Tramp FQBning sobiq direktoriga ayblov qoʻyilganini maʼlum qildi
Federal tergov byurosi (FQB)ning sobiq direktori Jeyms Komiga ikki jinoiy modda boʻyicha ayblov qoʻyildi. U 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga Rossiyaning goʻyoki aralashuvi haqidagi tergovga rahbarlik qilgan edi.
Jahon
27.09.2025, 20:15
Ulashish:
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi. Oq uy rahbari Komini yana bir bor keskin tanqid qilib, uni «Amerika tarixidagi eng yoqimsiz shaxslardan biri» deb atadi hamda «davlatga qarshi jinoyatlari uchun javob berishi kerak», deya taʼkidladi.
«Bugun katta hakamlar hayʼati uning noqonuniy va notoʻgʻri harakatlari uchun ikki ogʻir modda boʻyicha ayblov eʼlon qildi», — dedi Tramp.
AQSh bosh prokurori Pem Bondi esa ijtimoiy tarmoqdagi izohida qonun hamma uchun barobar ekanini taʼkidlab: «Bugungi ayblov Adliya vazirligining oʻz vakolatidan suiisteʼmol qilgan va xalqni adashtirgan shaxslarni javobgarlikka tortishga qatʼiy intilishini koʻrsatmoqda», — dedi.
21 sentabr kuni Tramp prokuror Bondini ochiqchasiga Komiga chora koʻrishga chaqirgan edi. Axios nashri maʼlumoticha, Komiga Kongressga yolgʻon koʻrsatma berish va «Rossiya ishi» boʻyicha Kongress tergoviga toʻsqinlik qilish ayblovlari qoʻyilgan.
«Rossiya izi» boʻyicha tergov
2017 yilda Rossiyaning goʻyoki AQSh saylovlariga Tramp manfaati yoʻlida aralashgani haqidagi iddaolar fonida maxsus prokuror sifatida Robert Myuller tayinlangan edi. Uning vazifasi Trampning saylovoldi shtabi faoliyatini oʻrganishdan iborat boʻldi. Qariyb ikki yarim yillik tergovdan soʻng Trampning aybdorligiga doir dalillar topilmadi va ish yopildi.
Keyinroq AQSh Adliya vazirligi Jon Daremni «Rossiya tergovi»ning kelib chiqishini oʻrganish uchun maxsus prokuror etib tayinladi. Uning ishi davomida ikki kishi Trampni ayblash maqsadida dalillar bilan manipulyatsiya qilganini tan oldi. Shuningdek, tergov asosini tashkil etgan «Stiil dosesi» demokratik partiya tomonidan moliyalashtirilgani maʼlum boʻldi.
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp sanksiyalari sabab “Rosneft” va “Lukoyl” 5,2 mlrd dollarga arzonladi
Iqtisodiyot
25.10.2025, 18:44
AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga chaqirdi
Jahon
23.10.2025, 16:27
AQSh federal hukumatining yopilishi iqtisodiyotga kuniga 15 milliard dollar zarar keltirishi mumkin
Jahon
16.10.2025, 20:03

Donald Tramp: “Erdoʻgʻan juda toʻgʻri ish qildi”
Jahon
10.10.2025, 18:04

Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj solmoqchi
Jahon
01.10.2025, 13:20

«Oʻzbekiston kapital bozorini rivojlantirishga yanada koʻproq hissa qoʻshamiz» – Katinka Valstrom
Iqtisodiyot
29.09.2025, 10:47
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:46

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40
So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekistonda paqildoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi
Oʻzbekiston
01.11.2025, 15:12

Sniffing – zumerlar oʻrtasida tarqalayotgan yana bir xavfli trend
Jahon
01.11.2025, 13:03

Pedofillarga befarqlik – bolalarga xavfdir | Ekspert bilan suhbat
Oʻzbekiston
01.11.2025, 12:16

"Pikovit" - Pivovit nomi bilan chiqarilgan. Namanganda qalbaki dori vositalari fosh etildi
Siyosat
01.11.2025, 11:31

Isitish mavsumi keyingi hafta boshlanishi mumkin
Oʻzbekiston
01.11.2025, 11:10

5 kunda ming kishini oʻldirgan «Al Fashir qassobi» qoʻlga olindi
Jahon
01.11.2025, 09:44

1 noyabrdan Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar boʻladi?
Oʻzbekiston
31.10.2025, 18:18

«Doʻstlik» chegara punktida katta reyd boshlandi
Jahon
31.10.2025, 15:59

Sunʼiy intellekt loyihalariga 100 million dollar ajratiladi
Fan-texnologiya
31.10.2025, 14:11

Svalbard Butunjaxon urugʻ omboriga Oʻzbekiston ekin urugʻlari qoʻshildi
Oʻzbekiston
31.10.2025, 10:28

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi
Siyosat
31.10.2025, 10:13

AQSh qochqinlar qabul qilish limitini keskin qisqartirmoqda
Jahon
31.10.2025, 09:57
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:46

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40
