BMT: Gʻazoda oʻq uzishni zudlik bilan toʻxtatish zarur

Gʻazodagi gumanitar xodimlar ham ogʻir charchoq, yetarlicha ovqatlanmaslik va ruhiy sogʻliq muammolari bilan kurashmoqda.

Jahon

31.07.2025, 12:36

Ulashish:

BMT Bosh kotibi matbuot kotibi oʻrinbosari Farhan Haq Nyu-Yorkdagi kundalik matbuot anjumanida Gʻazodagi vaziyat haqida maʼlumot berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Isroil toʻrt kun avval eʼlon qilingan «taktik tanaffus» doirasida gumanitar yordamga cheklangan miqdorda ruxsat bergan boʻlsa-da, yordam olishga urinayotgan odamlar hali ham hujumlarga uchrayotgani va ochlikdan halok boʻlayotganlar soni oshib borayotgani qayd etildi.

Farhan Haqning taʼkidlashicha, Gʻazodagi gumanitar xodimlar ham ogʻir charchoq, yetarlicha ovqatlanmaslik va ruhiy sogʻliq muammolari bilan kurashmoqda.

BMT har qanday imkoniyatdan foydalanib yordam tarqatishga harakat qilayotganini aytgan Haq, buning uchun sharoit hali ham juda yomon ekanini qayd etdi.

Uning taʼkidlashicha, Isroilning gumanitar yordam berishga cheklangan koʻrinishda bergan ruxsati yetarli emas va ulkan gumanitar ehtiyojlarni qondirish uchun Gʻazoda doimiy oʻq uzishni toʻxtatish lozim.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Gʻazoga yetkazilayotgan yoqilgʻi miqdori aholi hayotini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan kritik ehtiyojlarni aslo qondira olmaydi. Barcha nazorat-oʻtkazish punktlari ochilishi, gumanitar va tijorat yuklar oʻtkazilishi kerak. Yordam koʻrsatayotgan insonlar esa himoyalanishi shart.

Farhan Haq havo orqali yordam yetkazish masalasiga toʻxtalib:

“Biz hech qanday yordamdan voz kechmaymiz, biroq bunday yetkazib berish xavfli va unda kelayotgan yordam miqdori juda oz”, — dedi.

U BMT yer orqali yordam yetkazishni ustuvor deb hisoblashini, havo orqali yordam tashlash tashabbuslarida BMT ishtirok etmayotganini maʼlum qildi.

 

Jahon

31.07.2025, 12:36

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Grin Gʻazo inqirozini "genotsid" deb atadi. Bu AQSh Kongressida Isroil masalasida kelishmovchilikka ishorami?

Grin Gʻazo inqirozini "genotsid" deb atadi. Bu AQSh Kongressida Isroil masalasida kelishmovchilikka ishorami?

AQSh Kongressi aʼzosi, respublikachi Marjori Teylor Grin Gʻazodagi insonlar va ularga koʻrsatilmayotgan insonparvarlik yordami uchun Gʻazodagi inqirozni genotsid deb atadi va bu AQSh Kongressida bunday soʻz ishlatgan birinchi respublikachi boʻldi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar qildi.

Jahon

30.07.2025, 11:34

Germaniya Gʻazo aholisiga yordam berish uchun "havo koʻprigi" yaratilganini eʼlon qildi

Germaniya Gʻazo aholisiga yordam berish uchun "havo koʻprigi" yaratilganini eʼlon qildi

Germaniya va Iordaniya kuchlarni birlashtirib, Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordamini havo orqali yetkazishni tashkil qiladi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers 28 iyul Federal kanslerida hukumat xavfsizlik kabinasi yigʻilishidan soʻng maʼlum qildi.

Jahon

29.07.2025, 15:45

Isroil hujumlari natijasida Gʻazoda bir sutkada 100 falastinlik halok boʻldi

2023 yil 7 oktabrdan buyon halok boʻlganlar soni 59 921 nafarga, yaralanganlar soni esa 145 233 nafarga yetdi.

Jahon

29.07.2025, 13:05

Fransiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Fransiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Fransiya davlati sentabr oyida Falastin davlatini rasman tan olishini mamlakat prezidenti Emmanuel Makron maʼlum qildi. G7 mamlakatlari orasida birinchi boʻlib Fransiya Falastinni tan olish boʻyicha qadam tashladi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Jahon

25.07.2025, 10:24

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylari Gʻazo shimolida BMT yordami uchun yuk mashinalarini kutayotgan och falastinliklarni oʻqqa tutgan. Hujum oqibatida kamida 67 kishi halok boʻldi, deya xabar beradi Hududning XAMAS boshqarayotgan sogʻliqni saqlash vazirligi.

Jahon

21.07.2025, 11:11

Afghanistan on the Geopolitical Chessboard of the Middle East

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida

2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.

Jahon

01.07.2025, 13:07

So‘nggi yangiliklar

Yer qaʼri fondini yuritish va geologik ishlarni davlat hisobiga olish tartibi belgilandi

Yer qaʼri davlat fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi "Yer qaʼridan foydalanish markazi" davlat muassasasi tomonidan yuritiladi.

Iqtisodiyot

01.08.2025, 09:02

Toshkent shahrida sifatsiz dori vositalari toʻxtatib qolindi

Fuqaro 72 000 dona tibbiy buyumlarni 111 mln soʻmga sotishga kelishib, oldindan 30 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 20:50

Oʻzbekistonda birinchi quyosh elektr stansiyasi xalqaro «Yashil energiya» sertifikatlari tizimida roʻyxatga olindi

Mazkur tizim dunyo boʻylab 60 ga yaqin davlatlarda ishga tushirilgan boʻlib, 200 milliondan ortiq sertifikatlar muomalaga chiqarilgan.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 19:41

Ayrim talabalar soxta hujjatlar asosida oʻqishga qabul qilinganmi?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.https://gov.uz/oz/edu/news/view/74156

Ta'lim

31.07.2025, 18:39

Suv olish tartibini buzganlarga moliyaviy sanksiyalar qoʻllanadi

Suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 20 foizimiqdorida jarima qoʻllanadi.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 17:35

Davlat xaridlarida “Business intelligence” va “Risk management” tizimlari joriy etiladi

Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 16:38

Ukrainadagi urushda asirlikka tushgan oʻzbekistonliklar soni ortmoqda. Biznikilar hali ham sukutda

Ukrainadagi urushda asirlikka tushgan oʻzbekistonliklar soni ortmoqda. Biznikilar hamon sukutda

2025 yil boshidan shu davrga qadar Rossiya 902 nafar Oʻzbekiston fuqarosini Ukraina bilan boʻlayotgan urushga yollagan. Hozirda Ukrainada harbiy asirlikda 33 ta davlatning fuqarolari bor. Ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari soni koʻpligi boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Ukraina razvedkasining “Xochu jit” loyihasi xabar qildi.

Siyosat

31.07.2025, 16:23

Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yoʻlagida 8 yoshli qizaloqni urib oʻldirdi

Haydovchi yaqin atrofda maktab borligi haqidagi belgiga qaramay, tezlikni pasaytirmagan.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 15:50

Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirilgan

Samarqand viloyatida ham “Islohotlar shtabi” tuzildi.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 15:34

“Turistlarsiz yashash mumkin, suvsiz yashab boʻlmaydi” – professor Zarifboy Ibodullayev Chorvoqdagi qurilish haqida

"Mulk va Meros" podkastida ichimlik suvi xavfsizligi, ekologiya, turizm va madaniy meros masalalari haqida suhbatlashdik.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 14:28

Mehnat meʼyorlarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi tasdiqlandi

Namunaviy nizom tashkilotlarda mehnat meʼyorlari vastandartlarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini belgilaydi.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 13:36

Oʻzini muxolif deb eʼlon qilgan fraksiyaning huquqlari kengaytirildi

Oʻzini muxolif deb eʼlon qilgan fraksiyaning huquqlari kengaytirildi

2025 yilning 30 iyul kuni qabul qilingan “OʻRQ-1077-son” qonunga muvofiq oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan partiya fraksiyasiga bir qancha huquqlar berildi.

Siyosat

31.07.2025, 13:25