Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi.

 

Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Ulashish:

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

So‘nggi besh yil ichida Markaziy Osiyo (MO) va Afg‘onistonda yog‘ingarchilikning sezilarli darajada kamayishi, muzliklarning erishi va rekord darajadagi yuqori harorat kuzatildi. Alomatlar bu yil ham mintaqa suv yetishmovchiligiga duch kelishini  ko‘rsatmoqda.

Mart oyining so‘nggi kunlarida Qozog‘iston janubida havo harorati 30 darajagacha ko‘tarildi. Qozog‘istonda ham, Qirg‘izistonda ham fevral oyida rekord darajadagi yuqori harorat qayd etildi. 2025-yilning so‘nggi uch oyida Markaziy Osiyo bo‘ylab yog‘ingarchilik ham me’yordan ancha past bo‘ldi.

Picture background

“Tolibon” hukumati 2022-yil boshida Afg‘oniston shimolidagi yerlarni sug‘orish uchun uzunligi 285 kilometr, kengligi 100 metr, chuqurligi 8,5 metr bo‘lgan kanal qurishini e’lon qilganida, mintaqada yana bitta suv muammosi paydo bo‘lgandi.

“Toshkent suv haftaligi” tadbirida Afg‘oniston delegatsiyasiga Suv va energetika vaziri o‘rinbosari Mujib ur-Rahmon Umar boshchilik qildi. 

Амударё сувида Афғонистоннинг улуши борми?

Forumda u o‘z hukumati nomidan Afg‘oniston tarixan Amudaryo havzasidan juda oz miqdorda suv olgani, uning shimoliy qo‘shnilari esa o‘nlab yillar davomida sug‘orish uchun katta hajmdagi suvdan foydalanib kelayotgani haqidagi qarashni ta’kidladi.

“Biz mintaqaning adolatli va barqaror rivojlanishiga ishonamiz… Biz (suv resurslarini) mintaqa davlatlarining qonuniy huquqlariga muvofiq, yuridik asosda rivojlantirish niyatidamiz”,  dedi Umar.

Umar xalqaro huquqqa binoan Amudaryoda Afg‘onistonning hissasi borligini aytdi.

2025-yil mart oyida O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev ham Afg‘onistonning suvdan o‘z ulushini olishga haqli ekanini tan olgan.

 Qurol ko‘tarib urishishimiz kerakmi? Yo‘q, biz bordi-keldi qilyapmiz, qarindosh bo‘lyapmiz, yaxshiroq munosabat quryapmiz. Ularga ham asta-sekin tushuntiramiz, o‘zingizning haqingizni oling [deymiz] – degandi o‘shanda vazir.

MO va Afg‘oniston o‘rtasida suvdan foydalanish bo‘yicha mintaqaviy shartnoma mavjud emas. MO davlatlarining birortasi ham “Tolibon”ni qonuniy hukumat deb rasman tan olmagani bois  bunday shartnoma imzolanishi ehtimoldan yiroq.

2028-yilda kanal qurilishi yakunlangach, Amudaryo suvining taxminan 20 foizi Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidan sal g‘arbroqdagi nuqtadan boshlab Qo‘shtepa kanaliga burib yuboriladi.

Picture background

Bu Qoraqum sahrosi yoqasida joylashgan hamda shundog‘am yetarlicha suv bilan ta’minlanmagan O‘zbekiston va Turkmanistondagi ko‘pgina aholi punktlari uchun fojiali bo‘lishi allaqachon ma’lum.

Turkmaniston “Toshkent suv haftaligi” forumiga delegatsiya yubormadi.

Picture background

 

“Tolibon” vakili yordam so‘radi

Forumda Umar Afg‘oniston shimoliy qo‘shnilarining suvga bo‘lgan huquq va ehtiyojlarini doimo inobatga olishini ta’kidladi. U MO bilan hamkorlik qilish, ayniqsa, mintaqa davlatlari qo‘llayotgan tejamkor texnologiyalarni o‘zaro almashish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Umar MO davlatlariga “mintaqaviy hamkorlik ruhida” murojaat qilib, Amudaryoning Afg‘oniston tomonidagi qirg‘oqlarini mustahkamlash loyihalarida ko‘mak so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tuproq eroziyasi daryo qirg‘oqlarining ma’lum qismlarini yuvib ketishi natijasida suv isrof bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Qo‘shtepa kanali qurilishiga yordam berishni bir necha bor taklif qilgan. Tolibon ushbu loyihani mustaqil ravishda amalga oshirayotgani bois, uning xavfsizligi va sifati yuzasidan xavotirlar mavjud.

Umar bu masalaga munosabat bildirmadi, lekin loyiha albatta oxiriga yetkazilishini ma’lum qildi. Hozirgacha kanalning 200 kilometrdan ortiq qismi qazib bo‘lingan.

Qo'shtepa kanali – siyosiy loyiha

Shuningdek, afg‘onistonlik vakil iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlar haqida gapirdi. Uning fikricha, “iqlim o‘zgarishlarining asl sababchisi bo‘lgan rivojlangan mamlakatlar” iqlim o‘zgarishi qurboniga aylangan mamlakatlarga ilmiy tadqiqotlar olib borish, kuzatuv kabi masalalarda yordam berishi kerak.

Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha tadqiqotchi Bryus Pannierning fikricha, Afg‘oniston delegatsiyasining forumda ishtirok etgani “Tolibon”ning suvdan foydalanish masalasida Markaziy Osiyo bilan hamkorlik qilish istagida ekanidan darak beruvchi ijobiy belgidir.

Ammo 2021, 2022 va 2023-yillardagi qurg‘oqchilik hodisalari, joriy yilda ham suv tanqisligi ehtimoli tufayli suvdan foydalanish masalasi bahsli mavzuligicha qoladi.


Muallif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi

Bu topilmalar 4000-yil oldingi davrga tegişli bölib, hozirça ilm-fanga ma’lum bölgan eng qadimgi xonaki ipak qurti pillalari hisoblanadi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi

Braunau am Inn şahrida bir qizaloq öynayotib, suyak topib oladi. Bu suyak orqali uruş davrida tartibsiz kömib tashlangan 120 dan ortiq askar qabri topildi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi

BMT delegatsiyasini Boş vaziri aş-Şayboniy kutib oldi. Bu amaldagi BMT rahbarining 17 yil içida Suriyaga ilk rasmiy taşrifidir.

Jahon

25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov

Kreml matbuot kotibining aytişiça, agar yangi tinçlik takliflari bölmasa, Rossiya ğalabagaça jang qiladi.

Siyosat

25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp

Trampning aytişiça, Venesuela saylovlarga tayyor emas, biroq mamlakatda ijobiy özgarişlar bölmoqda.

Siyosat

25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?

23-iyul kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi. 

Ta'lim

24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi

Fujyan provinsiyasidagi maşğulotlar AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Tayvan masalasini muhokama qilganidan bir kun ötib boşlandi.

Siyosat

24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi

Isroillik “köçmançilar”ning Islomning muqaddas qadamjosiga bostirib kirişi “nafrat”ni kuçaytirib, mustahkam tinçlikka tösiq bölmoqda, deyiladi qöşma bayonotda.

Jahon

24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov

Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Xitoylik hamkasbi Van I bilan uçraşdi. Ikki davlat taşqi işlar vazirlari strategik hamkorlikning yangi yönalişlarini muhokama qilişdi. 

Siyosat

24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB

Markaziy bank O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha jami 5,8 ming respondent ishtirokida aholi qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. 

Iqtisodiyot

23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi

O'n yildan ortiq davomida Jeffri Epshteynga yosh model qizlarni "taqdim etib" kelgan fransuz skaut Daniel Siad 20-iyul kuni Parij yaqinidagi Kolomb shahridagi uyidan oʻlik holda topildi. 69 yoshli Siad hech qachon rasman sudlanmagan, biroq uning ismi AQSH Adliya vazirligi hujjatlarida 2000 martadan ortiq tilga olingan. 

Jahon

23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev

Prezident Toşkent – Samarqand yönalişidagi avtomobil yöli qurilişiga tamal toşi qöydi.

Oʻzbekiston

22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi

2024-yil boşidan beri Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni lavozimida işlab kelayotgan Oleksandr Sirskiy iste’foga çiqiş arafasida özining yutuqlari haqida gapirdi.

Siyosat

22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining fuqarolik yadro energetikasi dasturini rivojlantirishga yo‘l ochuvchi muhim kelishuvni rasman ma’qulladi. 30 yilga mo‘ljallangan bitim qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda. 

Jahon

22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda

Fransiya 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlagan Yevropadagi birinçi davlatga aylandi. 

Jahon

22.07.2026, 11:08

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi

Global energiya ta’minoti inqiroz yoqasida. Hormuz böğozi ortidan endi Bob al-Mandab yölagi ham tahdid ostida qoldi.

Jahon

21.07.2026, 16:33

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta

18-iyul kuni keçqurun ağdarilib ketgan MV Barima paromi 1939-yilda qurilgani aytilmoqda.

Jahon

21.07.2026, 13:23

Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi poyezd olib kelindi

“Turon” metro bekati tomining bir qismi qulab, ikki kishi jarohatlanganidan so‘ng Toshkent metropoliteni bo‘yicha yaxshi xabarlar ham tarqalmoqda. Sentyabrgacha yana 8 ta harakat tarkiblari xarid qilish rejalashtirilgan. 

Oʻzbekiston

21.07.2026, 11:51

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston reytingda 10 pog‘ona pastladi

Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionati va undan oldingi oʻrtoqlik uchrashuvlaridagi muvaffaqiyatsizligidan soʻng reytingda 23,11 ochko yoʻqotgan.

Sport

21.07.2026, 11:14

Afg‘onistonda Eronga ketayotgan 5 muhojir sahroda halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi

Faollar “Tolibon” hukumatidan ish o‘rinlari yaratish yoki afg‘on ishchilarini boshqa davlatlarga qonuniy va xavfsiz yo‘llar bilan yuborish mexanizmini ishlab chiqishni so‘ramoqda.

Jahon

20.07.2026, 16:05

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →