Toshkentdagi restoranda ovqatlanganlar ommaviy zaharlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan "Muhteshem doner" restoranidan ovqatlangan odamlar zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.
Oʻzbekiston
12.09.2024, 12:43
Ulashish:
Toshkentdagi restoranda ovqatlanganlar ommaviy zaharlandi
Qayd etilishicha, joriy yilning 6-8 sentabr kunlari 23 nafar fuqaroda ovqatdan zaharlanish belgilari kuzatilgan. Ulardan 22 nafari Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga yotqizilgan. Bir nafari esa Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Dastlabki oʻrganishlarga koʻra, ularning barchasi 5 sentabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek yoʻli koʻchasida joylashgan "Muhteshem doner" kafesida bir necha turdagi taomlarni isteʼmol qilganliklari maʼlum boʻlgan.
"Olib borilgan davolash muolajalari natijasida bemorlarning ahvoli yaxshilangan va 12 sentabr 09:00 holatiga koʻra, ularning 13 nafariga uylariga ruxsat berilgan. Qolgan 10 nafar bemorga davolash muolajalari davom ettirilmoqda va kasallik dinamikasida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilyapti. Ayni paytda barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli holatda", deyiladi xabarda.
Shuningdek, Sanepidqoʻmning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan "Muhteshem doner" kafesi faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani maʼlum qilindi. Tashkilot tomonidan isteʼmol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilayotgani bildirilgan.
Qoʻmitaga koʻra, zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous (bemorlarning barchasi isteʼmol qilgan mahsulot) sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Ammo hali hanuz odamlar kafedagi qaysi taomdan zaharlangani aniqlanmagan.
Oʻzbekiston
12.09.2024, 12:43
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar
Toshkentdagi sexda chiqqan yongʻin bir soatda oʻchirildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 09:43
Toshkentda nogiron yigit beshinchi qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
06.08.2024, 18:00
Mashhur yangiliklar
Toshkentda ilk bor Jordan Piterson va Mark Barton ishtirokida "Tafakkur transformatsiyasi" boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtadi
Madaniy
26.08.2024, 11:29
Telegram asoschisi nega qamaldi?
Jahon
26.08.2024, 13:37
Surxondaryoda noqonuniy daraxt kesgan fuqaroga 9 millionga yaqin jarima belgilandi
Oʻzbekiston
28.08.2024, 10:13
Putinning ommaga oshkor qilinmagan oʻgʻillari aniqlandi
Jahon
05.09.2024, 13:44
Ukraina O‘zbekistondan nimalarni umid qilmoqda?
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ikkinchi sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash talab etildi
Ta'lim
05.09.2024, 13:23
So‘nggi yangiliklar
Havo harorati 32 darajagacha koʻtariladi — "Oʻzgidromet"
Oʻzbekiston
19.09.2024, 14:24
Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi
Oʻzbekiston
19.09.2024, 12:31
Oʻzbekistonda odamlar goʻshtdan zaharlanyaptimi?
Oʻzbekiston
19.09.2024, 11:48
Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi
Fan-texnologiya
19.09.2024, 11:18
Soliq qoʻmitasi ikkita bankka ogohlantirish berdi
Oʻzbekiston
19.09.2024, 10:37
Nodir Ganiyev Fransiya Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi
Siyosat
19.09.2024, 10:05
Surxondaryoda yuz bergan katta YTH oqibatida uch kishi halok boʻldi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 16:20
Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 15:02
Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 14:28
"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?
Oʻzbekiston
18.09.2024, 12:27
Ertaga qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 11:38
Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 11:05
Mashhur yangiliklar
Toshkentda ilk bor Jordan Piterson va Mark Barton ishtirokida "Tafakkur transformatsiyasi" boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtadi
Madaniy
26.08.2024, 11:29
Telegram asoschisi nega qamaldi?
Jahon
26.08.2024, 13:37
Surxondaryoda noqonuniy daraxt kesgan fuqaroga 9 millionga yaqin jarima belgilandi
Oʻzbekiston
28.08.2024, 10:13
Putinning ommaga oshkor qilinmagan oʻgʻillari aniqlandi
Jahon
05.09.2024, 13:44
Ukraina O‘zbekistondan nimalarni umid qilmoqda?
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ikkinchi sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash talab etildi
Ta'lim
05.09.2024, 13:23