Buxoroda pora bilan ushlangan prokuror 15 yilga qamaldi
Joriy yilning fevral oyida Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir Gʻulomov katta miqdorda pora bilan qoʻlga olingandi. Uning ishi 2 avgust kuni jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudida koʻrib chiqilib, sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Paradigma.uz’ga maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
07.08.2024, 16:10
Ulashish:

Buxoroda pora bilan ushlangan prokuror 15 yilga qamaldi
Maʼlum boʻlishicha, Bahodir Gʻulomov Kogon tumani prokurori vazifasida ishlab kelgan. U mansabidan foydalanib fuqaroning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini qoʻlga kiritish maqsadida joriy yilning yanvar oyi boshlarida N.N. va xavfli retsidivist boʻlgan Z.A. bilan jinoiy til biriktirgan.
Shundan soʻng 3 nafar sherik Buxoro viloyati prokuraturasida oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan “Kogon yogʻ - ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha jamiyat taʼsischilaridan birining ishonchiga kirgan. Ular mazkur shaxslarga ayblov eʼlon qilmaslik masalasini Buxoro viloyati prokuraturasida ishlovchi mansabdorlar orqali hal etishi mumkinligini aytgan. Ushbu ishni bajarish uchun fuqarodan 100 ming AQSh dollari miqdorida pora olishga kelishgan.
Keyinchalik Gʻulomov 2024 yil 15 yanvar kuni Buxoro shahrida joylashgan “Turon” mehmonxonasi oldida 100 ming AQSh dollarini jinoiy sherigi N.N. orqali olgan. Shuningdek, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, “Kogon yogʻ - ekstraksiya zavodi” AJga aloqador shaxslarni Buxoro viloyat prokuraturasida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali tergovga jalb qilmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga yana 100 ming AQSh dollari miqdorida pora soʻragan. Soʻralgan puldan 44 ming AQSh dollarini qoʻlga kiritgan. Shundan 10 ming AQSh dollarini Z.A. olib, qolgan 34 ming AQSh dollarini N.N. kelgusida Bahodir Gʻulomovga berish uchun oʻzida saqlab qolgan.
2024 yil 13 fevral kuni Buxoro shahar markaziy kasalxonasi yonida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Bahodir Gʻulomov N.N. orqali 56 ming AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. Tezkor tadbir davomida sudlanuvchi N.N. "Cobalt" rusumli mashinasidan “Kogon yogʻ - ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha jamiyatga aloqador toʻrt nafar shaxslarni tergovga jalb qilmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga soʻralgan 100 ming AQSh dollari hisobidan 34 ming AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda bayonnoma asosida olib qoʻyilgan.
Sud majlisida sobiq prokuror aybiga iqror boʻlib, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon ekanligini, davlat rahbaridan kechirim soʻrashini aytgan. Keyin suddan oʻziga nisbatan qonuniy yengillik berishni soʻragan.
Sud hukmi bilan Bahodir Gʻulomov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda firibgarlik), 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandida (juda koʻp miqdorda pora berishda ishtirokchilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga prokuratura organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, sud hukmi bilan N.N. 11 yil, xavfli retsidivist hisoblangan Z.A.ga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.
Oʻzbekiston
07.08.2024, 16:10
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent, Namangan va Qashqadaryoda poraxoʻrlar qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 14:02

Buxoroda soliq inspektoriga 400 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 12:23

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 17:32

25 sotix yerni 29 ming AQSh dollariga sotmoqchi boʻlgan mansabdor ushlandi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 20:17

DXX: Hokim oʻrinbosari hamda agentlik va inspeksiya xodimlari ushlandi
Oʻzbekiston
08.07.2025, 10:52

Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
04.07.2025, 09:30
Mashhur yangiliklar

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Jahon
15.07.2025, 10:57

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26
So‘nggi yangiliklar

Tramp vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston tarixiy tinchlik kelishuviga erishdi
Jahon
09.08.2025, 12:41

Kapitali 2,9 trillion soʻm boʻlgan Dehqonobod kaliy zavodi xususiylashtirildi
Iqtisodiyot
09.08.2025, 12:14

Mirziyoyev 92 min nafar bitiruvchilar ishga joylashtirilishi haqida buyruq berdi
Ta'lim
09.08.2025, 11:56

Oʻzbekiston va Xitoy displey panellarini ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi
Iqtisodiyot
09.08.2025, 11:02

Kelasi yili Toshkent, Buxoro va Urganchda yangi aeroport qurilishi boshlanadi
Iqtisodiyot
09.08.2025, 09:01

APL va UFC oʻzbek tilida namoyish etiladi
Sport
08.08.2025, 20:50

Samarqand YuNESKOning 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi
Madaniy
08.08.2025, 19:47

Navoiydagi 8 ta konga investorlar 566 million dollar sarmoya kiritishga tayyor
Iqtisodiyot
08.08.2025, 18:42

Antidoping agentligi Lazizbek Mullojonovning vaziyati boʻyicha maʼlumot berdi
Sport
08.08.2025, 17:43

FNQZ xodimlari ikki oydan beri oyliksiz ishlayotganini aytishyapti
Iqtisodiyot
08.08.2025, 16:39

18 nafar fuqaro Turkiyadan olib kelindi
Jahon
08.08.2025, 15:42

“Ayollarni pasportga roʻmolini yechib tushishga majburlashni ham toʻxtatish kerak” – Alisher Qodirov
Oʻzbekiston
08.08.2025, 14:42
Mashhur yangiliklar

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Jahon
15.07.2025, 10:57

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26