildirdi. Qirg‘izistondagi sammitdan keyin matbuot anjumanida so‘zlagan Putin “terrorchilar” bilan muzokara olib borishning imkoni yo‘qligini aytdi.
Putin Moskva urushni muzlatib qo‘yish emas, balki uni tugatishga qaratilgan muzokaralarga ochiq ekanini va AQSH prezidenti Donald Trampning vakillari bilan muzokara olib borishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi.
Putin ukrain dronlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarar yetkazganini tan oldi, biroq bu hujumlar natijasida yuzaga kelgan keng ko‘lamli yoqilg‘i taqchilligini tilga olmadi.
Biroq uning aytishicha, neftni qayta ishlash zavodlarini himoya qilish yaxshilangan va atigi 10 foiz ta’mirlanishi kerak bo‘lgan zavodlar qolgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”
Siyosat
04.09.2026, 09:46

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi
Jahon
15.06.2026, 10:24

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

AQSH muzokarachilari ketishi bilan Rossiya Kiyevga hujum boshladi
Jahon
08.09.2026, 10:07
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
